Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 12-moddasi

Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari

Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlar beriladi: a) sanitariya qoidalarining, normalarining va gigiyena normativlarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar bergan holda, davlat organlaridan va boshqa organlardan, yuridik va jismoniy shaxslardan ularning bartaraf etilishini talab qilish; b) obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarida sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; v) belgilangan tartibda davlat organlariga va boshqa organlarga, yuridik va jismoniy shaxslarga: aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalari hamda obyektlarni joylashtirish boʻyicha istiqbol rejalari, shuningdek korxonalarni, binolarni va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish loyihalari yuzasidan; qurilish uchun yer uchastkalari berish, xoʻjalik va maishiy maqsadlarda suvdan foydalanish joylarini hamda oqova suvlar tozalanganidan keyin ularni tushirib yuborish shartlarini aniqlash, zaharli, kimyoviy, radioaktiv moddalarni va boshqa moddalarni utilizatsiya qilish hamda koʻmib tashlash masalalari boʻyicha; inshootlarning, turar joylarning, davolash-profilaktika, taʼlim, madaniyat, sport muassasalarining va boshqa muassasalarning, ishlab chiqarish binolari hamda sanitariya-maishiy binolarning, shuningdek uskunalarning, transport vositalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi toʻgʻrisida; taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarning oʻquv yuklamasi va mashgʻulotlarining namunaviy tartibi toʻgʻrisida taqdim etiladigan takliflar boʻyicha xulosalar berish; g) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bajarilishini nazorat qilish maqsadida yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning obyektlariga qonunchilikda belgilangan tartibda kirish; (12-modda birinchi qismining “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) d) ish beruvchilardan: sanitariya qoidalarini, normalarini va gigiyena normativlarini, epidemiyaga qarshi tartibni muntazam ravishda bajarmayotgan hamda yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishi xavfini tugʻdiruvchi shaxslarni ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini va bajariladigan ishlarning xususiyatini hisobga olgan holda ishdan chetlashtirishni; sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilishini talab qilish; e) oziq-ovqat mahsulotlarini, buyumlar, predmetlar va materiallarni sanitariya-gigiyena ekspertizasi, laboratoriya tekshiruvlari uchun olish, bevosita obyektlarning oʻzida zarur laboratoriya va jihozlar vositasida tekshiruvlar oʻtkazish; j) davlat sanitariya nazoratini amalga oshirishga vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini, shuningdek jamoatchilik vakillarini belgilangan tartibda jalb etish. (12-modda birinchi qismining “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son) Aholining sanitariya-epedimiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlariga, ularning oʻrinbosarlariga, ushbu Qonun 8-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisida va ikkinchi qismida koʻrsatilgan tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlariga oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlar beriladi: (12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob bermaydigan yer uchastkalari ajratish, uy-joy, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirishga doir loyihaoldi hamda loyiha hujjatlarini rad etish; sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari buzilishlari bartaraf etilguniga qadar, ishlab turgan inshootlardan, turar joylardan, ishlab chiqarish obyektlaridan, madaniy-maishiy binolardan foydalanishni, umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarining, taʼlim, davolash-profilaktika, sanatoriy-kurort muassasalarining va boshqa muassasalarning faoliyatini toʻxtatib turish, uskunalarni, asboblarni ishlatishni, transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash; sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari buzilgan hollarda aholi punktlari, binolar va inshootlar qurilishini, rekonstruksiya qilinishini hamda mazkur obyektlarda ishlarning ayrim turlari bajarilishini toʻxtatib turish; Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli deb topilgan yangi xom ashyo turlari, kimyoviy vositalar, texnologiya uskunalari, jarayonlari hamda asboblari, oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat buyumlari, qurilish materiallari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, biologik vositalar, oziq-ovqat xom ashyosiga, oziq-ovqat mahsulotlariga hamda dori vositalariga ishlatiladigan idishlar, plastik, polimer materiallar va boshqa materiallar, ulardan tayyorlangan buyumlar hamda boshqa xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarilishini, qoʻllanilishini va realizatsiya qilinishini taqiqlash; odamlarning sogʻligʻiga zararli taʼsir paydo boʻlgan taqdirda, xoʻjalik va ichimlik suvi bilan taʼminlash amaliyotida, oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari hamda chorvaning rivojini tezlashtiruvchi va tartibga soluvchi vositalarni, pestitsidlar, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qayta ishlashda foydalaniladigan kimyoviy moddalar, vosita va usullarning, bu moddalar, vosita va usullarning xavfsizligi toʻgʻrisida ishlab chiquvchi ilmiy jihatdan asoslangan maʼlumotlar taqdim etguniga qadar, qoʻllanilishini taqiqlash; xoʻjalik va ichimlik suvi taʼminoti uchun qoʻllashga yaroqsiz deb topilgan suvdan foydalanishni taqiqlash; yuqumli va parazitar kasalliklar manbai boʻlgan, shuningdek tibbiy koʻriklardan oʻz vaqtida oʻtmagan shaxslarni vaqtincha ishdan chetlashtirish toʻgʻrisida ish beruvchilarga takliflar kiritish; favqulodda vaziyatlarning, epidemiyalarning hamda aholi hayotiga va sogʻligʻiga boshqa haqiqiy xavfning oldini olish maqsadida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. (12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.