Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 8-moddasi
Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar
Davlat sanitariya nazorati: Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlari; (8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. (8-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda) Davlat sanitariya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazirliklar va idoralarning tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisida hamda ikkinchi qismida koʻrsatilgan tarkibiy boʻlinmalarning faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilinishini, bu faoliyat muvofiqlashtirib borilishini taʼminlaydi. (8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015
← Oldingi modda
Modda 7. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
Keyingi modda →
Modda 9. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
Qoʻshni moddalar
- 4Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
- 5Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
- 6Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
- 7Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
- 9Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
- 10Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari
- 11Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari
- 12Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.