VM qarori № 712, 40-boʻlim

3-§. Avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

125. Avariya holatlarida tiklash ishlarini, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan, qisqa muddatli, qurilmalarda avariyaga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan nosozliklarni bartaraf etish ishlarini, keyinchalik tezkor jurnalga yozib qoʻyish sharti bilan naryadsiz bajarish quyidagi xodimlarga ruxsat etiladi: a) tezkor xodimlarga (kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan qurilmalarda — kamida ikki kishi boʻlib); b) taʼmirlash xodimlariga tezkor xodimning kuzatuvi ostida, agar naryadni yozish va rasmiylashtirish vaqti avariya oqibatlarini bartaraf etishning choʻzilishiga olib kelsa; v) taʼmirlash xodimlariga agar tezkor xodim band boʻlsa hamda doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodim boʻlmagan hollarda, ushbu qurilmaga xizmat koʻrsatuvchi elektr xavfsizligi boʻyicha kamida V guruhga ega (1000 V gacha kuchlanishli qurilmalarda kamida IV guruhga ega) maʼmuriy texnik xodimlar nazorati va javobgarligi ostida. 126. Podstansiyalarda naryad yoki farmoyish berish huquqiga ega boʻlgan maʼmuriy-texnik xodimlar boʻlmagan taqdirda, avariyaning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlariga naryad yoki farmoyish berish huquqi barcha podstansiyalar va tezkor chiqish brigadalarining elektr xavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga ega boʻlgan tezkor xodimlariga beriladi. 127. Barcha holatlarda ishlarni bajarishda, xavfsizlikni taʼminlovchi barcha texnik chora-tadbirlar bajarilishi shart. 128. Avariya oqibatlarini bartaraf etishda tezkor xodimlarning (bevosita, naryadsiz ishlanganda ishlovchilar ustidan kuzatuv oʻrnatish yoʻli bilan) ishtirok etishiga yuqori turuvchi tezkor xodimlarning roziligi bilan ruxsat beriladi. Yuqori turuvchi xodimlar bilan aloqa boʻlmagan taqdirda, bunday ruxsat talab etilmaydi. 129. Korxonalarning elektr qurilmalarida shahar (tuman) elektr taʼminoti yoki magistral elektr tarmoqlarining navbatchi brigadalari tomonidan har xil turdagi avariya ishlari bajarilganda, masalan, avariyadan shikastlangan kabelni sinash va oʻlchashda, mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq naryad berish vaishga ijozat berishni rasmiylashtirish shart. Bunday holatlarda, korxona podstansiyasida naryad berish huquqiga ega boʻlgan shaxs ayni vaqtda boʻlmagan taqdirda, avariyani tezroq bartaraf etish maqsadida qurilmani (korxonani, sexni) elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxsning koʻrsatmasi boʻyicha naryadni korxonaning navbatchi yoki tezkor taʼmirlovchi xodimi berish huquqiga ega boʻladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.