VM qarori № 712, 7-boʻlim
5-§. Boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
71. Korxonalarning energiya xoʻjaligida dispetcherlik, ishlab chiqarish-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish uchun ular energiya xoʻjaligi boshqaruvining avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — BAT) bilan jihozlanadi. 72. Energiya xoʻjaligining BAT, korxona BAT tizim asosi boʻlib, taʼminlovchi energetika tizimi bilan kelishilgan hajmda, uning dispetcherlik punktlari bilan zarur aloqa va telemexanika vositalariga ega boʻlishi shart. 73. Elektr xoʻjaligi BATning energiya xoʻjaligi BATning tarkibiy qismi boʻlishi kerak hamda oʻz tarkibida elektr taʼminoti va elektr qurilmalarini taʼmirlashning dispetcherlik boshqaruvi tizimlariga, shuningdek, elektr xoʻjaligida ishlab chiqaruvchi-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimlariga ega boʻlishi mumkin. 74. Elektr xoʻjaligining BAT quyidagi masalalar majmuini hal etishi kerak: dispetcherlik boshqaruvini; ishlab chiqarish-texnik faoliyatni boshqarishni; isteʼmolning hisobga olinishini va nazoratini; tarmoqlarning mansublik chegarasida elektr energiyasining sifati nazoratini; texnik-iqtisodiy prognozlashni va rejalashtirishni; elektr uskunalarining taʼmirlanishini, elektr energiyasi taqsimlanishini va sotilishini, elektr xoʻjaligining rivojlanishini, moddiy-texnika taʼminotini, kadrlarni boshqarishni; ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarni tayyorlashni. 75. Har bir elektr xoʻjaligida BAT masalalari majmualari, ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib, mavjud namunaviy amaliy dasturlar paketlari yechimlaridan va texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni hisobga olgan holda bosh muhandis yoki elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tomonidan aniqlanadi. 76. BAT texnik vositalarining majmui tarkibiga quyidagilar kirishi kerak: axborotni yigʻish va uzatish vositalari (axborot datchiklari, aloqa kanallari, telemexanika qurilmalari, maʼlumotni uzatish apparaturasi va boshqalar); axborotni qayta ishlash va aks ettirish vositalari (elektron hisoblash mashinalari, analog va raqamli asboblar, displeylar, bosib chiqaruvchi qurilmalar va boshqalar); yordamchi (elektr taʼminoti, havoni konditsiyalash, yongʻinni avtomatik ravishda oʻchirish va xabar berish) tizimlari. 77. BATni ishga tushirish belgilangan tartibda qabul komissiyasining dalolatnomasi asosida amalga oshirilishi kerak. Sanoat ekspluatatsiyasiga kiritish oldidan undan 6 oydan koʻp boʻlmagan vaqtda tajriba asosida foydalanish mumkin. BATni yaratish va ishga tushirishni navbatma-navbat amalga oshirish mumkin. BATni sanoat ekspluatatsiyasiga qabul qilish, ishga tushirilayotgan navbat uchun koʻzda tutilgan barcha masalalar sanoat ekspluatatsiyasiga qabul qilingandan keyin amalga oshirilishi shart. 78. BATni ekspluatatsiya qilishni tashkil etishda texnik vositalar majmuiga xizmat koʻrsatish, dasturiy taʼminot boʻyicha tarkibiy boʻlinmalarning majburiyatlari korxona rahbarining buyrugʻi bilan belgilanishi shart. Bunda kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish tarmoqlari boʻylab telefon aloqalari va telemexanikaning yuqori chastota kanallari uskunalarini (aloqa kondensatorlari, yuqori chastotali toʻsiq reaktorlari, yerga ulovchi pichoqlar, aloqa antennasi qurilmasi, oʻtish izolyatorlari, sozlash elementlari va ulanma filtrlari zaryadsizlagichlari va boshqalar) ekspluatatsiya qilish va taʼmirlashni kuchlanishi 1000 V dan yuqori qurilmalarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar amalga oshirishi shart. Kuchlanish va tok transformatorlarining ikkilamchi choʻlgʻam zanjiriga ulanadigan teleoʻlchashlar datchiklarini (oʻzgartirgichlar) tekshirishni, ularga texnik xizmat koʻrsatishni himoya vositalari va avtomatika qurilmalariga xizmat koʻrsatuvchi hamda metrologik taʼminot bilan shugʻullanuvchi tegishli boʻlinmaning xodimlari amalga oshirishi kerak. 79. BATga xizmat koʻrsatuvchi boʻlinmalar quyidagilarni taʼminlashi shart: texnik vositalarning, axborot va dasturiy taʼminotning ishonchli ekspluatatsiya qilinishini; ish jadvaliga binoan tegishli boʻlinmalarga elektron hisoblash mashinalarida ishlov berilgan axborotlar berishni; amaldagi meʼyorlarga muvofiq hisoblash texnikasidan samarali foydalanishni; yangi masalalarni joriy etgan, foydalanilayotgan dasturlarni modernizatsiyalagan, berilgan maʼlumotlarni yigʻish va tayyorlashning ilgʻor texnologiyalarini oʻzlashtirgan holda boshqaruv tizimini takomillashtirish va rivojlantirishni; meʼyoriy — maʼlumot axborotlarini toifalashni amalga oshirishni; BATning aloqador iyerarxik bosqichlari bilan oʻzaro maʼlumotlar harakatini tashkil etishni; BAT faoliyati uchun zarur yoʻriqnoma va uslubiy materiallarni ishlab chiqishni; BAT ishlarini, uning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinishini, hisobotlar oʻz vaqtida taqdim etilishini. 80. Har bir BAT boʻyicha unga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan roʻyxat asosida texnik va ekspluatatsiya hujjatlarini yuritishlari kerak. 81. Podstansiyalar va dispetcherlik punktlarida teleboshqaruvning chiqish zanjirlari ishlashini toʻxtatish uchun maxsus umumiy kalitlar yoki oʻchiruvchi qurilmalar qoʻllanilishi kerak. Teleboshqaruv zanjirini va alohida ulanmalar telesignalizatsiyasini oʻchirish ajratuvchi qisqichlarda yoki individual oʻchirish qurilmasida amalga oshirilishi kerak. Teleboshqaruv va telesignalizatsiya zanjirlarida teleboshqaruvning umumiy kalitlari va individual oʻchirish qurilmalari bilan barcha operatsiyalarni faqat dispetcherlar koʻrsatmasi boʻyicha yoki unga xabar berib, bajarishga ruxsat beriladi. 82. BATning texnik vositalaridagi taʼmirlash va profilaktika ishlari tasdiqlangan ish jadvallariga muvofiq ravishda bajarilishi shart. Ularni taʼmirga chiqarish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash tartibi tasdiqlangan nizom boʻyicha aniqlanishi shart. Dispetcherlik aloqa vositalarini va telemexanika tizimini ishlashdan toʻxtatish tezkor buyurtma bilan rasmiylashtirilishi shart. 83. Korxona rahbari BAT faoliyatini tahlil qilishni, uni ekspluatatsiya qilish nazoratini, BATni rivojlantirish va takomillashtirish hamda oʻz vaqtida qayta jihozlash boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishini taʼminlashi kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 6. 4-§. Elektr xoʻjaligini tezkor boshqarish
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 8. 6-§. Elektr qurilmalarini taʼmirlash
Qoʻshni boʻlimlar
- 32-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishdagi asosiy talablar — 1-§. Qoidalarni qoʻllash sohasi va tartibi
- 42-§. Xodimlarning vazifalari, qoidalarning bajarilishi uchun javobgarlik va nazorat
- 53-§ . Xodimlarga qoʻyiladigan talablar
- 64-§. Elektr xoʻjaligini tezkor boshqarish
- 86-§. Elektr qurilmalarini taʼmirlash
- 97-§. Texnik hujjatlarni yuritish
- 108-§. Xavfsizlik texnikasi, yongʻin va ekologiya xavfsizligi
- 119-§. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun talablar. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.