VM qarori № 712, 27-boʻlim
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 4-ILOVA. Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1. Transformatorning uzoq vaqt va ishonchli ekspluatatsiya qilinishini taʼminlash uchun quyidagilar zarur: harorat va yuklama rejimlariga, kuchlanish darajasiga rioya qilish; moyning sifat meʼyorlariga va izolyatsiya qilish xususiyatlariga qatʼiy rioya qilish; sovitish, kuchlanishni rostlash, moyni himoyalash qurilmalari va boshqalarni ishga yaroqli holda saqlash. 2. Bir fazali transformator va reaktorlarning baklariga fazalar rangi suriladi. Tashqarida oʻrnatilgan uch fazali transformatorning baklarida quvvati va podstansiya boʻyicha tartib raqamlari koʻrsatiladi. 3. Transformator punktlari va kameralari eshiklarining tashqi va ichki taraflarida transformatorlarning podstansiya boʻyicha raqami koʻrsatilgan boʻlishi, shuningdek, tashqi tarafida Elektr qurilmalarida qoʻllaniladigan himoya vositalarini qoʻllash va sinash qoidalari talablariga muvofiq ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi shart. Eshiklar doimo berkitilib, qulflangan boʻlishi shart. 4. Gazli himoya qurilmasi bilan jihozlangan transformatorlar shunday oʻrnatilishi shartki, bunda ularning kopqogʻi (bakning yechiladigan qismi) gaz relesiga nisbatan yoʻnalishda 1 — 1,5 foizdan kam boʻlmagan, moy oʻtkazgich esa transformatordan kengaytirishga nisbatan 2 — 4 foizdan kam boʻlmagan koʻtarilishga ega boʻlishi shart. Chiqarish quvuri membrana bilan jihozlanadi va kengaytirgichning yuqori qismi bilan biriktiriladi. Moy oʻtkazgichda, kengaytirgich va gaz relesi orasida joʻmrak oʻrnatiladi. 5. Transformatorlarga xizmat koʻrsatishda moy sathi va gaz relesini kuzatish, shuningdek, moydan namuna olish uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratiladi. Transformator va reaktorlarning yuqorida (3 metrdan ortiq) joylashgan elementlarini koʻrikdan oʻtkazish va ularga texnik xizmat koʻrsatish statsionar narvonlardan xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, bajarilishi shart. 6. Kengaytirgich bilan jihozlangan barcha moy bilan toʻldirilgan transformatorlarda moy haroratini oʻlchash uchun termometrlar oʻrnatiladi. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar moyning yuqori qatlami haroratini kengaytirgichli transformatorlar jihozlangan termosignalizator va termometrlar boʻyicha kuzatishlari kerak. Shuningdek, sovtol yoki moy bilan toʻldirilgan germetik transformatorlar jihozlangan manovakuummetrlar koʻrsatkichlari boʻyicha kuzatishlari kerak. Bakdagi bosim 50 kPadan (0,5 kgs/sm2) ortganda, transformator yuklamasi kamaytirilishi shart. 7. Transformatorli qurilmalar amaldagi EQTQga muvofiq yongʻinga qarshi vositalar bilan jihozlanishi shart. 8. Transformatorlarning ostida moy qabul qiluvchi qurilmalar boʻlganda, ularning drenajlari va moy quvurlari EQTQ talablariga muvofiq ishga yaroqli holda saqlanishi kerak. 9. Har bir elektr qurilma uchun yuklama grafigiga bogʻliq holda isteʼmolchilarni ishonchli taʼminlashni hisobga olib, bir vaqtning oʻzida ishlayotgan transformatorlar soni aniqlanishi kerak. Kuchlanishi 10 kV boʻlgan taqsimlovchi elektr tarmoqlarida transformatorlarning yuklamasini va kuchlanishini oʻlchash ekspluatatsiya qilishning birinchi yilida kamida 2-marta — maksimal va minimal yuklama davrida, keyinchalik zarurat boʻyicha oʻtkaziladi. 10. Ishlamayotgan transformator (reaktor) kengaytirgichidagi moyning sathi, standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatida belgilangan talablar boʻyicha transformator (reaktor) moyining shu vaqtdagi haroratiga mos belgida boʻlishi shart. 11. Sovitish tizimida moyning majburiy sirkulyatsiyasi transformator yuklamasidan qatʼi nazar uzluksiz boʻlishi shart. Moyning sirkulyatsiyasi majburiy boʻlgan transformatorlar va reaktorlarni ekspluatatsiya kilishga faqat moy, sovutuvchi suv sirkulyatsiyasi va sovitgichlarga puflash ventilyatorlarning ishlashi toʻxtab qolgani haqidagi signalizatsiya tizimi ishlab turgandagina ruxsat etiladi. Suv bilan sovitiladigan moy sovutgichlar mavjud boʻlganda, moy nasosi moyning yurishi boʻyicha moy sovitgichgacha oʻrnatiladi. Moy sovitgichlardagi moyning bosimi ulardan oʻtkazilayotgan suvning bosimidan ortiq boʻlishi shart. Majburiy sovitilidigan transformatorlar uchun moy yoki suv sirkulyatsiyasi yoki puflash ventilyatorlari toʻxtab qolganda, avariyaviy ishlash rejimiga ruxsat beriladi. Koʻrsatilgan rejimning davomiyligi mahalliy yoʻriqnomalarga muvofiq sinash natijalari yoki zavod maʼlumotlari boʻyicha oʻrnatiladi. 12. Transformatorlarni moy-suv bilan sovitish tizimi ishga tushirilganda birinchi navbatda, moy nasosi, soʻngra suv nasosi ishga tushiriladi. Oʻchirishda birinchi suv nasosi, keyin esa moy nasosi oʻchiriladi. Suv nasosi moyning harorati 10oS kam boʻlmaganda ishga tushiriladi. Transformatorlarni ekspluatatsiya qilishda moy quvurlari, nasoslari va suv magistrallarini muzlashini oldini olish, shuningdek, moy sovitish tizimida nozichliklarni bartaraf qilish boʻyicha mahalliy yoʻriqnomalarga koʻra choralar koʻzda tutiladi. 13. Transformatorning nominal yuklamasida moyning yuqori qatlami harorati quyidigilardan yuqori boʻlmasligi shart (agar ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan zavod yoʻriqnomalarida boshqa haroratlar keltirilmagan boʻlsa): sovitish tizimi moyli puflab sovutiladigan va moyning majburiy sirkulyatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — DS) boʻlgan transformatorlarda — 75 oC dan, sovitish tizimlari tabiiy-moyli (keyingi oʻrinlarda — M) boʻlganda va moyli puflanadigan (keyingi oʻrinlarda — D) boʻlgan transformatorlarda — 95 oC dan; moy-suvli sovitish (keyingi oʻrinlarda — S) tizimli transformatorlarda moy sovitgichning kirishida moyning harorati 70 oC dan oshmasligi kerak. Moyni sovitish tizimi D boʻlgan transformatorlarda oʻchirilgan holatda puflash bilan ishlashga quyidagi hollarda ruxsat etiladi: yuklama nominaldan past boʻlganda va moyning yuqori qatlami harorati 55 oC dan ortiq boʻlmaganda; atrof-muhit harorati manfiy boʻlganda va moyning harorati 45 oC dan ortiq boʻlmaganda (yuklamadan qatʼi nazar). Puflab sovitish avtomatik tarzda, moyning harorati 55 oC ga yetganda yoki moyning haroratidan qatʼi nazar nominal yuklamada ulanishi shart. 14. Choʻlgʻam shoxobchalarini qoʻzgʻatgichsiz almashlab ulagichlar bilan jihozlangan transformatorlarda transformatsiya koeffitsiyenti tanlanishining toʻgʻriligi 1 yilda kamida 2-marta — yuklamaning qishki maksimumi va yozgi minimumi kirishi oldidan tekshirilishi shart. 15. Yuklama ostida kuchlanishni rostlaydigan qurilma (keyingi oʻrinlarda — YUOR) bilan taʼminlangan transformatorga xizmat koʻrsatuvchi korxonaning xodimlari tarmoq kuchlanishi bilan rostlangan shoxobchada oʻrnatilgan kuchlanish muvofiqligini saqlab turishlari shart. Transformatorlarning uzoq vaqt (mavsum davomida) sxemadan YUOR qurilmasini chiqarib ishlashi man qilinadi. 16. Transformatorlarning YUOR almashlab ulash qurilmasini ishga tushirishga moyning yuqori qatlami harorati minus 20oS va undan yuqori boʻlganda ruxsat beriladi. Transformator bakidan tashqarida, tayanch izolyatorlarida joylashgan va sunʼiy isitish tizimi bilan jihozlangan kontaktorli almashlab ulash qurilmasini esa atrof-muhit harorati minus 45oS va yuqori boʻlganda ruxsat beriladi. YUOR qurilmalarini ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomalarining talablariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart. 17. Avariya rejimlarida, transformatorlarni barcha sovitish tizimlarida, avvalgi yuklamaning davomiyligi va qiymatidan hamda atrof-muhit haroratidan qatʼi nazar, qisqa muddatga, nominal tokdan ortiq oʻta yuklanishlariga quyidagi chegaralarda ruxsat beriladi: Moyli transformatorlar
| Tok boʻyicha oʻta yuklanish, % | 30 | 45 | 60 | 75 | 100 |
| Oʻta yuklanish davomiyligi, min | 120 | 80 | 45 | 20 | 10 |
Quruq transformatorlar
| Tok boʻyicha oʻta yuklanish, % | 20 | 30 | 40 | 50 | 60 |
| Oʻta yuklanish davomiyligi, min | 60 | 45 | 32 | 18 | 5 |
Moyli transformatorlarni nominal tokdan 40 foizgacha oʻta yuklanishiga sutkada umumiy davomiyligi 6 soatdan koʻp boʻlmaganda, transformatorlarning barcha sovitish qurilmalaridan toʻliq foydalanilganda, ketma-ket 5 sutka davomida ruxsat beriladi. Agar bunday oʻta yuklanishlar ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomalari bilan man etilmagan boʻlsa. 18. Transformatorlar ruxsat etilgandan ortiq yuklanganda, navbatchi xodim mahalliy yoʻriqnomalarga muvofiq harakat qilib, uni yuksizlantirish choralarini qabul qilishi shart. 19. D sovitish tizimli transformatorlar uchun barcha ventilyatorlar avariyaviy oʻchirilganida, atrofdagi havo haroratiga bogʻliq holda nominal yuklama bilan quyidagi vaqt oraligʻida ishlashga ruxsat etiladi:
| Atrofdagi havo harorati, oS | -15 | -10 | 0 | +10 | +20 | +30 |
| Ishlashning ruxsat etilgan davomiyligi, soat | 60 | 40 | 16 | 10 | 6 | 4 |
Sovitish tizimlari DS va S boʻlgan transformatorlar uchun quyidagilarga ruxsat beriladi: a) sunʼiy sovitish toʻxtaganda nominal yuklama bilan 10 minut davomida yoki salt yurish rejimida 30 minut davomida ishlashga, agar quvvati 250 MV.A dan yuqori transformatorlar uchun koʻrsatilgan vaqt tugaganda moyning yuqori qatlami harorati 80oS ga yetmasa, u holda nominal yuklama bilan koʻrsatilgan haroratga yetgunga qadar, lekin 1 soatdan ortiq boʻlmagan muddatda ishlashga ruxsat beriladi; b) ventilyatorlar toʻliq yoki qisman oʻchirilganda yoki moyning sirkulyatsiyasi saqlanib, suvning sirkulyatsiyasi toʻxtab qolganda, moyning yuqori qatlami harorati 45 oC dan oshmaganda, past yuklama bilan uzoq vaqt ishlashga. Ushbu bandning talablari, agar ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomalarida boshqalari aytilmagan boʻlsa, haqiqiydir. Choʻlgʻamlarida moy yoʻnaltirilgan sirkulyatsiya qilinadigan transformatorlar (sovitish tizimi NS) ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomasiga koʻra ekspluatatsiya qilinadi. 20. YUOR qurilma bilan jihozlangan transformatorlar oʻta yuklama bilan ishlaganda, agar yuklama toki almashlab ulagichning nominal tokidan ortiq boʻlsa, shoxobchalarni almashlab ulashga ruxsat berilmaydi. 21. Kuchlanishi 110 va 220 kV boʻlgan avtotransformatorlar choʻlgʻamlarining neytrallari yerga toʻgʻridan-toʻgʻri ulash rejimida ishlashlari shart. Neytrallarini sinash kuchlanishlari mos ravishda 100 va 200 kV boʻlgan 110 va 220 kV kuchlanishli transformatorlar yerga ulanmagan neytral bilan, agar razryadlagich bilan himoyalangan boʻlsa, ishlashi mumkin. Tegishli hisoblar bilan asoslangan boʻlsa, neytrali sinash kuchlanishi 85 kV boʻlgan va razryadlagich bilan himoyalangan 110 kV kuchlanishli transformatorlarni yerga ulanmagan neytral bilan ishlashiga ruxsat beriladi. 22. Yangi yoki kapital taʼmirlashdan chiqqan transformatorlarni montaj qilish vaqtida ularga kuchlanish berilguncha, ularni koʻrikdan oʻtkazish va Elektr uskunalarni SQ va Mga muvofiq sinash amalga oshiriladi. Koʻrik, sinash va qabul qilish natijalari pasport va bayonnomalarda yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi. 23. Transformatorlarni quritmasdan kuchlanish ostiga ulash mumkinligi, shuningdek, quritishning zarurligi Rahbariy hujjat 34.51.101 — 90, Rahbariy hujjat 34 — 301 — 202 — 2000 elektr qurilmalari izolyatsiyasini tanlash boʻyicha yoʻriqnomasida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladigan sinovlar asosida aniqlanadi. 24. Transformatorlarni tarmoqqa ulash, odatda toʻliq kuchlanishga turtki bilan amalga oshiriladi. 25. Quyidagi hollarda transformatorlarda kuchlanishni nominaldan ortishiga ruxsat etiladi: uzoq muddat — 5 foizga, agar yuklama nominaldan koʻp boʻlmaganda va 10 foizga, agar yuklama 0,25 nominaldan koʻp boʻlmaganda; qisqa muddat (sutkada 6 soatgacha) — 10 foizga, yuklama nominaldan koʻp boʻlmaganda; avariya sharoitlarida — transformatorlarni ekspluatatsiya qilish boʻyicha namunali yoʻriqnomaga muvofiq. Generatorlar va neytrali shoxoblanmagan avtotransformatorlar bilan blokda ishlayotgan transformatorlar uchun va ketma-ket rostlovchi (volt qoʻshuvchi) transformatorlar uchun kuchlanishni uzoq vaqt nominaldan 10 foizga ortishiga yuklama nominaldan ortiq boʻlmaganda ruxsat beriladi. Kuchlanishni rostlash uchun neytralida shoxoblanishi mavjud boʻlgan yoki ketma-ket rostlovchi transformatorlar bilan ishlashi uchun moʻljallangan avtotransformatorlar uchun kuchlanishning ruxsat etilgan ortishi ishlab chiqaruvchi zavod maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi. 26. Transformator (reaktor) ichki buzilishlaridan himoya (gazli, differensial) taʼsirida avtomatik tarzda oʻchirilganda, shuningdek, muvaffaqiyatsiz avtomatik qayta ulangandan (keyingi oʻrinlarda — AQU) keyin transformatorni (reaktorni) faqat koʻrikdan oʻtkazilgandan, sinalgandan, gaz, moy tahlili qilingandan va aniqlangan nuqsonlar (shikastlanishlar) bartaraf etilgandan keyin ishga tushiriladi. Transformator (reaktor) ichki shikastlanishlar taʼsiri bilan bogʻliq boʻlmagan himoyadan oʻchgan holda u tekshirishsiz, tashqi koʻrikdan oʻtkazilib ishga tushirilishi mumkin. Gaz relesi ishlagani toʻgʻrisida signal paydo boʻlganda transformator koʻrikdan oʻtkazilishi, gazning rangi va yonish darajasiga qarab, uni shikastlanish xususiyati aniqlanishi shart. Gaz relesida sariq yoki koʻk-qora yonuvchan gaz borligi aniqlanganda, transformator zudlik bilan oʻchirilishi shart. Agar reledagi gaz rangsiz va yonmaydigan boʻlsa, transformator ishda qoldirilishi mumkin. 27. YUOR qurilmasi bilan jihozlangan, yuklanmagan transformatorni salt yurish tokini ajratgich (alohidalagich) bilan oʻchirish zarurati boʻlganda, isteʼmolchi tomonidagi yuklama olingandan soʻng almashlab ulagich normal kuchlanishga mos keladigan holatga qoʻyilishi kerak. 28. Puflab va moyi bilan tabiiy sovitiladigan transformatorlarni toʻliq yuklama orqali sovuq moyi bilan harorat minus 40 oC dan kam boʻlmaganda ishga tushirishga ruxsat beriladi. Harorat minus 40 oC dan past boʻlganda, transformator salt yurish toki bilan yoki nominalning 50 foizidan ortiq boʻlmagan yuklama toki bilan minus 40 oC gacha qizdirilishi, soʻngra yuklama koʻpaytirilishi kerak. 29. Isroflarni kamaytirish maksadida har bir elektr qurilma uchun yuklama grafigidan kelib chiqib, parallel ishlayotgan transformatorlarning optimal sonini aniqlash va unga rioya qilish kerak. 30. Montaj qilingan zaxira transformatorlar doimo ishga tushirilishga tayyor holda saqlanishlari shart. 31. Transformatorlarning parallel ishlashiga quyidagi shartlarda ruxsat etiladi: choʻlgʻamlarining ulanish guruhlari bir xil boʻlganda; transformatorlar quvvatining nisbati 1:3 dan ortiq boʻlmaganda; transformatsiya koeffitsiyentlarining farqi 0,5 foizdan ortiq boʻlmaganda; qisqa tutashuv kuchlanishlari parallel ishga tushirilayotgan transformatorlar qisqa tutashuv kuchlanishlarining oʻrta arifmetik qiymatidan 10 foizdan ortiq farq qilmaganda; ishga tushirishdan oldin transformatorlar fazirovka qilingan boʻlganda. 32. Qisqa tutashuv kuchlanishi turlicha boʻlgan parallel ishlayotgan transformatorlar orasida yuklamani tenglashtirish uchun transformatorlardan birontasi ham oʻta yuklanmaganligi sharti bilan, tarmoqlanishlarni almashlab ulash yoʻli bilan transformatsiya koeffitsiyentini katta boʻlmagan chegaralarda oʻzgartirishga ruxsat beriladi. 33. Past kuchlanish tarafida, chulgʻamlari nol chiqishli yulduz — yulduz sxemasi boʻyicha ulangan quruq transformatorlarning neytralidagi tok nominal faza tokining 25 foizidan ortmasligi shart. 34. Transformatorlarni (reaktorlarni) oʻchirmasdan turib koʻrikdan oʻtkazish quyidagi muddatlarda bajarilishi shart: xodimlarni doimiy navbatchiligi boʻlgan podstansiyalardagi bosh pasaytiruvchi transformatorlarni 1 sutkada bir marta; xodimlarni doimiy navbatchiligi boʻlgan podstansiyalardagi qolgan transformatorlarni va xodimlarni doimiy navbatchiligi boʻlmagan podstansiyalar transformatorlarini 1 oyda 1-marta; transformator punktlarida — oyda 1-martadan kam emas. Mahalliy sharoitlar va transformator (reaktor) holatiga qarab ushu muddatlar korxonaning elektr xoʻjaligiga javobgar tomonidan oʻzgartirilishi mumkin. Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari koʻrikdan oʻtkazish (koʻzdan kechirish) quyidagi hollarda oʻtkaziladi: yomon ob-havo taʼsiridan keyin (momoqaldiroq, haroratning keskin oʻzgarishi, kuchli shamol va boshqalar); gaz himoyasi signalga ishlaganda, shuningdek, transformator (reaktor) gaz yoki (va) differensial himoya taʼsirida oʻchirilganda. Transformatorlarni koʻrikdan oʻtkazishda quyidagilar tekshirilishi shart: termometrlar va manovakuummetrlar koʻrsatkichlari; transformator korpusining holati, moy oqishining yoʻqligi, kengaytirgichdagi moy sathining harorat belgisiga mosligi va moyli kirishlarda moyning mavjudligi; moy sovituvchi va moy yigʻuvchi qurilmalarning, shuningdek, izolyatorlarning holati; shinalar va kabellar holati, kontakt birikmalarda qizishning yoʻqligi; signalizatsiya qurilmalari va oʻtish saqlagichlarining butligi; yerga ulash tarmogʻining holati; moy uzluksiz regeneratsiyalanadigan moy tozalash qurilmalari, termosifonli filtrlar va nam yutuvchi patronlarning holati; transformator xonasining holati. 35. YUORsiz transformatorlarni oʻchirib, joriy taʼmirlash quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi: markaziy taqsimlovchi podstansiyalarning transformatorlarini kamida 2 yilda 1-marta; kuchli ifloslanadigan joylarda oʻrnatilgan transformatorlarni mahalliy yoʻriqnomalar boʻyicha; barcha qolgan transformatorlarni zarurat boʻyicha, lekin kamida 4 yilda 1-marta. YUORli transformatorlar va avtotransformatorlarni joriy taʼmirlash har yili amalga oshiriladi. Yuklama ostida kuchlanishni rostlovchi qurilmalarni navbatdan tashqari taʼmirlash zavod yoʻriqnomalariga muvofiq, almashlab ulash boʻyicha operatsiyalarning maʼlum sonidan keyin oʻtkaziladi. Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari taʼmirlash, agar ularning biron-bir elementidagi nuqson ishlamay qolishga olib kelishi mumkin boʻlsa, amalga oshirilishi kerak. Transformatorni (reaktorni) taʼmirlashga chiqarish haqidagi qarorni korxona rahbari yoki elektr xoʻjaligiga javobgar qabul qiladi. D, DS va S sovitish tizimlarining joriy taʼmirlari har yili amalga oshiriladi. Transformatorlarni joriy taʼmirlash bilan bir vaqtda kirish joylarini joriy taʼmirlari ham oʻtkaziladi. 36. Transformatorlarni ishlashdan avariyaviy toʻxtatish quyidagi hollarda zarur: transformator ichida kuchli notekis shovqin va chirsillash boʻlganda; normal yuklamada va sovitish qurilmasining ishlashida, transformatorning normal boʻlmagan va doimo oʻsayotgan qizishida; kengaytirgichdan moy tashqariga otilib chiqqanda yoki chiqarish quvuri diafragmasi yorilganda; moyning oqishi bilan uning sathi moy oʻlchagich shishasining sathidan pastda boʻlganda. Transformatorlar laboratoriya tahlillari boʻyicha zudlik bilan moy almashtirish zarur boʻlganda ham ishdan toʻxtatiladi. 37. Quvvati 160 kV·A va undan yuqori boʻlgan transformatorlar moyni termosifonli va adsorbsion filtrlar orqali uzluksiz regeneratsiyalash tizimi bilan ekspluatatsiya qilinishi shart. Transformator kengaytirgichidagi moy, atrofidagi havo bilan bevosita tegishdan himoyalangan boʻlishi shart. Moy namlanishining oldini oladigan maxsus qurilmalar bilan jihozlangan transformatorlarda, ushbu qurilmalar transformatorning ishlash rejimidan qatʼi nazar doimo ulangan boʻlishlari shart. Mazkur qurilmalarni ekspluatatsiya kilish ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Moy bilan toʻldirilgan kirishlardagi moy oksidlanish va namlanishdan himoyalangan boʻlishi shart. 38. Balansida moy bilan toʻldirilgan uskunalari bor korxonalar, eng katta sigʻimli apparatning kamida 110 foiz hajmida izolyatsiya moyining kamaymaydigan zaxirasini saqlashi shart. 39. Transformator moylarining Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq profilaktik sinovlari oʻtkazilishi shart.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 26. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 3-ILOVA. Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 28. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 5-ILOVA. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Qoʻshni boʻlimlar
- 2314-bob. Yerga ulash qurilmalari
- 24Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 1-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 25Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 2-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 26Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 3-ILOVA. Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 28Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 5-ILOVA. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 29Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 6-ILOVA. Oʻta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 30Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 7-ILOVA. Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 31Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 8-ILOVA. Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.