VM qarori № 712, 53-boʻlim

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 10-ILOVA. Alohida ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari — 1-bob. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilish

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

1. Elektr dvigatellarga yoki aylanuvchi qismlarga va ular orqali harakatga keltiriladigan mexanizmlarga tegish bilan bogʻliq ishlarni bajarishda, elektr dvigatelni toʻxtatish va uni ishga tushirish qurilmasiga yoki boshqarish kalitiga “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakatini osib qoʻyish zarur. 2. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatelning yoki u orqali harakatga keltiriladigan mexanizmlarning tok oʻtkazuvchi yoki aylanuvchi qismlariga tegish bilan bogʻliq ishlarni bajarishda, mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 4-bandiga va 10-ilovaga muvofiq elektr dvigateldan kuchlanishni olish lozim. Elektr dvigatelda ishlanganda, yerga ulagich kabelga (uni elektr dvigateldan ajratib yoki ajratmasdan turib) yoki uning TQdagi ulanmasiga oʻrnatilishi zarur. Aylanuvchi qismlarga tegish bilan bogʻliq boʻlmagan yoki ulash muftasi ajratilgan mexanizmlardagi ishlarni bajarishda, elektr dvigatelni taʼminlovchi kabelni yerga ulash zarur emas. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarda yoki u orqali harakatga keltiriladigan mexanizmlarda ishlashda, kuchlanishni olish va kabelning tok oʻtkazuvchi qismini yerga ulash mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 7, 8 va 36-bandlariga muvofiq bajarilishi lozim. 3. Nasoslar, tutun soʻrgich va shamollatkichlarning elektr dvigatellarida ishga ijozat berishdan oldin, agar elektr dvigatellarga ulangan mexanizmlar orqali ularda aylanish ehtimoli mavjud boʻlsa, bu mexanizmlardagi surilma klapanlar va shiberlar yopiq holatda va qulflangan, shuningdek, elektr dvigatellarning rotorlarini tormozlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak. 4. Elektr dvigatellarning aylanuvchi qismlari ishlab turgan vaqtda ularning toʻsiqlarini olish man etiladi. 5. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarni qoʻlda boshqariladigan ishga tushiruvchi apparat yordamida ulash va uzish operatsiyalarini izolyatsiyalangan taglik ustida dielektrik qoʻlqopdan foydalanib bajarish kerak. 6. Ishlab turgan elektr dvigatelning choʻtkali apparatiga xizmat koʻrsatishni tezkor xodimlardan boʻlgan shaxs yoki shu maqsadda ajratilgan bunday ishlarni bajarishga oʻqitilgan, elektr xavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan shaxs bajarishiga ruxsat etiladi. Bunda quyidagi ehtiyot choralariga rioya etilishi zarur: ishni bosh kiyimda va tugmalari taqilgan maxsus kiyimda, kiyim mashinaning aylanuvchan qismlariga tortilib ketishidan ehtiyot boʻlib bajarish; dielektrik kalish yoki rezina gilamchadan foydalanish; qoʻl bilan birdaniga ikki qutbdagi tok oʻtkazuvchi qismlarga yoki tok oʻtkazuvchi va yerga ulangan qismlarga tegmaslik. Aylanayotgan elektr dvigatelidagi rotor halqalarini silliqlash ishlarini faqat izolyatsiyalangan dasta yordamida himoya koʻzoynagini taqib bajarish kerak. 7. Ishlab turgan katta tezlikdagi elektr dvigatelning ishlatilmayotgan chulgʻami va uning taʼminlovchi kabeli kuchlanish ostida deb hisoblanishi kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.