VM qarori № 712, 68-boʻlim

9-bob. Mexanizmlar va yuk koʻtarish mashinalarini qoʻllab bajariladigan ishlar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

139. OTQ hududi boʻylab va HL ostidan oʻtayotganda, yuk koʻtarish mashinalari va mexanizmlarning yuk koʻtaruvchi va surilma qismlari transport holatida boʻlishi lozim. Yuk koʻtarish mashinalarining ish joyi doirasida teleskopi koʻtarilgan, ammo surib chiqarilmagan holda yoki strelasi yoxud boshqa ishchi qismi koʻtarilmagan holda, koʻtariladigan yoki surib chiqariladigan qismda yuksiz va odamlarsiz tekis joyda yurishiga ruxsat etiladi, agar bunday yurish zavod yoʻriqnomasida ruxsat etilgan boʻlsa. OTQ hududi boʻylab va HLning muxofaza zonasida yuk koʻtarish mashinalari va mexanizmlarni mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 141-bandida koʻrsatilgan shaxslarning yoki maʼmuriy-texnik xodimlar jumlasidan boʻlgan elektr xavfsizligi boʻyicha kamida V guruhga ega boʻlgan shaxsning bevosita nazorati ostida, OTQ hududi boʻylab esa kamida IV guruhga ega boʻlgan tezkor xodimning nazorati ostida harakatlanishiga ruxsat beriladi. OTQ hududi boʻylab harakat tezligi mahalliy yoʻriqnoma boʻyicha aniqlanadi, ammo 10 km/soatdan oshmasligi kerak. HL ostida yuk koʻtarish mashinalari va mexanizmlari simlarning eng kam osilgan joyidan (tayanchlar yaqinidan) oʻtishlari lozim. 140. Yuk koʻtarish mashinalari va mexanizmlari yurayotganda ularning koʻtariladigan va surilma qismlaridan, stroplardan, yuk iladigan moslamalardan, yuklardan tok oʻtkazuvchi qismlargacha boʻlgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 3-ustunida koʻrsatilgandan kam boʻlmasligi, ushbu mexanizmlarda ishlashda esa koʻtariladigan va surilma qismlarda turib ishlayotgan odamgacha boʻlgan masofa ham 1 jadvalning 3-ustunida koʻrsatilgandan kam boʻlmasligi shart. Yuk koʻtarish mashinalari va mexanizmlarining ishlash jarayonida strelani, teleskop minorasini yoki surilma narvonni tok oʻtkazuvchi qismlargacha boʻlgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 3-ustunida koʻrsatilganidan kam boʻlgan balandlikka va burchakka koʻtarish va burish man etiladi. Yuk koʻtaruvchi mashina strelasining, yoki boshqa surilma. yoki koʻtariladigan qismining gorizontal tekislikdagi eng koʻp mumkin boʻlgan burilish burchagi zarur holatlarda, qizil bayroqchalar yoki fonarlar oʻrnatilgan tayoqchalar yordamida belgilab qoʻyilishi lozim. 141. OTQda va HLning muhofaza zonasida strelali kranlar ishlatilganda, yuklarni kranlar bilan xavfsiz koʻchirilishi uchun javobgar shaxs kran strelasi ishchi holatiga keltirilishidan oldin kran oʻzi tarafidan koʻrsatilgan joyga toʻgʻri oʻrnatilganini tekshirib, soʻng kranni ishlatishga ruxsat berishi shart. Kranlar bilan yuklarning xavfsiz koʻchirilishi uchun javobgar shaxslarni tayinlash tartibi, ularning vazifalari hamda elektr xavfsizligi boʻyicha texnik tadbirlar (kranni yerga ulash, tashqariga chiquvchi tayanchlarni oʻrnatish va boshqalar) tegishli normativ-texnik hujjatlarda belgilab berilgan. Yuklarning kranlar bilan xavfsiz koʻchirilishi uchun javobgar shaxs tayinlangani haqida naryadning “Alohida koʻrsatmalar” satrida yozib qoʻyiladi. Bunday shaxs sifatida naryad beruvchi, javobgar rahbar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi) hududiy inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, elektr xavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga ega boʻlgan ish bajaruvchi belgilanishi mumkin. 142. Strelali yuk koʻtarish kranlarida turib ishlash va ularni bevosita 0,4 — 35 kV kuchlanish ostidagi HL simlari ostida oʻrnatish man etiladi. 143. Yuk koʻtarish mashinalari va mexanizmlarining haydovchilari hamda ilgaklarga yuk iluvchilar (tushiruvchilar) OTQ va HL ostida ishlashi uchun ishga ijozat berishdan oldin ular harakatlanish va ushbu qurilmalarda ishlash tartibi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari kerak. 144. Yuk koʻtarish mashinalari va mexanizmlarining haydovchilari elektr xavfsizligi boʻyicha kamida II guruhga, ilgaklarga yuk iluvchilar esa I guruhga ega boʻlishlari kerak. 145. Yuk koʻtarish mashinalari va mexanizmlari OTQda va HLni qoʻriqlash zonasi doirasida kuchlanish olinmasdan bajariladigan barcha ishlarda yerga ulanadi. Yerga ulovchi simlarning koʻndalang kesimi ushbu elektr qurilmasi uchun qabul qilingandan kam boʻlmasligi shart. Gusenitsali yuk koʻtarish mashinasi bevosita yer ustida turganida uni yerga ulanishi talab etilmaydi. 146. Agar tok oʻtkazuvchi qismlarga tegish yoki elektr razryadi hosil boʻlishi oqibatida yuk koʻtaruvchi kran yoki mexanizm kuchlanish ostiga tushib qolsa, kuchlanish toʻla olinishiga qadar unga tegish, undan yerga tushish yoki unga koʻtarilish taqiqlanadi. Yuk koʻtarish mashinasi yoki mexanizm yongan taqdirda, haydovchi uni qoʻli bilan ushlamasdan, baravariga ikki oyogʻi bilan yerga sakrab tushishi va bir oyoqda sakrab yoki oyoq kafti uzunligidan oshmagan mayda qadam bilan yurib, undan eng kamida 8 metr masofaga uzoqlashishi zarur. 147. Yuk koʻtarish mashinalari va mexanizmlari yordamida ish bajarilganda, koʻtarilayotgan yuk, tortilayotgan sim, tortuvchi tros va tortkich, teleskopik minora kajavasi ostida, shuningdek, tortilayotgan tomondan tayanchlar va tirgovichlarga bevosita yaqin joylarda odamlarning turishi taqiqlanadi. 148. Teleskopik minoradan (gidrokoʻtargichdan) turib ishlaganda, mashina haydovchisi bilan teleskopik minora kajavasidagi brigada aʼzosi bir-birini koʻrib turishi zarur. Bunday aloqa boʻlmaganda, teleskopik minora yaqinida kajavani yuqoriga koʻtarish yoki pastga tushirish toʻgʻrisidagi buyruqni haydovchiga yetkazib turuvchi uchinchi brigada aʼzosi qoʻyilishi shart. 149. Har doim ish boshlashdan oldin ish bajaruvchi yuk koʻtaruvchi mashinalar, mexanizmlar va yordamchi yuk iladigan moslamalarning sozligiga ishonch hosil qilishi kerak. Tashqariga chiqarib oʻrnatiladigan tayanchlar bilan jihozlangan yuk koʻtarish mashinalari va mexanizmlari ish jarayonida oʻrnatilishi shart. Teleskopik minora va gidrokoʻtargichlar yordamida ishlarni bajarishdan oldin ularning surilma va koʻtariladigan qismlari amalda tekshirib koʻrilishi, teleskopik minoralarda esa bundan tashqari koʻtaruvchi qismi tik holatga keltirilib, shu holatda mahkamlab qoʻyilishi shart. Teleskopik minoradan (gidrokoʻtargichdan) turib ishlashda, kajava polida turish va himoya kamarining arqoni bilan kajavaga bogʻlangan holda turish zarur. Kajavadan (osma belanachakdan) tayanchga yoki uskunaga oʻtish va qayta orqaga oʻtish faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan amalga oshirilishiga ruxsat etiladi. 150. Burchak tayanchlardagi izolyatorlarni va simlarni almashtirish hamda armaturalarni taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni bajarishda teleskopik minorani (gidrokoʻtargichni) simlardan hosil boʻlgan burchak ichiga oʻrnatish man etiladi. 151. Yuk koʻtarish mashinasi yordamida yuklarni koʻtarish uchun moʻljallangan arqon yoki trosning xavfli masofaga (yuksiz) chayqalishini keltirib chiqaradigan shamol esganda ishlarni bajarish taqiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.