VM qarori № 712, 74-boʻlim
4-§. Trassani daraxtlardan tozalash
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
228. Daraxtlarni qulatishdan oldin ish joyi tozalangan boʻlishi kerak. Qish paytida qorga qulatilayotgan daraxt tagidan tez qochish maqsadida uning qulaydigan tarafiga qarama-qarshi tarafga burchak qilib, 5-6 metr uzunlikda tozalangan ikkita yoʻlakcha ochilishi kerak. 229. Ish bajaruvchi ish boshlashdan oldin barcha brigada aʼzolari qulatilayotgan daraxtlar, yoʻgʻon arqonlar va boshqalarning HL simlariga yaqinlashishi xavfli ekanligi haqida ogohlantirilishi shart. 230. Daraxtlar simlarning ustiga qulashining oldini olish uchun ular chopishdan oldin tortqi bilan tortib qoʻyilishi zarur.Chopilayotgan yoki arralanayotgan daraxtlar ustiga chiqish taqiqlanadi. 231. Daraxt simlarga qulagan taqdirda, HLdan kuchlanish olinmaguncha, unga 8 metrdan kam boʻlgan masofaga yaqinlashish man etiladi. 232. Kesilayotgan daraxtning qulashi toʻgʻrisida arrakashlar boshqa ishchilarni ogohlantirishi shart. Daraxt qulashi moʻljallangan tomonda hamda uning qarama-qarshi tomonida turish taqiqlanadi. 233. Daraxtning maʼlum qismini chopmasdan yoki arralamasdan qulatish man etiladi. Shuningdek, daraxtni yalpisiga arralab qulatish ham taqiqlanadi. Qiyshaygan daraxtni egilgan tarafiga qulatish zarur. 234. Ishdagi tanaffus yoki boshqa daraxtni kesishga oʻtish vaqtida kesilayotgan yoki arralanayotgan daraxtlarni qulatmasdan qoldirish man qilinadi. 235. Chirigan va qurigan daraxtni qulatishdan oldin uning mustahkamligini tekshirish, shundan soʻng qulatish uchun arralashni boshlash zarur. Bunday daraxtlarni chopib qulatish taqiqlanadi. 236. Bir necha daraxtlarni oldindan maʼlum qismini arralab bir yoʻla va birini ustiga birini agʻanatish yoʻli bilan qulatish taqiqlanadi. Birinchi navbatda, chirigan, kuygan va qurigan daraxtlar qulatilishi kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.