VM qarori № 712, 3-boʻlim
2-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishdagi asosiy talablar — 1-§. Qoidalarni qoʻllash sohasi va tartibi
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
3. “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” (keyingi oʻrinlarda — TEQQ) idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha istemolchilar uchun majburiydir. 4. Isteʼmolchilarning yangidan montaj, rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan elektr qurilmalari amaldagi Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga (keyingi oʻrinlarda — EQTQ) muvofiq bajarilgan boʻlishi, shuningdek, muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi shart. Sertifikatlanmagan elektr uskunalaridan foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilish man etiladi. 5. Ushbu Qoidalar isteʼmolchilarning ishlab turgan, kuchlanishi 220 kV gacha boʻlgan elektr qurilmalariga tatbiq etiladi. Qoidalarda “kuchlanishi 220 kV gacha boʻlgan elektr qurilmalari” yoki “kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalari” deyilganda kuchlanishi tegishlicha 220 kV va 1000 V boʻlgan elektr qurilmalarini ham tushunish lozim. Ishlab turgan elektr qurilmalari — bu toʻliq yoki qisman kuchlanish ostida boʻlgan yoki istalgan vaqtda kommutatsion apparatura ulanishi bilan yoki elektromagnit induksiya hisobiga kuchlanish berilishi mumkin boʻlgan qurilmalar yoki ularning uchastkalari tushuniladi. 6. Elektr xavfsizligi shartlari boʻyicha elektr qurilmalari kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalariga va kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalariga boʻlinadi. 7. Ushbu Qoidalarda koʻzda tutilmagan, alohida ishlab chiqarish shartlariga yoki maxsus elektr qurilmalariga ega boʻlgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish, sohada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qoidalar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Soha qoidalari, ushbu Qoidalar va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari (keyingi oʻrinlarda — XTQ) talablariga qarshi boʻlmasligi va ularni zaiflashtirmasligi shart. 8. Isteʼmolchilarning kuchlanishi 220 kV dan yuqori boʻlgan elektr stansiyalari, blok stansiyalari elektr qurilmalariga va boshqa elektr qurilmalariga Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini TEQQ) muvofiq ekspluatatsiya qilinadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qaroriga 1-ILOVA. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish QOIDALARI — 1-bob. Umumiy qoidalar
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 4. 2-§. Xodimlarning vazifalari, qoidalarning bajarilishi uchun javobgarlik va nazorat
Qoʻshni boʻlimlar
- 1Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
- 2Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qaroriga 1-ILOVA. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish QOIDALARI — 1-bob. Umumiy qoidalar
- 42-§. Xodimlarning vazifalari, qoidalarning bajarilishi uchun javobgarlik va nazorat
- 53-§ . Xodimlarga qoʻyiladigan talablar
- 64-§. Elektr xoʻjaligini tezkor boshqarish
- 75-§. Boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.