Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 13-moddasi

Sugʻurta tovonini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuz berganda, ish beruvchi sugʻurta tovonini toʻlash talabi koʻrsatilgan yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga murojaat etadi: (13-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son) ish beruvchining yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxasi; xodimning yoki naf oluvchining yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabi koʻrsatilgan, ish beruvchining nomiga yozilgan arizasining koʻchirma nusxasi; sugʻurta hodisasi yuz berguniga qadar xodim olgan oʻrtacha oylik yoki yillik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma; mehnat shartnomasining (kontraktning) koʻchirma nusxasi; kasb kasalligida — xodimning kasb kasalligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa sodir boʻlganligini va xodim uchun uning oqibatini tasdiqlovchi hujjatlar (ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani maxsus tekshirish dalolatnomasi, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasi, nizolar yuzaga kelgan hollarda esa — sudning qarori). (13-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) Xodim vafot etgan taqdirda xodimning vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi va naf oluvchining zararning oʻrni qoplanishiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinadi. (13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son) Ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilish taqiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.