Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 16-moddasi

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi majburiyatlari

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar: aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning qarorlari va koʻrsatmalari talablarini bajarishi; (16-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlgan taqdirda ularni bartaraf etish maqsadida sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi; ishlab chiqarish, tashish, saqlash hamda aholiga realizatsiya qilish paytida mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligini taʼminlashi; mahsulotni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va aholiga realizatsiya qilish, ishlarni bajarish hamda xizmatlarni koʻrsatish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga tahdid soluvchi avariya vaziyatlari, texnologik jarayonlarning buzilishlari toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ishonchli axborot taqdim etishi shart. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. (16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.