VM qarori № 712, 51-boʻlim
2-§. Elektr uzatish havo liniyalarida ishlar xavfsizligini taʼminlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
9. HLda naryad boʻyicha quyidagi ishlar bajarilishi lozim: kuchlanish olinganda, shu jumladan ikki tayanch oraliqlari kesishgan joylarda, ilashgan kuchlanish zonasida, shuningdek, tarmoqdan uzilgan koʻp zanjirli 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLda simlarni montaj qilish va almashtirish boʻyicha; kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ; kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda: odam oyogʻi ostidan hisoblaganda yer sirtidan 3 metrdan yuqori balandlikda; tayanchning konstruktiv qismlarini boʻlaklab; tayanch oyogʻini 0,5 metrdan koʻp chuqurlikda kavlab ; qoʻriqlash maydonida, HL trassasini tozalashda kesilayotgan daraxtlarning simga tushishining oldini olish choralarini koʻrish talab etilgan hollarda; 0,4 — 10 kV HL trassasini tozalashda shox-butalarni kesishda, ularning simlarga tushishi yoki ularni kesish bilan bogʻliq ravishda odamlarni simlarga xavfli masofaga yaqinlashishida, yuk koʻtaruvchi mashina va mexanizmlarni qoʻllab bajaraladigan ishlar. HLdagi qolgan barcha ishlar farmoyish boʻyicha bajarilishi mumkin. 10. Har bir HLga, koʻp zanjirli liniyalarda esa uning har bir zanjiriga alohida naryad beriladi, bitta naryad berishga ruxsat etilgan quyidagi hollar bundan mustasno: koʻp zanjirli liniyaning bir necha zanjirlarida kuchlanish olinganda va kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar; kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda bir nechta HLda bajariladigan bir turdagi ishlar; HLlarning kesishgan joylaridagi ishlar; kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan HLlarda bir liniyadan boshqasiga oʻtishni rasmiylashtirib, navbatma-navbat bajariladigan ishlar. 11. Taʼmirlanayotgan liniyadan kuchlanish olinganda bajariladigan ishlarga berilgan naryadda uni kesib oʻtgan qaysi liniya uzilishi mazkur Qoidalarning 46-bandiga va yerga ulanishi mazkur Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq yerga ulagich oʻrnatilishi koʻrsatilgan boʻlishi shart. Agar ishlarni bajarish sharoitlariga koʻra taʼmirlanayotgan liniya yaqinidan oʻtayotgan liniyani oʻchirish talab qilinadigan boʻlsa, naryadda taʼmirlanayotgan HLga tegishli xuddi shunday koʻrsatma kiritilishi lozim. Bunday hollarda taʼmirlanayotgan liniyani kesib oʻtuvchi yoki uning yaqinidan oʻtayotgan liniyaga yerga ulagich oʻrnatish ishga ijozat berishdan oldin amalga oshirilishi kerak hamda ishlar toʻliq tugallanishiga qadar ulardan yerga ulagichlarni olish taqiqlanadi. 12. Ish kuni tamom boʻlishi sababli ishdagi tanaffuslarda ish joylariga oʻrnatilgan yerga ulagichlar olinmaydi. Kelgusi kun ishni boshlashda qoldirilgan yerga ulagichlarning butligi va mustahkam ulanganligi tekshirilganidan keyingina brigadani ishlashiga ijozat beriladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 50. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 8-ILOVA — 1-§. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel liniyalarida ishlar xavfsizligini taʼminlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 52. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 9-ILOVA
Qoʻshni boʻlimlar
- 47Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 5-ILOVA
- 48Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 6-ILOVA
- 49Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 7-ILOVA
- 50Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 8-ILOVA — 1-§. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel liniyalarida ishlar xavfsizligini taʼminlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
- 52Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 9-ILOVA
- 53Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 10-ILOVA. Alohida ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari — 1-bob. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilish
- 542-bob. Avtomatik uzatmali va masofadan boshqarilidigan kommutatsiya apparatlaridagi (oʻchirgichlar, yuklama oʻchirgichlari, boʻlgichlar, qisqa tutashtirgichlar, ajratkichlarda) ishlar
- 553-bob. Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat koʻrsatish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.