Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 17-moddasi
Fuqarolarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Fuqarolar: qulay yashash muhiti; davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat va insonning yashash muhiti holati toʻgʻrisida axborot olish; yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligi hamda sifati toʻgʻrisida axborot olish; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari oqibatida oʻz sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi huquqiga ega. (17-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Fuqarolar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi hamda boshqa fuqarolarning sogʻliqni saqlash va qulay yashash muhitiga boʻlgan huquqlari buzilishiga sabab boʻluvchi harakatlarga yoʻl qoʻymasligi shart. (17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. (17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015
← Oldingi modda
Modda 16. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi majburiyatlari
Keyingi modda →
Modda 18. Normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishga doir talablar
Qoʻshni moddalar
- 13Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning majburiyatlari
- 14Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi
- 15Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquqlari
- 16Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi majburiyatlari
- 18Normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishga doir talablar
- 19 ·Obyektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurishga, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga hamda ishga tushirishga doir talablar
- 20 ·Hududlarni, inshootlarni, binolarni saqlashga, uskunalar va transport vositalaridan foydalanishga doir talablar
- 21Kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda koʻmib tashlash paytidagi talablar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.