Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 14-moddasi

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari: aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashadi; tegishli hududda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi tadbirlarning amalga oshirilishi, hovli va uy atrofi hududlaridagi qurilishlar hamda hovli va uy atrofi hududlarini saqlash qoidalariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida tegishli hududda yashovchilarning ixtiyoriy asosda ishtirok etishini tashkil etadi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin. (14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Nodavlat notijorat tashkilotlari aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa organlarga koʻmaklashishi hamda zarur yordam koʻrsatishi mumkin.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.