Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 9-moddasi

Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar

Davlat sanitariya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining, ular oʻrinbosarlarining; Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining; (9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda) qonunchilikka muvofiq boshqa mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. (9-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.