VM qarori № 712, 70-boʻlim

11-bob. Akkumulyator batareyalari va zaryadlovchi qurilmalar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

160. Akkumulyator batareyalari joylashgan xona har doim qulflangan boʻlishi shart. Ushbu xonalarni koʻzdan kechiruvchi va ularda ishlovchi shaxslarga kalitlar umumiy tartibga muvofiq beriladi. 161. Akkumulyator xonasida chekish, u yerga olov bilan kirish, uchqun berishi mumkin boʻlgan elektr isitish asboblari, apparat va uskunalardan foydalanish man etiladi, istisno holatlari mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 170-bandida keltirilgan. 162. Soʻrib oluvchi vetilyatsiyaga ega boʻlgan akkumulyator xonasida u zaryadlovchi qurilma ulanishidan oldin ishga tushirilishi va zaryadlovchi qurilma oʻchirilganidan soʻng kamida 1,5 soat oʻtgandan, hosil boʻlgan gaz toʻla chiqarib yuborilganidan soʻng toʻxtatilishi kerak. 163. Har bir akkumulyator xonasida quyidagilar boʻlishi shart: elektrolit tayyorlash va uni idishlarga quyishga moʻljallangan 1,5 — 2 litr hajmli tumshuqli, bandli shisha yoki chinni idish (koʻza); kislotali batareya uchun ichimlik sodasining neytrallashtiruvchi (5 foizli) eritmasi va ishqorli batareya uchun bor kislotasi yoki sirka essensiyasining bir qismiga sakkiz qism suvli eritmasi. 164. Ichida elektrolit, distillangan suv va neytrallashtiruvchi eritma boʻlgan barcha idishlarda ushbu suyuqlik nomlarini koʻrsatuvchi yozuv boʻlishi shart. 165. Kislota ogʻzi zich yopiladigan tiqin bilan berkitilgan shisha idishlarda saqlanishi va suyuqlik nomi yozilgan yorliq bilan jihozlanishi shart. Batareyalarni ekspluatatsiya qilishga moʻljallangan, ichida kislotasi boʻlgan idishlar va boʻsh idishlar akkumulyator batareyasiga tegishli boʻlgan alohida xonada saqlanishi zarur. Idishlar polda maxsus savatlarga yoki yogʻoch qutilarga solib saqlanishi kerak. 166. Kislota, ishqor va qoʻrgʻoshin bilan bogʻliq barcha ishlarni maxsus oʻqitilgan shaxslar bajarishi zarur. 167. Ichida kislota va ishqor boʻlgan shisha idishlarni ikki ishchi tashishi shart. Shisha idishlar savati bilan birgalikda dastakli maxsus yogʻoch qutilarda yoki oʻrtasida chuqurchasi boʻlgan, atrofi yogʻoch katak bilan oʻralgan va ichida shisha idish kamida 2/3 qismi balandligi baravarida turadigan maxsus zambilda tashilishi kerak. 168. Elektrolit tayyorlashda kislota ichida distillangan suvi boʻlgan issiqqa chidamli yoki chinni idishga asta-sekin (eritmani tez qizishining oldini olish maqsadida) ingichka qilib jildiratib quyilishi kerak. Bunda elektrolitni har doim tayoqcha yoki shisha naycha, yoki kislotabardosh plastmassadan yasalgan qorgʻich bilan aralashtirib turish kerak. Kislotaga suv quyib, elektrolit tayyorlash man etiladi. Tayyor elektrolitga suv quyishga ruxsat etiladi. 169. Kislota va ishqor bilan ishlaganda (kislota uchun dagʻal jun matodan yoki ishqor uchun paxtadan tayyorlangan) kostum, rezinali fartuk, rezinali etik (shim ostiga) yoki kalish, himoya koʻzoynagi va rezinali qoʻlqoplarni kiyib ishlash kerak. Oʻyuvchi ishqorlarni maxsus ajratilgan joyda qop-qanorlarga oʻrab maydalash lozim. 170. Akkumulyator xonalarida quyidagi sharoitlarda plastinalarni kavsharlash ishlarini bajarishga ruxsat etiladi: zaryadlash tamom boʻlganidan kamida 2 soatdan keyin kavsharlashga ruxsat etiladi. Doimiy zaryadlanish tartibida ishlovchi batareyalarda kavsharlash ishlarini boshlashdan 2 soat ilgari ular zaryadsizlantirish holatiga oʻtkazilishi va xona ish boshlashdan oldin shamollatilishi shart; kavsharlash vaqtida xona uzluksiz shamollatib turilishi kerak; kavsharlash ishlari oʻtkazilayotgan joy oʻtga chidamli shchitlar bilan boshqa batareyalardan toʻsib qoʻyilishi kerak; qoʻrgʻoshin yoki uning birikmalari taʼsiridan zaharlanishning oldini olish uchun maxsus ehtiyot choralari koʻrilishi va ish tartibi akkumulyator batareyalarini ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash yoʻriqnomalariga muvofiq belgilanishi zarur. 171. Akkumulyator batareyalariga xizmat koʻrsatish maxsus tayyorlangan, elektr xavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. 172. Maxsus maqsadlarga moʻljallangan akkumulyator batareyalari ularga qoʻyiladigan talablarga muvofiq ekspulatatsiya qilinishi zarur.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.