VM qarori № 712, 11-boʻlim
9-§. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun talablar. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
133. Barcha yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan elektr uzatish havo tarmoqlari (keyingi oʻrinlarda — HT) EQTQ va amaldagi QMQga mos ravishda bajarilishi shart. 134. Yangi qurilgan HTni ekspluatatsiyaga qabul qilishda topshirayotgan tashkilot ekspluatatsiyaga qabul qilayotgan tashkilotga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: qurilish jarayonida kiritilgan, loyiha tashkiloti bilan kelishilgan oʻzgarishlar va hisob-kitoblar bilan HT loyihasini; simlarning kesimlari va ularning markalari, himoya qiluvchi yerga ulagichlar, yashindan himoya vositalari, tayanch turlari va boshqalar koʻrsatilgan holda tarmoqning ijro sxemasini; manfaatdor tashkilot bilan birgalikda tuzilgan, bajarilgan oʻtish va kesishishlarni koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomalarini; ulash qurilmalari va tayanchlarining chuqurligi boʻyicha yashirin ishlar dalolatnomalarini; yerga ulashlar konstruksiyasining tavsifini va yerga ulash qurilmasi qarshiligini oʻlchash bayonnomalarini; belgilangan shaklda tuzilgan tarmoq pasportini; HTning barcha elementlariga (tayanchlar, izolyatorlar, simlar va boshqalarga) muvofiqlik sertifikatlarini; HTning yordamchi inshootlari, material va uskunalarining topshirilayotgan avariyaviy zaxirasi roʻyxatini; tayanchlar oraligʻida va kesishishlarda simning solqilik chizigʻi va HT gabaritlarini nazorat tekshiruvi bayonnomasini; qishloq joylarda yer rusurslari boʻyicha tuman xizmatlari bergan qarorni; hududni kadastrli boʻlishda va yer uchastkalarini kadastrli tasvirlashda shaharlar va posyolkalardagi koʻchmas mulk kadastri xizmatlari bergan ruxsatni; yer uchastkasining kadastr planida HT loyihasi qayd etilgan chizma nusxasini. 135. Ekspluatatsiyaga qabul qilishdan oldin yangi qurilgan yoki kapital taʼmirdan chiqqan HTda quyidagilar tekshirilishi shart: HTning texnik holati va uning loyihaga mosligi; yuklamaning fazalar boʻyicha teng taqsimlanishi; yerga ulash va yashindan himoya qurilmalari; simning solqilik chizigʻini va tayanchlar orasida hamda kesishgan joylarda simning eng pastki nuqtasidan yergacha boʻlgan vertikal masofa. 136. Yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan HTni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda, shuningdek, tarmoq simlarini almashtirish bilan kapital taʼmirlashdan keyin amaldagi qoidalar hajmida sinovlar oʻtkazilishi, fazirovka qilinishi va tarmoq turtki bilan kuchlanish ostiga qoʻyilishi kerak. 137. HT tayanchlarida EQTQda koʻzda tutilgan belgilar oʻrnatilgan (chizilgan) boʻlishi shart. 138. HTni muhofaza qilish uchun shoxoblanish va binolarga kirishdan tashqari chekka simlarining ogʻishgan holatida yer sathidagi proyeksiyasidan har bir tarafga 2 metr masofadagi parallel chiziqlar bilan chegaralangan yer uchastkasi koʻrinishida qoʻriqlash zonasi belgilanadi. HTning muhofaza zonasi chegarasida quyidagilar man qilinadi: sport maydonchalarini, avtomobillar va boshqa transport turlari, mashinalar, mexanizmlar turadigan joylarni tashkil etish, yem-xashak, oʻgʻitlar, yoqilgʻi va boshqa materiallarni saqlash; daraxtlar (koʻchat) ekish. HTning muhofaza zonasi chegarasida HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot egasining yozma ruxsatisiz quyidagilar man qilinadi: qurilish, montaj, portlatish va sugʻorish ishlarini amalga oshirish, daraxtlarni kesish, yuk ortish va yuk tushirish hamda yer qazish ishlarini bajarish; mashinaning umumiy balandligi yuk bilan yoki yuksiz, yer sathidan 4,5 metrdan ortiq boʻlgan mashinalar va mexanizmlar uchun oʻtish yoʻllarini tashkil etish. 139. HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar HT oʻtayotgan zonada joylashgan aholi va tashkilotlar oʻrtasida HTni muhofaza qilish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borishga, shuningdek, muhofaza zonasida boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr hoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari talablarini buzgan holda ishlar olib borilganda, ishlarni toʻxtatish choralarini koʻrishlari va ushbu Qoidalar talablarini buzuvchilarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortishlari shart. 140. Umumiy tayanchlarda HT simlari bilan birga turli tashkilotlarga tegishli boshqa moʻljalli tarmoqlar osilgan taqdirda, HTga shikast yetkazishi mumkin boʻlgan taʼmirlash ishlarini boshlashdan avval har bir tashkilot boshqa tashkilotga taʼmirlashlarni boshlash haqida manfaatdor tashkilotga oldindan xabar berishi shart. 141. HTga shikast yetkazishi mumkin boʻlgan biron-bir ishlarni bajarayotgan korxona ishlar boshlanishidan kamida 3 kun oldin, ularni amalga oshirishni tarmoqni ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot bilan kelishishi va HT egasidan ruxsat olgandan keyin boshlashi shart. 142. HTni qayta qurish zaruratini keltirib chiqaradigan yoki uni mexanik shikastlanishdan himoya qilishni talab qiladigan ishlarni bajaradigan tashkilotlar HT egasi va uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot bilan kelishgan holda, qayta qurish va himoya ishlarini oʻzlarining materiallari va mablagʻlari hisobidan amalga oshirishlari shart. 143. HT tayanchlarini va boshqa elementlarini, shuningdek, tayanchlarni tuproqda mahkamlash usullarini konstruktiv oʻzgartirishlar faqat texnik hujjatlar (asoslar) va korxona elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs ruxsati bilan bajarilishi mumkin. Barcha hollarda konstruktiv oʻzgartirishlarning texnik asoslanishi EQTQ, NTH, QMQ, sanitariya normalari va qoidalari talablariga mos kelishi shart. 144. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 1-ilova talablariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 10. 8-§. Xavfsizlik texnikasi, yongʻin va ekologiya xavfsizligi
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 12. 3-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlari
Qoʻshni boʻlimlar
- 75-§. Boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari
- 86-§. Elektr qurilmalarini taʼmirlash
- 97-§. Texnik hujjatlarni yuritish
- 108-§. Xavfsizlik texnikasi, yongʻin va ekologiya xavfsizligi
- 123-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlari
- 134-bob. Kabel tarmoqlari
- 145-bob. Kuch transformatorlari va reaktorlar
- 156-bob. Elektr dvigatellar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.