Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 10-moddasi
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi
(10-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son) Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi quyidagicha belgilanadi: (10-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son) ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgan sanadagi holatga koʻra faoliyatini bir yildan ortiq amalga oshirib kelayotgan ish beruvchi uchun — mazkur shartnoma tuzilgan oydan oldingi oʻn ikki oy uchun ish beruvchi barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida; oʻz faoliyatini yangitdan amalga oshirayotgan ish beruvchi uchun — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgan oydan keyin keladigan oʻn ikki oy uchun ish beruvchi barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida. Bunda yillik ish haqi birinchi oydagi ish haqi miqdorini oʻn ikkiga koʻpaytirish orqali hisoblab chiqariladi; faoliyatini bir yildan kam boʻlgan muddatga amalga oshiruvchi ish beruvchi uchun — ish beruvchi barcha xodimlarining ish beruvchining mazkur faoliyati amalga oshiriladigan muddatdagi ish haqi miqdorida. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish muddati davomida yillik ish haqi miqdori oʻzgargan taqdirda, bu shartnomaning sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti qismiga ushbu shartnomaga yozma ravishda qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali oʻzgartishlar kiritiladi. Bunda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini qayta hisob-kitob qilish mazkur shartnoma tuzilgan sanada amalda boʻlgan sugʻurta tarifi boʻyicha, qolgan sugʻurta davri va sugʻurta summasiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. (10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son) Agar sugʻurtalovchi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish davrida sugʻurta tovonini toʻlagan boʻlsa, sugʻurta summasi toʻlangan sugʻurta tovoni summasi miqdorida kamaytiriladi. Bunda ish beruvchi toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga hamda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining qolgan amal qilish muddatiga mutanosib ravishda sugʻurta mukofotini yetti ish kuni ichida qoʻshimcha toʻlashi shart. (10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009
← Oldingi modda
Modda 9. Ish beruvchi faoliyati turlarining xavflilik darajasini belgilash
Keyingi modda →
Modda 11. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti
Qoʻshni moddalar
- 6Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi
- 7Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarini tartibga solish
- 8Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining bazaviy stavkasi va koeffitsiyentlari
- 9 ·Ish beruvchi faoliyati turlarining xavflilik darajasini belgilash
- 11 ·Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti
- 12Zararning miqdorini aniqlash tartibi
- 13Sugʻurta tovonini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
- 14Sugʻurta tovonini toʻlash tartibi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.