Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 13-moddasi

Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning majburiyatlari

Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar: davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi taʼminlanishi ustidan belgilangan tartibda nazorat olib borishi; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olishi, ularni aniqlashi va bartaraf etishi; (13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) aniqlangan xavflar toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida xabardor qilishi; yuqumli kasalliklarning va yuqumli boʻlmagan ommaviy kasalliklarning paydo boʻlishi, tarqalishi sabablari hamda shart-sharoitlarini aniqlashi; jismoniy va yuridik shaxslarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqishi hamda tegishli chora-tadbirlar koʻrishi; sanitariya-epidemiologik vaziyat hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarni xabardor qilishi shart. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. (13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.