Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 10-moddasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi: sanitariya-epidemiologiya xizmatiga rahbarlik qiladi, davlat sanitariya nazoratining asosiy vazifalarini va uni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi; sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tasdiqlaydi; atrof-muhit omillarining inson organizmiga taʼsirini aniqlashga doir normativ-texnik hujjatlarni tasdiqlaydi; Profilaktik emlashlarning milliy taqvimini va epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha profilaktik emlashlar oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi; odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan, aholining yashashi va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydi; yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarqalishidan hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirib boradi; atrofdagilar uchun xavf tugʻdiruvchi yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi xavfi boʻlgan taqdirda tegishli sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida qarorlar chiqaradi; yangi oziq-ovqat qoʻshimchalarini, maxsus qoʻshiladigan biologik faol moddalarni, kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini toksikologiya-gigiyena jihatidan baholash asosida ularning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi va ishlab chiqarilishi uchun ruxsatnomalar beradi; respublika va mahalliy epidemiya fondlaridan hamda sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar uchun ajratiladigan moddiy-texnika resurslaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarining qarorlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslari harakatlariga (harakatsizligiga) doir shikoyatlarni koʻrib chiqadi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015
← Oldingi modda
Modda 9. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
Keyingi modda →
Modda 11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari
Qoʻshni moddalar
- 6Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
- 7Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
- 8Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar
- 9Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
- 11Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari
- 12Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari
- 13Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning majburiyatlari
- 14Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.