Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 11-moddasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlari: oʻz boʻysunuvidagi sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalariga rahbarlik qiladi; obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari boʻyicha xulosalar beradi; odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan, aholining yashashi va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydi; yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarqalishidan tegishli hududni sanitariya jihatidan muhofaza qilishga doir tadbirlarni oʻtkazadi; avariya holatlarini hamda yuqumli va parazitar kasalliklar avj olishini bartaraf etish paytida sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda amalga oshiradi; qonunchilikning yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi. (11-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishgan holda tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015
← Oldingi modda
Modda 10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari
Keyingi modda →
Modda 12. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari
Qoʻshni moddalar
- 7Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
- 8Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar
- 9Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
- 10Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari
- 12Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari
- 13Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning majburiyatlari
- 14Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi
- 15Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquqlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.