VM qarori № 712, 71-boʻlim

12-bob. Elektr uzatish havo tarmoqlari — 1-§. Tayanchlarda ishlash

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

173. Tayanchga chiqishga va unda ishlashga ruxsat faqat tayanchning, ayniqsa, uning asosi mustahkamligiga ishonch hosil qilingandan keyingina berilishi mumkin. Tayanchni mustahkamlash uslubi va zarurati ish bajaruvchi yoki javobgar rahbar tomonidan ish joyida aniqlanishi kerak. 174. Quyidagi brigada aʼzolariga tayanchga koʻtarilishga ruxsat etiladi: elektr xavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlganlarga tayanchning yuqorisigacha barcha turdagi ishlarni bajarishga; elektr xavfsizligi boʻyicha kamida II guruhga ega boʻlganlarga kuchlanish olinib amalga oshiriladigan ishlarni, kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda amalga oshiriladigan ishlarda esa pastki simlar sathiga kamida 2 metr qolgunga qadar ishlarni bajarishga; I guruhga ega boʻlganlarga barcha koʻrinishdagi ishlarda yerdan oyoqlarigacha 3 metrgacha koʻtarilishga ruxsat etiladi. 175. Shtirli izolyatorlar bilan jihozlangan burchak tayanchlarining ichki burchak tomonidan koʻtarilish va ishlash taqiqlanadi. 176. Tayanchning tik qismida ishlaganda shunday joylashish lozimki, bunda kuchlanish ostida boʻlgan eng yaqin turgan simlar eʼtibordan chetda qolmasligi kerak. 177. Tayanchlarga koʻtarilishda himoya kamarini stropi ustun orqasidan aylantirib oʻtkazib olinishi, temir beton tayanchlarda esa tirnoqqa (lazga) mahkamlanishi zarur. Tayanchda ishlaganda himoya kamaridan foydalangan holda ikkala tirnoqqa (lazga) tiralib ishlash kerak. 178. Zanjirlari gorizontal joylashgan koʻp zanjirli HLda uning bitta zanjiridan kuchlanish olinib ishlashga faqat ushbu zanjir tarafidan ruxsat etiladi. Kuchlanish ostida turgan zanjirlarni ushlab turuvchi travers uchastkalariga oʻtish taqiqlanadi. 179. Zanjirlari bir-birining ustida joylashgan koʻp zanjirli HLning oʻchirilgan zanjirida ishlashga faqat ushbu zanjir kuchlanish ostida turgan boshqa zanjirlar ostida joylashgandagina ruxsat etiladi. Tayanchga faqat oʻchirilgan zanjir tarafidan koʻtarilishga ruxsat beriladi. Oʻchirilgan zanjirdagi simlarni almashtirish va qayta tortish taqiqlanadi. 180. 220 kV va undan yuqori kuchlanishli koʻp zanjirli HL tayanchlarida bir zanjirdan kuchlanish olinib ishlar bajarilganda, yer sathidan 2 — 3 metr balandlikda ustunlarning kuchlanish ostida qolgan zanjirlari tomonidan qizil bayroqchalar oʻrnatilishi shart. Bayroqchalarni ish bajaruvchi, elektr xavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan brigada aʼzosi bilan birgalikda oʻrnatishi kerak. 181. Tayanchda, izolyatsiyalangan boʻgʻini boʻlmagan teleskopik minorada yoki odamlarni koʻtarish uchun moʻljallangan boshqa mexanizmlarda turib ishlar bajarilganda, odamdan yoki u ishlatayotgan asboblar va moslamadan kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan HL, radiotranslyatsiya, telemexanika simlarigacha boʻlgan masofa 0,6 metrdan kam boʻlmasligi shart. Agar ishlash paytida koʻrsatilgan simlargacha ushbu masofani saqlashning imkoni boʻlmay, oraliqdagi masofa kamayishi xavfi tugʻilsa, ular tarmoqdan oʻchiriladi va ish joyida yerga ulanadi. 182. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori HL bilan birga tayanchlarda tortilgan kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan HL simlarini almashtirish va qayta tortish ishlari faqat kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori barcha HL oʻchirilib, simlar ish joyida yoki ish uchastkasining ikki tomonida yerga ulanganidan soʻng bajarilishi mumkin. 183. Tros va simlarni bir tarafga qarab tortishga moʻljallanmagan tayanchlarda shunday vaqtincha tortish zarur boʻlsa, tayanchlarning qulab tushishining oldini olish uchun ular mahkamlanishi shart. 184. Tayanchlarning detallari almashtirilayotganda, uning siljishi yoki qulab tushishi ehtimoli istisno etilgan boʻlishi zarur. 185. P va AP turidagi tayanchlarning bittalik yoki ikkitalik qoʻshimcha tirgaklarini almashtirishda, baravariga tayanchning ikkala oyogʻi ostini kavlab olish taqiqlanadi. Tirgaklarni oʻrnatishni tayanchning bir oyoqlisidan boshlash zarur va faqat undagi tirgaklar almashtirilib, bandaj bilan mahkamlanganidan hamda yerdagi tuproq zichlanganidan keyin tayanchning boshqa oyogʻidagi tirgaklarni almashtirishga kirishish mumkin. Ikkitasi birlashtirilgan tirgaklarni navbatma-navbat almashtirish kerak. Tirgaklarni chiqarib olish yoki uni tushirish vaqtida handaqda turish man etiladi. 186. Tayanchlarni qulatish va oʻrnatish uslublari, ogʻishining oldini olish uchun ularni mahkamlash zarurati va usullari javobgar rahbar tomonidan, u tayinlanmagan holda esa, naryad beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi. 187. Mexanik jihatdan mustahkamligi (yogʻochning chirishi, betondagi darzlar va boshqalar) shubha tugʻdiradigan tayanchlardagi tros va tortqilarni mahkamlash zarurati paydo boʻlganda, ushbu ishlar bevosita tayanchga koʻtarilish talab etilmagan holda, tayanch yoniga barpo etilgan maxsus mahkamlovchi qurilmalardan yoki odamlarni koʻtarish uchun moʻljallangan boshqa mexanizm, yoki teleskopik minoradan foydalanib bajarish zarur. Koʻtarilgan tayanchdagi tros va tortqilarni faqat tayanch yerga yoki poydevorga mahkamlangandan keyin yechish mumkin. 188. Agar ilgakli tortqilar qoʻllanilgan boʻlsa, ular himoya qulflari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. 189. Izolyatorlar shodalarida ishlaganda, quyidagi hollarda ular boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladi: bir zanjirli, shuningdek, ikki va undan koʻp zanjirli koʻtarib turuvchi shodalar boʻylab; ikki va undan koʻp zanjirdan tashkil topgan tortib turuvchi shodalar boʻylab. Bir zanjirli tortib turuvchi shodalarda maxsus moslamalardan foydalanib, ular boʻlmagan taqdirda esa, shodalar ustiga yotib va tana holatini oʻrnashtirish uchun oyoqlarni traversga ilashtirgan holda ishlashga ruxsat etiladi. 190. Ushlab turuvchi shodada ishlagan paytda himoya kamarining stropi traversga mahkamlanishi kerak. Agar osma uzunligi yetarli boʻlmasa, belga mahkamlangan ikkita xavfsizlik arqonidan foydalanish zarur. Bu holda bitta arqon traversga bogʻlanadi, ikkinchisi esa oldindan traversning orqasidan oʻtkazilib brigada aʼzolaridan biri xavfsizlikni taʼminlash uchun zaruratga qarab uni asta-sekin tortib yoki boʻshatib turadi. 191. Tortib turuvchi shodada ishlaganda, himoya kamarining osmasi traversga yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan moslamaga mahkamlanishi zarur. 192. Ushlab turuvchi va tortib turuvchi ikki va undan koʻp zanjirli shodalarda himoya kamarining stropini ish bajarilmayotgan zanjirning biriga mahkamlashga ruxsat etiladi. Strop osmasini ish bajarilayotgan shodaga mahkamlash taqiqlanadi. 193. Shodalarni bir-biridan ajralib ketishiga olib boruvchi nosozliklar aniqlanganda, ish toʻxtatilishi shart. 194. Simlarni, troslarni, izolyatorlarni traversga koʻtarayotgan yoki tushirayotgan vaqtda yuk koʻtarayotgan traversda yoki tayanchning bu traversi ostidagi qismida turish man etiladi. Yuk koʻtarish sxemasini tanlash va koʻtaruvchi bloklarni joylashtirish shunday hisoblanishi kerakki, unda tayanchga shikast yetkaziladigan kuch paydo boʻlmasligi lozim. 195. Tayanchni boʻyash paytida izolyator va simlarga boʻyoq tegib ketmasligining oldini olish choralarini koʻrish (masalan, taglik qoʻllash) zarur.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.