VM qarori № 712, 64-boʻlim
6-bob. Taqsimlash qurilmalarining tok oʻtkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanish olinmasdan turib izolyatsiyani tozalash
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
90. YOTQlarining tok oʻtkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanishni olmasdan turib, izolyatsiyani tozalash izolyatsiyalangan shtanga bilan taʼminlangan maxsus choʻtka yoki chang yutgich yordamida bajariladi. 91. YOTQlarining kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolyatsiyani tozalash faqat poldan yoki mustahkam taglikdan turib, chang tozalovchi vositalar bilan bemalol harakatlanish uchun kengligi yetarli darajada boʻlgan yoʻlaklarda bajarilishi mumkin. 92. Izolyatsiyani chang yutgich bilan tozalashda elektr qurilmaning kuchlanishiga moʻljallangan maxsus moslamalar oʻrnatilgan gʻovak izolyatsiyalovchi shtangadan foydalaniladi. Bu shtangalar tutashuvga yoʻl qoʻymaslik uchun va ichidagi changni yoʻqotish uchun ish boshlashdan oldin va ish davomida muntazam tozalab turilishi zarur. 93. Gʻovak izolyatsiyalovchi shtangalarga oʻrnatilgan qalpoqcha shunday ishlangan boʻlishi kerakki, unda izolyatsiyani tozalash chogʻida qoʻshni fazalarga tegib, tutashuv hosil boʻlmasligi kerak. 94. Kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolyatsiyani tozalash dielektrik qoʻlqoplarda va botiklarda bajarilishi kerak. 95. Kuchlanish olinmasdan tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolyatsiyani tozalash qanday uslubda bajarilishidan qatʼi nazar, kamida ikkita shaxs tomonidan bajarilishi, ulardan biri elektr xavfsizligi boʻyicha kamida IV, qolganlari — kamida III guruhga ega boʻlishi kerak. Ushbu shaxslar maxsus oʻqitilgan va koʻrsatilgan ishlarni bajarishi uchun ijozat olgan boʻlishlari va bu haqda guvohnomalarida belgi qoʻyilgan boʻlishi shart. Izolyatorlarni tozalash ish bajaruvchining yoki brigadaning kamida IV guruhga ega boʻlgan aʼzosining uzluksiz nazorati ostida, brigada aʼzolaridan faqat III guruhga ega boʻlgan shaxslardan biri tomonidan bajarilishi mumkin. 96. Izolyatorlarni tozalash ishlari boʻyicha mahalliy sharoit hamda ish texnologiyasi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha talablarni koʻzda tutuvchi yoʻriqnoma tuziladi. Yoʻriqnoma korxonaning bosh energetigi tomonidan tasdiqlanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 63. 5-bob. Oʻlchov asboblari, releli himoya qurilmalari, ikkilamchi zanjirlar, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarini montaj va ekspluatatsiya qilish
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 65. 7-bob. Uskunalarda sinash va oʻlchashlarni amalga oshirish — 1-§. Tashqi tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash
Qoʻshni boʻlimlar
- 605-§. Kabellarni oʻtkazish, kabel va muftalarni boshqa joyga koʻchirish
- 616-§. Yer osti inshootlaridagi ishlar
- 627-§. Kavsharlash lampalari bilan ishlash
- 635-bob. Oʻlchov asboblari, releli himoya qurilmalari, ikkilamchi zanjirlar, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarini montaj va ekspluatatsiya qilish
- 657-bob. Uskunalarda sinash va oʻlchashlarni amalga oshirish — 1-§. Tashqi tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash
- 662-§. Elektr oʻlchov qisqichlari va oʻlchov shtangalari bilan ishlash
- 678-bob. Elektr asbob-uskunalari, qoʻl elektr mashinalari va qoʻl elektr yoritkichlari
- 689-bob. Mexanizmlar va yuk koʻtarish mashinalarini qoʻllab bajariladigan ishlar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.