Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
155. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori boʻlgan kabel tarmoqlarini (keyingi oʻrinlarda — KT) ekspluatatsiya qilishga topshirishda QMQ “Tugatilgan qurilish obyektlarini ekspluatatsiyaga qabul qilish”, “Elektrotexnik qurilmalar”da va sohaning qabul qilish qoidalarida koʻzda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagi texnik hujjatlar bor boʻlishi va buyurtmachi uchun rasmiylashtirilishi shart: KTning tuzatilgan loyihasi, kuchlanishi 110 kV va undan yuqori boʻlgan KT uchun kabelni ishlab chiqaruvchi zavod va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan boʻlishi shart; ushbu hududda kommunikatsiyalar rivojlanganligidan kelib chiqib, 1:200 yoki 1:500 masshtabda bajarilgan, birlashtiruvchi muftalar oʻrnatilgan joylar koʻrsatilgan trassaning ijro chizmasini; kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan va trassasi oʻta murakkab 6 va 10 kV kuchlanishli KTlarning yoʻllar va boshqa kommunikatsiyalar bilan kesishish joylari profili chizmasi; kabellarning barabandagi holati dalolatnomalari, zarur boʻlganda namunalarni qismlarga ajratish va koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomalari (import kabellar uchun qismlarga ajratish majburiy); kabel jurnali; KT barcha elementlarining inventar roʻyxati (kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan KT uchun); qurilish va yashirish ishlar dalolatnomalari, barcha yer osti kommunikatsiyalar bilan kesishish va yaqinlashish joylari koʻrsatilgan holda; kabel muftalarini montaj qilish dalolatnomalari; xandaqlar, bloklar, quvurlar, kanallar, tunnellar va kollektorlarni montaj uchun qabul qilish dalolatnomalari; KTni elektr kimyoviy zanglashdan himoyalash qurilmalari montaji dalolatnomalari, shuningdek, loyihaga muvofiq zanglash boʻyicha sinovlar natijalari toʻgʻrisida hujjatlar; kabel oʻtkazilganidan keyin uning izolyatsiyasini yuqori kuchlanish bilan sinash bayonnomalari (kuchlanishi 1000 V dan yuqori KT uchun); izolyatsiya qarshiligini oʻlchash natijalari toʻgʻrisida hujjatlar; xandaqlar va kanallarda oʻtkazilgan kabellarni yopishdan oldin koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomalari; past haroratlarda kabellarni oʻtkazishdan oldin ularni barabanda qizdirish dalolatnomalari; avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va yongʻin signalizatsiyasini tekshirish va sinash dalolatnomalari. Kuchlanishi 110 kV va undan yuqori KTni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlardan tashqari, montaj tashkiloti, buyurtmachiga qoʻshimcha quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart: kuchlanishi 110 — 220 kV boʻlgan, past bosimli, moy toʻldirilgan kabellar uchun kabelni va uni toʻldirib turuvchi apparatlarni yuqori ijro belgisini; tarmoqlarning barcha elementlari moyini (suyuqligini) sinash natijalari hujjatlarini; shimdirish sinovlari natijalarini; yuqori bosimli moy toʻldirilgan kabellar uchun qoʻshimcha moy bilan taʼminlovchi agregatlarni sinash va tekshirish natijalarini; bosim signalizatsiyasi tizimini tekshirish natijalarini; kabelni oʻtkazishda tortish kuchlari haqida dalolatnomalarni; kabellar oʻtkazilgandan keyin himoya qoplamalarini yuqori elektr kuchlanishi bilan sinash haqida dalolatnomalarni; kabellarni, muftalarni va qoʻshimcha moy bilan taʼminlovchi apparaturalarning zavod sinovlari bayonnomalarini; tugallovchi muftalarni avtomatik qizdirish qurilmalarini sinash natijalari haqida hujjatlarni; moy toʻldirilgan past bosimli kabellarning va 110 kV kuchlanishli plastmassa izolyatsiyali kabellarning har bir fazasi tok oʻtkazuvchi tolalari va qobiqlari (ekranlari) boʻylab tokni oʻlchash natijalarini; kabellar sigʻimini oʻlchash natijalarini; quduqlarni va tugallovchi muftalarni yerga ulash qarshiligini oʻlchash natijalarini; kadastrni; qoʻllanilayotgan elektrotexnik materiallar va apparaturaga muvofiqlik sertifikatlarini. 156. Hududida KT yaqinida yer qazish ishlari oʻtkazilayotgan korxona rahbari KTning butunligini kuzatish uchun javobgar shaxslarni ajratadi. 157. Qaramogʻida KT bor korxona, elektrlashtirilgan relsli transport boshqarmalari va xizmatlari amaldagi Qoidalar va NTH talablariga muvofiq yerdagi daydi toklar qiymatini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilishi shart. 158. KTni taʼmirlash, uni koʻrikdan oʻtkazish va sinash asosida ishlab chiqilgan hamda elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ish jadvali boʻyicha bajariladi. 159. Kabellarda taʼmirlash ishlarini boshlashga faqat u oʻchirilganidan va ikki tomonidan yerga ulangandan keyin ruxsat beriladi. Yigʻmalarda (yacheykalarda) kabelning tugallovchi muftalarini (birikmalarini) taʼmirlash yigʻmalar (yacheykalar) toʻliq oʻchirilganda va yerga ulanganda bajariladi. 160. Kabel trassalarini qazish yoki ularga yaqin joylarda yer qazish (kavlash) ishlari, faqat KTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yozma ruxsati bilan oʻtkazilishi kerak. Bunda bajaruvchi barcha ishlar mobaynida kabellarning butunligi ustidan nazoratni taʼminlashi shart. Ochilgan kabellarni ular osilib qolishining oldini olish uchun mahkamlash va mexanik shikastlanishdan himoya qilish shart. Ish joylarida signal chiroqlari va ogohlantiruvchi plakatlar oʻrnatilishi shart. 161. Qarmogʻida KT boʻlgan korxona davriy ravishda kabel trassalari oʻtayotgan hududdagi tashkilotlar va aholini ushbu trassalar atrofida yer qazish ishlarini oʻtkazish tartibi haqida xabardor qilishi shart. 162. KTlar elektr uskunalarni SQ va M talablariga binoan, oʻzgarmas tokning yuqori kuchlanishi bilan davriy ravishda profilaktik sinovdan oʻtishi kerak. KTlarni navbatdan tashqari sinash zarurligi, masalan, taʼmirlash ishlaridan keyin yoki trassani ochish bilan bogʻliq qazish ishlaridan keyin, shuningdek, KT avtomatik oʻchganidan keyin tarmoq qarmogʻida boʻlgan tashkilot rahbariyati tomonidan belgilanadi. Kuchlanishi 110 — 220 kV boʻlgan KTni sinash faqat elektr taʼminoti tashkiloti ruxsati bilan oʻtkaziladi. 163. Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 3-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 12. 3-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 14. 5-bob. Kuch transformatorlari va reaktorlar
Qoʻshni boʻlimlar
- 97-§. Texnik hujjatlarni yuritish
- 108-§. Xavfsizlik texnikasi, yongʻin va ekologiya xavfsizligi
- 119-§. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun talablar. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlari
- 123-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlari
- 145-bob. Kuch transformatorlari va reaktorlar
- 156-bob. Elektr dvigatellar
- 167-bob. Oʻta kuchlanishlardan himoya
- 178-bob. Kondensator qurilmalari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.