VM qarori № 712, 69-boʻlim

10-bob. Elektr qurilmalarida balandlikka chiqish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

152. Balandligi yerdan yoki bostirmadan 1 metr va undan yuqori boʻlgan ishlar yuqorida bajariladigan ishlar hisoblanadi. Bunday ishlarni bajarishda ishlovchilarning yuqoridan qulab tushishining oldini olish choralari koʻrilgan boʻlishi zarur. 153. Himoya kamari qulab tushishning oldini oluvchi asosiy vosita boʻlib xizmat qiladigan yer, bostirma yoki ishchi tushama yuzasidan 5 metrdan yuqori balandlikda, havoza, taxta tushama ustida turib bajariladigan ishlar balandlikka chiqib bajariladigan ishlar hisoblanadi. Balandlikka chiqib bajariladigan ishlarni bajarishga ruxsat etilgan shaxslarning sogʻligi ushbu ishlarni bajarish uchun belgilangan tibbiy talablarga javob berishi kerak. Balandlikda bajariladigan ishlarni amalga oshirishga berilgan ruxsat haqidagi maxsus yozuv bilimlar sinovi guvohnomasining “Maxsus ishlarni bajarish huquqiga guvohnoma” jadvalida qayd etilishi zarur. 154. Agar himoya kamarining stropini tayanchga, konstruksiyaga mahkamlashning imkoni boʻlmasa, unda tayanch detalga, konstruksiyaga oldindan mahkamlab qoʻyilgan xavfsizlik arqonidan foydalanish kerak. Ushbu ishni ikki shaxs bajarishi zarur, bunda ikkinchi shaxs xavfsizlik arqonini zarur boʻlsa, sekin-asta koʻtarishi yoki tushirishi kerak. 155. Kuchlanish ostida turgan tok oʻtkazuvchi qismlar tagida joylashgan konstruksiyalar ustida ish bajarilgan hollarda, asbob-uskunalar va taʼmirlash moslamalarining tushirib yuborilishidan saqlash uchun ular bogʻlab qoʻyiladi. Bunday hollarda metall zanjirli himoya kamaridan foydalanish man etiladi. 156. Konstruksiya yoki qurilma ustiga koʻtarish zarur boʻlgan detallarni “uzluksiz halqa” uslubidagi yoʻgʻon arqon yordamida koʻtarish lozim. Pastda turgan xizmatchi yoʻgʻon arqonni tebranib ketmasligi va tok oʻtkazuvchi qismlarga tegib ketmasligi uchun ushlab turishi zarur. 157. Portallarda, konstruksiyada, tayanchlarda va boshqalarda ishlovchi xodimlar tanasini qismaydigan va harakatni cheklamaydigan kiyimdan foydalanishi zarur. Uning shaxsiy asbob-uskunalari sumkasida turishi kerak. 158. Balandlikda yoki balandlikka koʻtarilib bajariladigan ishlarni bajaruvchi brigada aʼzolarini kuzatib turuvchi shaxslar yerda joylashishlari mumkin. 159. Koʻprikli kran aravachasida turib, mashina zali va sexlar shiplaridagi yoritish qurilmalariga xizmat koʻrsatish ishlari kamida ikki shaxs tomonidan bajarilishi kerak, ulardan biri elektr xavfsizligi boʻyicha III guruhga ega boʻlishi lozim. Ikkinchi shaxs ishlovchi yonida turib, uning xavfsizlik choralariga yetarli darajada rioya etayotganligini kuzatib turishi shart. Ishlar taʼmirlovchi xodimlar tomonidan bajarilgan taqdirda ularga naryad berilishi kerak. Vaqtincha taxta tushama, narvon va shunga oʻxshashlarni aravacha ustiga oʻrnatish man etiladi. Ishlarni bevosita aravacha tushamasi ustida yoki qoplama tepasiga oʻrnatilgan statsionar (doimiy) taxta tushama ustida turib bajarish zarur. Aravachaga koʻtarilishdan oldin trolley simlaridan kuchlanishni olib tashlash shart. Ishlash jarayonida himoya kamaridan foydalanish kerak. Kran koʻprigini yoki aravachasini kran haydovchisi faqat ish bajaruvchining buyrugʻi bilan yurgizishi kerak. Koʻprik krani harakatlanishi jarayonida ishlovchi shaxslar kranchi kabinasida yoki koʻprik toʻshamasida turishlari zarur. Ishchilar aravachada turgan paytida koʻprikli kranni va aravachani bir joydan ikkinchi joyga yurgizish man etiladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.