Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 12-moddasi
Zararning miqdorini aniqlash tartibi
Xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi. (12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tovoni yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sugʻurta summasi miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi. (12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son) Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tovoni: jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik toʻlov yoki kasb kasalligi aniqlanguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida belgilanadigan har oylik toʻlov; marhumning oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridagi, uning oʻziga va qaramogʻida boʻlgan, lekin yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishiga haqli boʻlmagan, mehnatga qobiliyatli shaxslarga toʻgʻri keladigan ulush chegirib tashlangan holdagi har oylik toʻlov; qonunchilikda belgilangan hollarda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlovi; (12-moddaning uchinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) xodim vafot etgan taqdirda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida belgilangan miqdorda dafn etish xarajatlari; ish beruvchining qoʻshimcha xarajatlarini qonunchilikka muvofiq kompensatsiya qilish tarzida amalga oshiriladi. (12-moddaning uchinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori qonunchilikda belgilangan tartibda oshirilgan taqdirda, xodimning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi munosabati bilan zararning oʻrnini qoplashning belgilangan summasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oshirilishiga mutanosib ravishda koʻpaytiriladi. Bunda zarar oʻrnini qoplashning koʻpaytirilgan summasi qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻshimcha tarzda toʻlanadi. (12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga sugʻurta hodisasi yuz berganligi munosabati bilan yetkazilgan maʼnaviy zararni kompensatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (12-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009
← Oldingi modda
Modda 11. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti
Keyingi modda →
Modda 13. Sugʻurta tovonini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Qoʻshni moddalar
- 8Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining bazaviy stavkasi va koeffitsiyentlari
- 9 ·Ish beruvchi faoliyati turlarining xavflilik darajasini belgilash
- 10Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi
- 11 ·Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti
- 13Sugʻurta tovonini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
- 14Sugʻurta tovonini toʻlash tartibi
- 15Annuitetlar shartnomasi
- 16Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.