VM qarori № 712, 8-boʻlim

6-§. Elektr qurilmalarini taʼmirlash

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

84. Elektr qurilmalarini ishga yaroqli holda saqlab turish, tiklash va ushbu Qoidalar va boshqa NTH talablariga mos holga keltirilishi uchun har bir korxonada texnik xizmat koʻrsatish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, profilaktik sinovlarni oʻtkazish tashkil etilishi kerak. Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatuvchi elektr qurilmalarini taʼmirlash ish jadvali korxona rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart. Korxonalar, shuningdek, uzoq muddatga moʻljallangan texnik qayta jihozlash va elektr qurilmalarni rekonstruksiya qilish rejalarini ishlab chiqishlari lozim. 85. Elektr uskunani kapital taʼmirlash, uning ishga yaroqligini tiklash va taʼmirlash orasidagi davrda ishonchli hamda tejamli ishlashini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi. Uskunani kapital taʼmirlashda uni qismlarga ajratish, diqqat bilan koʻzdan kechirish, tekshirish, oʻlchash, sinash, rostlash, aniqlangan nosozliklarni bartaraf qilish, yemirilgan uzel va detallarni tiklash va almashtirish amalga oshiriladi. Kapital taʼmirlashni oʻtkazishda elektr uskunaning uzluksiz ishlash vaqtini uzaytirishga, texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar va yoʻl-yoʻriq koʻrsatmalar talablari bajarilishi, shuningdek, kerak boʻlganda ilgʻor ekspluatatsiya tajribasi hisobga olingan holda alohida uzellar modernizatsiya qilinishi shart. 86. Joriy taʼmirlash keyingi rejali taʼmirgacha elektr uskuna va apparatlarning ishlash qobiliyatini taʼminlash uchun oʻtkaziladi. Uskunani joriy taʼmirlashda quyidagilar bajarilishi shart: ekspluatatsiya qilish davomida yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etgan holda uni koʻzdan kechirish, tozalash, zichlash, rostlash, alohida uzel va detallarini taʼmirlash. 87. Texnik xizmatlar koʻrsatish va rejali ogohlantiruvchi taʼmirlashlarning hajmi bosh muhandis yoki elektr hoʻjaligiga javobgar shaxs tomonidan elektr qurilmalarining ishlash qobiliyatini saqlab turish zarurati maqsadida ularni davriy ravishda tiklash va oʻzgaruvchan ishlash sharoitiga moslashtirishdan kelib chiqib belgilanishi shart. 88. Barcha taʼmirlash turlarining davriyligi va davomiyligi, shuningdek. elektr uskunalarining alohida turlari uchun har yili taʼmir davrida ishlamay turish davomiyligi ushbu Qoidalarga, sohaning amaldagi meʼyorlariga va ishlab chiqaruvchi zavod koʻrsatmalariga binoan belgilanadi. Meʼyoriy muddatlarga nisbatan taʼmirlash davriyligining ortishiga yoki kamayishiga, taʼmir vaqtining ortishiga elektr uskunalar va apparatlarning holatidan va yuqori namunaviy ishlarni oʻtkazish hajmidan kelib chiqib hamda tegishli texnik asoslangan holda, faqat yuqori turuvchi tashkilotning ruxsati bilan yoʻl quyiladi. Taʼmirlashlar orasidagi davr qisqartirilganda, taʼmirlashlar orasidagi davrni meʼyoriy holatga keltirish uchun tadbirlar ishlab chiqiladi va koʻrib chiqish uchun yuqori tashkilotga taqdim etiladi. 89. Bevosita texnologik agregatlar bilan bogʻliq boʻlgan elektr uskunalar va apparatlarni taʼmirlash texnologik agregatlarni taʼmirlash bilan bir vaqtda bajarilishi shart. Energiyani koʻp isteʼmol qiluvchi uskunalarni taʼmirlash, odatda kuz — qish davrida oʻtkazilishi kerak. 90. Elektr uskunalar va apparatlarni konstruktiv oʻzgartirish faqatgina tasdiqlangan loyihalar boʻyicha amalga oshiriladi. Taʼmirlarni bajarishda elektr sxemalarni oʻzgartirish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlar boʻyicha amalga oshiriladi. 91. Elektr uskunani kapital taʼmirlashga chiqarishdan oldin quyidagilar tayyorlanishi shart: uskunani ochib va koʻzdan kechirgandan keyin aniqlashtiriladigan nosozliklar roʻyxati va ishlar hajmi smetasi, shuningdek, taʼmirlash ishlari grafigi tuzilgan boʻlishi kerak; nuqsonlar roʻyxati va ishlar hajmi smetasiga koʻra, zarur materiallar va ehtiyot qismlari tayyorlangan boʻlishi kerak; kapital taʼmirlash davrida bajarilishi koʻzda tutilgan rekonstruksiya ishlariga texnik hujjatlar tuzilgan va tasdiqlangan boʻlishi, ularni bajarish uchun materiallar va uskunalar tayyorlangan boʻlishi kerak; asboblar, moslamalar, takelaj uskunalari, yuk koʻtarish-transport mexanizmlari butlangan va ishga yaroqli holga keltirilgan boʻlishi kerak; taʼmirlash uchun ish joylari tayyorlangan, qismlar va detallarning joylashishi koʻrsatilgan holda maydoncha rejalashtirilgan boʻlishi kerak; taʼmirlash brigadalari jamlangan va yoʻriq olgan boʻlishlari kerak. 92. Korxonada taʼmirlash — ekspluatatsiya qilish ishlarini bajarish uchun oʻrnatilgan elektr uskunalar ehtiyot qismlar va materiallar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Omborda, sexlarda va uchastkalarda mavjud ehtiyot qismlar va uskunalar hisobga olingan boʻlishi kerak. Roʻyxat va ehtiyot qismlarning mavjudligi elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tomonidan davriy ravishda tekshirib turilishi kerak. Elektr uskunalarini kapital taʼmirlash boʻyicha hujjatlarni korxona elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tuzadi. Korxonaning texnik rahbari (bosh muhandis) tomonidan tasdiqlanadi va taʼmirlash markazlashtirilgan holda bajarilayotgan boʻlsa, hujjatlar taʼmirlovchi korxonaning javobgar rahbari bilan kelishiladi. 93. Ehtiyot qismlar, zaxira elektr uskunalari va materiallari buzilishdan saqlanishi hamda ular toʻgʻridan-toʻgʻri maqsad boʻyicha ishlatilishi taʼminlanishi kerak. Atmosfera sharoiti taʼsirida saqlaganda buziladigan uskuna, ehtiyot qismlar va materiallar yopiq omborlarga joylashtirilishi kerak. 94. Uskunani kapital taʼmirdan qabul qilayotganda, koʻzda tutilgan barcha ishlarning bajarilganligi tekshirilishi, uskunaning tashqi holati (issiqlik izolyatsiyasi borligi, tozaligi, boʻyalganligi, panjaralar va maydonchalar holati va boshqalar), taʼmirlash-hisobot-texnik hujjatlarning mavjudligi va sifati tekshirilishi shart. 95. Uskunalar taʼmirdan keyin ishga tushirishda “Elektr uskunalarni sinash qoidalari va meʼyorlari”ga (keyingi oʻrinlarda — elektr uskunalarni SQ va M) muvofiq sinalishi shart. Ekspluatatsiya qilinayotgan uskunalarning maxsus sinovlari elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tasdiqlagan sxema va dasturlar boʻyicha oʻtkaziladi. Sinash meʼyorlari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmaganda, ishlab chiqaruvchi zavod maʼlumotlaridan foydalaniladi. 96. Elektr qurilmalarining asosiy uskunalari kapital taʼmirlashdan dastlabki qabul qilib olinganidan keyin ishlab chiqaruvchi zavod koʻrsatgan, lekin 24 soatdan kam boʻlmagan muddatda yuklama ostida ishlatib tekshiriladi. Ushbu vaqt mobaynida ishlaganda nosozliklar boʻlmasa, uskuna ekspluatatsiyaga qabul qilinadi. Nosozliklar topilsa, ular bartaraf etilmaguncha va agregat yuklanish ostida keyingi 24 soat maboynida shunday tekshirilmagunga qadar kapital taʼmir tugallangan hisoblanmaydi. 97. Asosiy elektr uskunalarini kapital taʼmirlashda bajarilgan barcha ishlar dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi. Unga taʼmirlash boʻyicha texnik hujjatlar ilova qilinishi kerak. Dalolatnomalar barcha ilovalari bilan birga uskunalarning pasportida saqlanadi. Qolgan elektr uskuna va apparatlarni kapital taʼmirlashda bajarilgan ishlar haqida elektr uskunalarining pasportida yoki maxsus taʼmirlash jurnalida batafsil yozib qoʻyiladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.