VM qarori № 712, 50-boʻlim

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 8-ILOVA — 1-§. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel liniyalarida ishlar xavfsizligini taʼminlovchi tashkiliy chora-tadbirlar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

1. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori kabel liniyalari (keyingi oʻrinlarda — KL) va podstansiya elektr qurilmalarida naryad boʻyicha quyidagi ishlar bajarilishi shart: Kuchlanish olinganda; kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlar va ularning yaqinida; kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda, vaqtincha toʻsiqlar oʻrnatish talab etiladigan; TQda koʻtarish mashinalari va mexanizmlarini qoʻllab amalga oshiriladigan Kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan boshqa ishlar, shu jumladan: komplekt taqsimlash qurilmalari (keyingi oʻrinlarda — KTQ) va tashqarida oʻrnatilgan komplekt taqsimlash qurilmasidagi (keyingi oʻrinlarda — TKTQ), shkafning eshiklari va toʻsiqlari yopilgan boʻlishi sharti bilan aravachalarda shkaflardan tortib chiqarilgan uskunalardagi; kommutatsiya apparatlarining uzatmalari va agregat shkafidagi, ikkilamchi zanjirlar, releli himoya, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalaridagi ishlar farmoyish boʻyicha bajarilishi mumkin. 2. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan TQ, taqsimlash shchitlari, yigʻmalarning yigʻma shinalarida, shuningdek, ushbu qurilmalarning ular orqali yigʻma shinalarga kuchlanish uzatilishi mumkin boʻlgan ulanmalaridagi ishlar naryad boʻyicha bajarilishi kerak. Boshi berk ulanmalardagi ishlarni farmoyish boʻyicha bajarishga ruxsat etiladi. 3. Podstansiyalarning elektr qurilmalari va KLda, ularning barcha tok oʻtkazuvchi qismlaridan, shu jumladan HL va KL chiqishlaridan kuchlanishni olgan holda, qoʻshni (kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan yigʻma va shchitlar kuchlanish ostida qolishi mumkin) elektr qurilmalariga kirish joyi qulflangan boʻlishi sharti bilan ishlar bajarilganida, barcha ulanmalarda bir vaqtda ishlash uchun bitta naryad berilishiga ruxsat etiladi. 4. Yakka tizimli shina va seksiyalar soni qancha boʻlishidan qatʼi nazar, 10 kV gacha boʻlgan TQda seksiyani taʼmirlashga chiqarishda, shinalar va ushbu seksiyaning barcha yoki bir qism ulanmalaridagi ishlarga bitta naryad berishga ruxsat etiladi. Seksiyaning barcha ish joylariga ishlashga bir vaqtda ijozat berilishi mumkin; brigadani ushbu seksiya chegarasida turli ish joylarida tarqalib joylashtirishga ruxsat etiladi. Naryadlar boʻyicha ish toʻla tugallanmaguncha seksiyaning biron-bir ulanmasini kuchlanish ostida tekshirib koʻrish yoki uni ulash uchun tayyorlash taqiqlanadi. 5. Quyidagi hollarda brigadani turli ish joylariga tarqatib, bir ish joyidan boshqa ish joyiga koʻchirishni rasmiylashtirmasdan, bir yoki bir necha ulanmalarda bir vaqtda yoki navbatma-navbat bajariladigan ishlar uchun bitta naryad berishga ruxsat etiladi: nazorat va kuch kabellarini oʻtkazishda va koʻchirib oʻtkazishda, uskunalarni sinashda, himoya, avtomatika, blokirovka hamda shunga oʻxshash qurilmalarni tekshirishda; uzatmalari boshqa xonada joylashtirilgan kommutatsiya apparatlarini taʼmirlashda; kotlovan, xandaq, quduq, kollektor, tunnellardagi ayrim kabelni taʼmirlashda; ish joylarining joylashishi ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) brigada ustidan nazoratni oʻrnatish imkoniyatini beradigan ikki kotlovanda va kotlovanga yaqin joylashgan YOTQda bajariladigan alohida bir kabelni taʼmirlash ishlarida. 6. Ishlar mazkur Qoidaga 8-ilovaning 4-5-bandlariga muvofiq bajarilganda, barcha ish joylari ishga ijozat berishdan oldin tayyorlab qoʻyilishi lozim. Brigada turli ish joylariga tarqatib ishlaganda, brigada aʼzolaridan elektr xavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlganlardan bittasi yoki bir nechtasi ish bajaruvchidan alohida turishiga ruxsat etiladi; bunda ish bajaruvchi, undan alohida joylashtirilishi kerak boʻlgan brigada aʼzolarini ish joylariga boshlab borishi va ishlar xavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq berishi shart. 7. Tezkor chiqish brigadaga bir necha podstansiyalarda, har bir podstansiyaning bir yoki bir necha ulanmalarida, bir xil turdagi ekspluatatsiya ishlarini navbati bilan bajarish uchun bitta naryad berishga ruxsat etiladi. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: izolyatsiyani tozalash, qisqichlarni tortib mahkamlash, moyni tahlilga olish va moy quyib toʻldirish, transformatorlarning shoxobchalarini qayta ulash, releli himoya, avtomatika, oʻlchov asboblari qurilmalarini tekshirish, chet manbadan yuqori kuchlanish bilan sinash, izolyatorlarni oʻlchov shtangasi bilan tekshirib koʻrish va shunga oʻxshash ishlar. Bunday naryadlarni amal qilish muddati 1 sutka. Har bir podstansiya va har bir ulanmada ishga ijozat berish mazkur Qoidalarga 6-ilovada keltirilgan naryadning “Kundalik ishlashga ijozat berish va uning tugashi” 3-jadvalida rasmiylashtirilishi lozim. Ishlar mazkur Qoidalarga 8-ilovaning 3-bandiga muvofiq bajariladigan podstansiyalard ishga ijozat berish barcha ulanmalar uchun bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin, lekin ushbu podstansiyadagi barcha ishlar toʻliq tugallanmaguncha ularni birontasini ham ulashga tayyorlash taqiqlanadi. Podstansiyalarning har birini mazkur naryad boʻyicha ishlar toʻliq tugallanganidan soʻng ulashga ruxsat beriladi. 8. TQ ichida joylashgan aloqa qurilmalaridagi ishlar TQga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tomonidan beriladigan naryadlar boʻyicha amalga oshirilishi shart. Ishga ijozat berish ushbu xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.