VM qarori № 712, 75-boʻlim

13-bob. Elektrod qozonlari. Elektr filtrlari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

237. Izolyatsiyalangan korpusli, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektrodli qozonning gʻilofi qulflanib yopilishi shart. Qozondan kuchlanish olingandan keyingina gʻilofni ochishga ruxsat beriladi. 238. Ishlab turgan elektrodli qozonga ulangan quvurlarda ularning yerga himoya ulagichlarini buzish yoki ularni ajratish bilan bogʻliq ishlarni bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi. 239. Quvurlarni ajratishdan avval elektr payvandlash yordamida boʻlaklar orasida mustahkam metall kontakt boʻlishini taʼminlash lozim. Bir-biridan ajratilishi baypas aylanmasi bilan jihozlangan quvurlarni boʻlaklari orasida bunday kontaktni taʼminlash talab etilmaydi. 240. Elektr filtrlarini ekspluatatsiya qilishda quyidagilar man etiladi: javobgar rahbarning naryaddagi alohida koʻrsatmasi boʻyicha naryadda koʻrsatilgandan tashqari hollarda odamlarning elektr filtri ichida boʻlgan paytlarida silkitish mexanizmini ulash; elektr filtrlarining bunker va seksiyalarida bir vaqtda baravariga taʼmirlash ishlarini olib borish; taʼminlovchi agregatlarning blokirovka qurilmalari nosoz boʻlgan paytda elektr filtrining seksiya teshiklari, izolyator gʻiloflari va lyuklarni yopuvchi zulfinlar va shunga oʻxshash moslamalarda nosozlik boʻlmasa, elektr filtrlarga hamda uni ulovchi kabellarga kuchlanish berish. 241. Qozon elektr filtrining har qanday maydonchasida, zaxiradagi shinada, elektr filtrini manbaga ulovchi har qanday kabelda ishlanganida, ushbu elektr filtrini barcha taʼminlovchi agregatlari uzilishi va yerga ulanishi kerak. 242. Elektr filtri seksiyalarida odamlar ishlashiga ijozat berishdan oldin seksiyalar shamollatilishi va bunkerdagi kul (chang) olib tashlanishi shart. Havo harorati esa 45 °C dan oshmasligi zarur. 243. Elektr filtri oʻchirilgandan keyin undan va uni elektr energiyasi bilan taʼminlovchi kabellardan 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr agregatlarini yerga ulash yoʻli bilan elektrostatistik zaryad olib tashlanishi zarur. Elektr filtrini yerga ulanmagan qismidan zaryad olib tashlanishiga qadar unga tegish taqiqlanadi. 244. Korxonalarda mavjud kul (chang) ushlaydigan qurilmaning alohida xususiyatlariga qarab, elektr filtrlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha mahalliy yoʻriqnoma ishlab chiqilishi kerak. Yoʻriqnomada sexlar oʻrtasida xizmat koʻrsatish chegaralari oʻrnatilishiga qarab, naryad va ishlashga ijozat berish tartibi belgilanadi. (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2020-y., 09/20/712/1502-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.