VM qarori № 712, 66-boʻlim

2-§. Elektr oʻlchov qisqichlari va oʻlchov shtangalari bilan ishlash

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

119. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida elektr oʻlchov qisqichlari bilan bajariladigan ishlar ikki shaxs tomonidan bajarilishi, bunda ularning biri elektr xavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga, ikkinchisi esa — kamida III guruhga ega boʻlishi lozim. Oʻlchash ishlari taʼmirlovchi xodimlar tomonidan naryad boʻyicha, tezkor xodimlar tomonidan esa farmoyish boʻyicha bajariladi. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida elektr oʻlchov qisqichlari bilan ishlarni elektr xavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan bitta shaxs farmoyish asosida bajarishi mumkin. 120. Oʻlchash uchun ishchi qismiga ampermetr oʻrnatilgan qisqichlardan foydalaniladi. Ampermetri tashqariga chiqarilgan qisqichlardan foydalanish man etiladi. Oʻlchash vaqtida oʻlchov transformatorlariga, simlarga, asboblarga tegish, ampermetr koʻrsatkichini olish uchun unga engashish taqiqlanadi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida oʻlchash ishlari izolyatsiyalangan taglik ustida turib, himoya koʻzoynagini taqib, dielektrik qoʻlqopda bajarilishi kerak. 121. Oʻlchash ishlari olib boriladigan shinalar uchastkalarini shunday tanlash kerakki, ularning konstruktiv bajarilishi va har xil faza tok oʻtkazgichlari orasidagi hamda ular bilan yerga ulangan qismlar oraligʻidagi masofalarni qisqichlarning ishchi qismi hisobiga kamayishi natijasida fazalar oʻrtasida yoki yerga elektr tutashish ehtimoli bartaraf etilgan boʻlishi lozim. 122. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan kabellarda elektr oʻlchov qisqichlaridan foydalanish uchun faqat kabelning tolalari izolyatsiyalangan va ular oʻrtasidagi masofa kamida 250 mm dan boʻlgandagina ruxsat etiladi. 123. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan shinalarda elektr oʻlchov qisqichlari yordamida oʻlchash ishlari poldan yoki maxsus taglik ustida turib bajarilishi lozim. 124. Fazalari gorizontal joylashgan, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan qurilmalarning har bir fazasida qisqich yordamida oʻlchash paytida oʻlchash ishlarini boshlashdan oldin har bir fazani izolyatsiyalovchi qistirma bilan toʻsib qoʻyish zarur. Koʻrsatilgan ishlar dielektrik qoʻlqoplarda bajariladi. 125. Ishlarni bajarish uchun konstruksiyaga yoki teleskopik minoralarga shtangasiz koʻtarilish zarur. Shtangani arqon yordamida ishchi qismini yuqori holatda saqlab, tik qilib koʻtarish kerak. Koʻtarish uchun metalldan ishlangan arqonlardan foydalanish taqiqlanadi. Koʻtarish paytida shtangani chayqatish yoki qattiq jismlarga tegib ketish mumkin emas. Katta boʻlmagan balandliklarga koʻtarish zarur boʻlsa, shtangani qoʻldan-qoʻlga uzatish mumkin. 126. Momaqaldiroq, tuman, yomgʻir yoki hoʻl qor yogʻayotgan vaqtda oʻlchov shtangalari bilan ishlash taqiqlanadi. 127. Shtanga bilan ishlashda ishlovchi bilan tok oʻtkazuvchi qismlar oʻrtasida mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida koʻrsatilgan masofaga rioya etilishi kerak. 128. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan HL tayanchlarida oʻlchash ishlari tirnoqlarda (lazlarda) turib va tayanchga kamar yordamida mahkamlanib bajarilishi mumkin. HLda narvondan turib oʻlchov ishlarini bajarish taqiqlanadi. 129. Yerga ulagich simlari boʻlgan havo liniyalari tayanchlarida turib oʻlchash ishlarini bajarish taqiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.