VM qarori № 712, 72-boʻlim

2-§. Kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ishlash

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

196. Kuchlanish ostida turgan simga bevosita tegish bilan bogʻliq ishlar odamni izolyatsiyalovchi qurilmalar: izolyatsiyalangan boʻgʻinli teleskopik minora, izolyatsiyalovchi maydoncha, narvon va shunga oʻxshash qurilmalar yordamida yerdan izolyatsiyalash sharti bilan bajarilishi mumkin. Bunda odam simga tegishidan oldin izolyatsiyalangan qurilmaning ish maydonchasi simdagi potensial bilan bogʻlangan boʻlishi kerak, buning uchun ish maydonchasiga oldindan ulab qoʻyilgan sim izolyatsiyalovchi shtanga yordamida kuchlanish ostida turgan simga ulanishi zarur. Bu ishlarni bajarishda odamdan yerga ulangan qismlargacha boʻlgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 2-ustunida koʻrsatilgandan kam boʻlmasligi shart. 197. Shodalarda ish boshlashdan avval oʻlchash shtangasi yordamida osma izolyatorlarni ishga yaroqli ekanligi va armaturadagi barcha qulflar va shplintlar butligini tekshirish shart. Agar shodalardagi izolyatorlar sirgʻalib chiquvchi qisqichlar bilan jihozlangan boʻlsa, ular ish bajariladigan tayanchga hamda trassa relyefi boʻyicha talab qilinadigan hollarda, shuningdek, qoʻshni tayanchlarga tortib, pona yordamida mahkamlanishi kerak. 198. Izolyatsiyalovchi qurilmalar yoki traversalardagi monterlar tomonidan shodalarni qayta osish, shodalardagi alohida izolyatorlarni, armaturalarni almashtirish ishlarini shodadagi yoki sim va uni ajratish moslamasi oʻrtasidagi ishga yaroqli izolyatorlar soni quyidagidan kam boʻlmaslik sharti bilan bajarishga ruxsat etiladi:

HL kuchlanishi, kVYaroqli izolyatorlar soni , donaHL kuchlanishi, kVYaroqli izolyatorlar soni, dona
1521106
35422010

199. Traversadan turib shodalarni qayta osish ishlarini bajarishda zarur moslamani shodaga oʻrnatish va uni traversadan boʻshatish dielektrik qoʻlqoplarda amalga oshirilishi kerak. Bunda 35 kV kuchlanishli HLda shodadagi ikki izolyator ishga yaroqli boʻlganda, birinchisining qalpogʻiga, kuchlanishi 110 kV boʻlgan HLda esa birinchisi va ikkinchisining qalpogʻiga tegish mumkin. Izolyatorlarni hisoblash traversdan boshlanadi. 200. Sim potensiali ostida turgan izolyatsiyalovchi qurilma maydonchasida turib ishlagan paytda simdagidan boshqa potensialga ega boʻlgan shoda armaturalarga va izolyatoriga tegish, shuningdek, ushbu ish maydonchasida turmayotgan shaxslardan asbob-uskuna yoki moslamalarni olish yoki unga uzatish man etiladi. Taʼmirlanayotgan har xil potensial ostidagi faza elementlarini (masalan, sim va shodalarni) ulash yoki ularni bir-biridan ajratishda dielektrik qoʻlqoplardan foydalanish zarur. 201. Izolyatsiyalovchi qurilmadan uning ish maydonchasiga oʻtish va qayta oʻtish uchun faqat maydoncha montyori bilan birgalikda simdan, kuchlanishi 110 kV boʻlgan HLda 0,5 metrdan ortiq masofaga, kuchlanishi 150 — 220 kV boʻlgan HLda esa 1 metrdan ortiq masofaga uzoqlashtirilib, ishchi maydonchasidan potensial olingandan soʻng ruxsat etiliadi. 202. Kuchlanishi 35 — 110 kV boʻlgan HLda kuchlanish ostida naysimon zaryadsizlantirgichni uning tashqi elektrodi bilan sim orasida belgilangandan kam masofaga yaqinlashishi imkoniyatini istisno etadigan izolyatsiyalovchi osma gabaritnikdan foydalanish sharti bilan oʻrnatishga ruxsat etiladi. Zaryadsizlantirgichni olish paytida zaryadsizlantirish elektrodini burish yoki uning tashqi elektrodini simga yaqinlashtirishda gaz otilib ketishi mumkin boʻlgan zonada turish man etiladi. Zaryadsizlantirgichning tashqi elektrodini simga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish faqat izolyatsiyalovchi shtanga yordamida bajarilishi zarur. 203. Tayanchdan izolyatsiyalangan yashin qaytargich trosga 1 metrdan kam masofaga yaqinlashish man etiladi. Muz eritish sxemasida trosdan foydalanilganda, trosga yaqinlashish mumkin boʻlgan masofa eritish kuchlanishiga qarab belgilanadi. 204. Kuchlanish ostida turgan HLda kunning qorongʻu vaqtida, yomgʻir va qor yogʻayotganda, momaqaldiroq va tuman paytida, shuningdek, tayanchda ishlarni qiyinlashtiradigan shamol paytida ishlash taqiqlanadi. Kesib oʻtish oraliqlarida, ilashgan kuchlanish zonasida, 35 kV va undan yuqori kuchlanishli koʻp zanjirli HLda bir zanjiri oʻchirilganda, simlarni hamda trosslarni montaj qilish va almashtirish 205. Sim va trosslarni montaj qilish va almashtirish paytida siltamasdan, yoyish va osish zarur. Arqon shunday yoʻnaltirilishi kerakki, unda osilayotgan sim siltangan yoki uzilib ketgan taqdirda, kuchlanish ostida turgan simga yaqinlashmasligi yoki unga ilashib qolmasligi kerak. Zarur boʻlganda, odatda ip-gazlamadan yoki kaprondan yasalgan maxsus tortqichlar qoʻllaniladi. Arqonlar iloji boricha kalta boʻlishi va tarang tortilib turishi, ularning uchlari osilib qolishiga yoʻl qoʻyilmaslik kerak. Metalldan yasalgan yoʻgʻon arqonlar yoki chigʻirlar yerga ulanadi. 206. Simlarni (trosslarni) yoyishdan oldin har bir barabandagi sim yerga ulanishi kerak. Agar simlar (trosslar) yoyish aravachasidan yozilsa, simning (trossning) qoʻzgʻalmas uchi yerga ulanishi kerak. Bir joyda turgan barabandagi simni (trossni) yoyishda, yerga ulash uchun uning uchi baraban vtulkasiga, barabanning vali esa barabanga yaqin turgan tayanchga yoki yerga ulagichga ulanishi zarur. 207. Montaj ishlarini boshlashdan oldin (xom chiziq tortish, sim tortish, simni rolikdan qisqichlarga oʻtkazish), yozilgan sim (tross) ikki joyda: boshlangʻich anker tayanchining tortuvchi qisqichi yaqinida va sim tortilayotgan oxirgi tayanchda yerga ulanishi kerak. Bundan tashqari, sim (tross) va ish olib borilayotgan joydagi har bir oraliq tayanch ham yerga ulanishi zarur. 208. Metalldan yasalgan osma roliklarda yoki qisqichlardagi simlar uchun roliklarning (qisqichlarning) gardishini yerga ulash yetarlidir. Rolikning (qisqichning) metall gardishi bilan metalli yoki armaturali temir-beton tayanch oʻrtasidagi tabiiy metalli kontakt mavjud boʻlsa, metalldan yasalgan rolikni (qisqichni) yerga ulash uchun qoʻshimcha tadbir talab qilinmaydi. 209. Kuchlanish ostida turgan HL bilan kesishgan oraliqlarda osilayotgan sim kesishgan liniyaning (tross) ikkala tarafidan yerga ulanishi lozim. 210. Odamlarni koʻtarishga moʻljallangan mexanizmdan yoki izolyatsiyalovchi boʻgʻini boʻlmagan teleskopik minoradan, shuningdek, tayanchda turib simlarda bajariladigan va tayanchdan batamom yerga qadar tushirilgan simlardagi ishlar mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 50 va 51-bandlariga muvofiq bajarilishi kerak. 211. Ankerlar oraligʻidagi simlarni osish ishlari tamomlangandan soʻng simlar boshlangʻich anker tayanchida yoki biron-bir oraliq tayanchda yerga ulanishi kerak. Keyingi anker oraligʻida ishlayotgan odamlarning tayyor boʻlgan oldingi anker oraligʻidagi sim orqali yashin razryadidan jarohatlanmasliklari uchun simni oxirgi anker tayanchida yerga ulash taqiqlanadi. 212. Anker tayanchida shleyflarni ulash faqat bu tayanchga tegishli boʻlgan yonma-yon ankerlar oraligʻidagi montaj ishlari tamomlangandan soʻng amalga oshiriladi. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli HL shleyflari ulanishiga qadar simga yoki tortib turuvchi shodalarga traversadan hisoblanganda toʻrtinchi izolyatorgacha, 35 kV va undan kam kuchlanishga ega boʻlgan HLda faqat simga mahkamlab qoʻyilishi zarur. 213. Ishlar tugatilgan HL uchastkalarida anker tayanchlardagi shleyflar ulab boʻlingandan keyin sim boshlangʻich anker tayanchida va oxiriga yaqin boʻlgan tayanchlardan birida yerga ulanishi kerak. Oxirgi anker tayanchida ushbu simlarni yerga ulash man etiladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.