Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 7-moddasi
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi hududiy dasturlarni hamda yashovchilarning hovli, uy atrofi hududlarini saqlash va turar joylardan foydalanish qoidalarini tasdiqlaydi, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. (7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari: (7-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi; aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi va amalga oshiradi; (7-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tegishli hududiy boʻlinmalarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; hududlarning sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilashga va tozaligini saqlashga, aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015
← Oldingi modda
Modda 6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
Keyingi modda →
Modda 8. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar
Qoʻshni moddalar
- 3Asosiy tushunchalar
- 4Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
- 5Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
- 6Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
- 8Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar
- 9Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
- 10Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari
- 11Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.