VM qarori № 712, 9-boʻlim

7-§. Texnik hujjatlarni yuritish

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

98. Har bir korxonada elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishiga ijozat berish uchun asos boʻlgan texnik hujjatlar boʻlishi shart. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: qurilishning zichligiga qarab 1:500 yoki 1:200 masshtabdagi bosh plan; unga binolar, inshootlar va yer osti kommunikatsiyalari kiritiladi; energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va “Oʻzenergoinspeksiya” bilan kelishilgan loyiha hujjatlari (chizmalar, tushuntiruvchi yozuvlar va boshqalar), keyinchalik kiritilgan barcha oʻzgarishlar bilan; yashirish ishlarni qabul qilish dalolatnomalari, elektr qurilmalarni ekspluatsiya qilishga qabul qilish dalolatnomalari, elektr uskunalarini sinash, oʻlchash va sozlash dalolatnomalari va bayonnomalari; birlamchi va ikkilamchi elektr birikmalarning ishchi ijro sxemalari; asosiy elektr uskunalarining texnik pasportlari; elektr uskunalar, apparaturalar va elektrotexnik buyumlarning muvofiqlik sertifikatlari; elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnomalar, shuningdek, har bir ish joyi boʻyicha lavozim yoʻriqnomalari va mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar; korxona elektr taʼminotining umumiy sxemasi. Bundan tashqari, har bir sex yoki mustaqil ishlab chiqarish uchastkasi quyidagilarga ega boʻlishi zarur: elektr uskunalari va himoya vositalarining texnik maʼlumotlari, shuningdek, ularga berilgan inventar raqamlari koʻrsatilgan roʻyxat jurnaliga yoki pasport kartalariga (pasport maʼlumotlariga yoki jurnallarga uskunalarni sinash, taʼmirlash va reviziya bayonnomalari va dalolatnomalari ilova qilinadi); elektr uskunalari, elektr qurilmalari va inshootlarning chizmalariga, ehtiyot qismlar chizmalari komplektiga, havo va kabel trassalarining bajarilgan chizmalari hamda kabel jurnallariga; yer osti kabel trassalari va yerga ulash qurilmalarining binolar va doimiy inshootlarga bogʻlangan chizmalariga, shuningdek, ulash muftalari oʻrnatilgan va boshqa kommunikatsiyalar bilan kesishish joylari koʻrsatilgan chizmalarga; butun korxona boʻyicha va alohida sexlar yoki uchastkalar (boʻlinmalar) boʻyicha tuzilgan elektr taʼminotining umumiy sxemasiga; sexlar, uchastkalarda (boʻlinmalar) elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish asosida ekspluatatsiya qilish yoʻriqnomalariga va har bir ish joyi boʻyicha lavozim yoʻriqnomalariga va mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarga. Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplami energetika obyektining texnik arxivida saqlanadi. 99. Ekspluatatsiya qilish jarayonida elektr qurilmalarida amalga oshirilgan barcha oʻzgarishlar zudlik bilan sxema va chizmalarda, elektr xoʻjaligiga javobgar shaxsning imzosi, uning lavozimi va oʻzgarish kiritilgan sana koʻrsatilib, aks ettirilishi shart. Sxemalarga kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi maʼlumotlar ushbu sxemalarni bilishi zarur boʻlgan barcha xizmatchilar eʼtiboriga (tezkor jurnalga yozish bilan) yetkazilishi shart. Sxemalarning amaldagi ekspluatatsiyaga mosligi kamida 2 yilda 1-marta tekshirilganligi haqida belgi qoʻyilib, tekshirilishi shart. 100. Elektr taʼminotining zarur sxemalar toʻplami elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxsda, uning ish joyida boʻlishi shart. Sex, uchastka (boʻlinma) elektr qurilmalarining va ular bilan elektr bogʻlangan boshqa boʻlinmalarning tezkor sxemalari toʻplami ushbu boʻlinmaning navbatchi xodimida saqlanishi shart. Asosiy sxemalar ushbu elektr qurilma xonasining koʻrinarli joyiga osib qoʻyiladi. 101. Mazkur Qoidalarda koʻzda tutilmagan, alohida ishlab chiqarish sharoitlariga yoki elektr qurilmalariga ega isteʼmolchilarda ushbu elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatuvchi elektrotexnik xodimlar uchun ishlab chiqarish xususiyati, uskunalar va texnologiya xususiyatlari hisobga olingan holda, bosh muhandis yoki korxonaning elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ekspluatatsiya yoʻriqnomalari ishlab chiqilgan boʻlishi shart. 102. Har bir ish joyi boʻyicha lavozim yoʻriqnomalarida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi shart: ushbu lavozimdagi xizmatchilar uchun bilishi majburiy boʻlgan uskunalarga xizmat koʻrsatish yoʻriqnomalari roʻyxati, NTH, elektr uskunalarning sxemalari; xodimlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi; yuqori turuvchi, boʻysunuvchi va ish boʻyicha aloqador boshqa xodimlar bilan oʻzaro munosabatlar. 103. Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilish sharoitlari oʻzgargan hollarda, yoʻriqnomalarga tegishli qoʻshimchalar kiritiladi va bu haqida ushbu yoʻriqnomalarni bilishi shart boʻlgan xodimlar xabardor qilinib, farmoyishlar jurnaliga yozib qoʻyiladi. Ish joyi boʻyicha lavozim yoʻriqnomalari 5 yilda 1-marta, ekspluatatsiya qilish yoʻriqnomalari 3 yilda 1-marta qayta koʻrib chiqiladi. 104. Har bir ishlab chiqarish uchastkasida, sexida tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha yoʻriqnomalar toʻplami boʻlishi shart. Sexning, uchastkaning elektr xoʻjaligiga javobgar shaxsida yoʻriqnomalarni toʻliq toʻplami va tegishli xodimning ish joyida zarur toʻplam saqlanishi shart. 105. Tezkor xodimlarning ish joylarida (podstansiyalarda, taqsimlovchi qurilmalarda yoki elektr uskunaga xizmat koʻrsatuvchi xodim uchun ajratilgan xonalarda) quyidagi hujjatlar yuritilishi shart: tezkor sxema yoki sxema-maket; tezkor jurnal; elektr qurilmalarida ishlarni bajarishga naryad blankalari; almashlab ulash blankalari; elektr uskunalaridagi nosozliklar jurnali yoki kartotekasi; nazorat oʻlchash asboblari va elektr energiyasini hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari roʻyxatlari; biriktirilgan uchastkada tezkor xizmat koʻrsatish boʻyicha mustaqil bajariladigan ishlar roʻyxati; ishlab chiqarish yoʻriqnomalarini hisobga olish jurnali; avariyaga qarshi mashgʻulotlarni hisobga olish jurnali; elektr qurilmalarini shaxsan bir oʻzi koʻzdan kechirishga huquqi bor shaxslar, tezkor farmoyishlar berish huquqiga ega shaxslar, energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning javobgar navbatchilari roʻyxatlari; releli himoya, avtomatika, telemexanika jurnali va releli himoya hamda avtomatika oʻrnatilgan kartalar; farmoyishlar jurnali. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, tezkor hujjatlar hajmi bosh muhandis yoki elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs qarori bilan toʻldirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 106. Tezkor hujjatlar, nazorat-oʻlchov asboblarining qayd etuvchi diagrammalari, elektr energiyasini hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari roʻyxatlari, BAT tezkor-maʼlumot kompleksi tomonidan shakllanadigan chiqish hujjatlari qatʼiy hisobga olinadigan hujjatlarga kiradi va belgilangan tartibda saqlanishi kerak. Tezkor hujjatlarni davriy ravishda (korxonada belgilangan muddatlarda, kamida bir oyda 1-marta) yuqori turuvchi elektrotexnik yoki maʼmuriy texnik xodimlar koʻrib chiqishi shart. Ularning elektr uskunalari ishidagi nuqsonlar va buzilishlarni bartaraf qilish choralarini koʻrishlari majburiy.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.