VM qarori № 712, 12-boʻlim

3-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

145. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan HT faqat barcha asosiy va yordamchi inshootlar va qurilmalarning qurilishi, montaji tugagandan soʻng hamda foydalanishga EEFQ talablariga muvofiq kiritilgandan keyin ekspluatatsiyaga qabul qilinishi mumkin. Kuchlanishi 1000 V dan 220 kV gacha boʻlgan HTni ekspluatatsiya kilishga qabul qilishda topshiruvchi tashkilot ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) HTning loyihasini qurilish jarayonida loyiha tashkiloti bilan kelishilib kiritilgan hisoblashlar va oʻzgartirishlar bilan; b) loyihadan chetga chiqishlar roʻyxatini; v) loyiha boʻyicha tugallanmagan ishlar roʻyxatini; g) loyihaning energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va “Oʻzenergoinspeksiya” bilan kelishilganini; d) yopilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalarini; e) oʻtish va kesishish joylarini qabul qilish dalolatnomalarini; j) HT trassasining masshtabi 1:10000 dan kam boʻlmagan, barcha tayanchlar sxemalari keltirilgan, ularning turlari va tartib raqami, shuningdek, barcha kesishish va oʻtishlar koʻrsatilgan ijro rejasini. Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan HT uchun — HTning ijro profili; z) HT trassasi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganini (yer uchastkasi egasi, suv-oqova tarmoqlari, issiqlik tarmoqlari, elektr aloqa tarmoqlari uzeli va boshqalar bilan); i) oʻta kuchlanishlardan himoya qurilmalari tuzilishi sxemasini va yashindan himoya qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasini; k) sinashlar va oʻlchashlar bayonnomalarini; l) tayanchlar ostiga poydevor qurish boʻyicha ishlar, tayanchlar yerga ulagichlarining montaji, simlarni ulash, anker uchastkalarida simlar va trosslarning montaji, presslash usuli bilan tortish va taʼmirlash qisqichlarining montaji jurnallarini; m) HTning barcha elementlariga muvofiqlik sertifikatlarini (tayanchlarga, izolyatorlarga, simlarga, trosslarga, armaturaga va boshqalarga); n) oʻrnatilgan shakldagi HT pasportini; o) ekspluatatsiyaga topshirilayotgan uskunalar, materiallar va asboblarning avariyaviy zaxirasi roʻyxatini; p) qishloq joylarda yer resurslari boʻyicha tuman xizmatlari tomonidan, shaharlarda va qishloqlarda koʻchmas mulkni kadastrli boʻlishda va yer uchastkalarini kadastrli chizmaga olishda koʻchmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan berilgan qarorni; r) yer uchastkasining kadastr planida HT loyihasi qayd etilganligi nusxasi. 146. HTga kuchlanish berib, tarmoqqa ulash EEFQ talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan HTni ulash mazkur HT ulanayotgan elektr qurilma egasi bilan kelishilgan ulash dasturi boʻyicha amalga oshiriladi. 147. HTni ekspluatatsiya qilishda quyidagilar amalga oshiriladi: koʻrikdan oʻtkazishlar, tekshiruvlar, profilaktik oʻlchovlar, ularning ishonchli ishlashini taʼminlashga, saqlab turishga va EQTQning tegishli boʻlimlari talablariga toʻliq hajmda rioya qilinishiga qaratilgan joriy va kapital taʼmirlar. 148. HTni davriy koʻrikdan oʻtkazish HTni ekspluatatsiya qilishni mahalliy sharoitlari hisobga olgan holda, elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ish jadvali boʻyicha oʻtkaziladi. Koʻriklarning davriyligi quyidagicha boʻlishi shart: elektr montyorlar tomonidan 6 oyda kamida 1-marta; muhandis-texnik xizmatchilar tomonidan 1 yilda kamida 1-marta. Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan HTlarida yuqoridagi koʻriklar simlar va trosslarning qisqichlardagi va distansion tirgaklardagi holatlarini tanlash yoʻli bilan elektr xoʻjaligiga javobgar tomonidan tasdiqlangan ish jadvallari boʻyicha, lekin 6 yilda kamida 1-marta amalga oshiriladi. HT yoki uning uchastkalarida navbatdan tashqari koʻriklar quyidagi hollarda oʻtkaziladi: simlar, trosslarda muzlash paydo boʻlganda yoki simlar qattiq tebranganda, daryolarda muz koʻchishlar va toshqinlar boshlanganda, trassa zonasida yongʻin boʻlganda, kuchli boʻron, dovul, sovuq boʻlgandan hamda boshqa tabiiy ofatlardan keyin; tarmoqning releli himoyasi taʼsirida HT avtomatik oʻchgandan keyin — zudlik bilan, muvaffaqiyatli qayta ulashdan keyin esa zarurat boʻyicha. 149. HTda oʻtkazilgan yuqoridagi va boshqa koʻriklar va profilaktik sinashlarda aniqlangan nuqsonlar haqidagi maʼlumot nuqsonlar jurnaliga (yoki nuqsonlar roʻyxatiga) ularni bartaraf qilish muddatini koʻrsatib yozib qoʻyiladi. Ushbu maʼlumotlar asosida korxona elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tomonidan HTda taʼmirlash ishlarini oʻtkazish rejalari tuziladi. 150. Kuchli ifloslanishga moyil uchastkalardagi izolyatorlarni tozalash ishlari korxona elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tasdiqlagan ish jadvali boʻyicha bajariladi. Izolyatsiya moslamalari qushlar tomonidan kuchli ifloslantiriladigan zonalarda va ularning yoppasiga uyalash joylarida qushlarni girlyandalar ustiga oʻtirishlariga yoʻl qoʻymaydigan yoki ularni choʻchitadigan qurilmadan foydalanish kerak. 151. Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari, odatda kompleks holda, HT ni minimal muddatga oʻchirish bilan tashkil qilinishi kerak. Ular HTni va bir fazani oʻchirib (fazalar boʻyicha taʼmir) va kuchlanish olinmasdan oʻtkazilishi mumkin. HTda bir fazani oʻchirib va kuchlanish olinmasdan bajariladigan ishlar maxsus yoʻriqnomalar boʻyicha amalga oshirilishi shart. HTga texnik xizmat koʻrsatishda, uni taʼmirlashda maxsus mashinalar, mexanizmlar, transport vositalari, takelaj, asboblar va moslamalar qoʻllanilishi kerak. HTda ishlarni bajarayotgan brigadalar oʻz korxonalari va dispetcherlik punktlari bilan aloqa qilish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart. HT trassasini davriy ravishda daraxt va butalardan tozalash hamda yongʻinga nisbatan xavfsiz holatda saqlash zarur; loyihada belgilangan soʻqmoq kengligini saqlab turish va daraxtlarni kesib turish kerak. Simlarga bevosita yaqin oʻsayotgan daraxtlar HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona tomonidan kesiladi. Simlar va tayanchlarga agʻanash xavfi bor daraxtlar keyinchalik ushbu oʻsimliklar tegishli boʻlgan tashkilotlarga xabar berilib, kesilishi kerak. Taʼmirlash ishlari oʻtkazilayotganda, asossiz va korxona elektr xoʻjaligiga javobgar shaxsning ruxsatisiz HT elementlari konstruksiyasini va tuproqda tayanchlarni mahkamlash usullarini oʻzgartirish taqiqlanadi. Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan HTda bunday oʻzgartirishlar loyiha tashkiloti bilan kelishilishi shart. 152. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori HT tayanchlariga boshqa maqsadga moʻljallangan tarmoqlarni birgalikda osishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tayanchlarda boshqa korxonaga tegishli, kuchlanishi 1000 V dan past, boshqa maqsadga moʻljallangan HT simlari birgalikda osilganda, HTni rejali taʼmirlash ushbu korxonalar bilan kelishilgan muddatlarda oʻtkazilishi shart. Avariyalar yuz berganda, taʼmirlash ishlari ushbu korxonalarga xabar berilgan holda oʻtkazilishi kerak. Oʻziga tegishli simlarda ishlar olib borayotgan boshqa tashkilot ishlar boshlanishidan kamida uch kun oldin HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona bilan ularni oʻtkazilishini kelishib olishi shart. 153. HTni qayta qurish yoki mexanik buzilishdan himoyalash zaruratini keltirib chiqaradigan ishlarni olib boruvchi tashkilot qayta qurishni yoki himoya ishlarini oʻzining materiallari va mablagʻlari hisobidan hamda HTni egasi va uni ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot bilan kelishgan holda amalga oshirishi shart. 154. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish xavo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, mazkur Qoidalarga 2-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.