VM qarori № 712, 26-boʻlim
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 3-ILOVA. Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1. Mazkur Qoidalar kuchlanishi 220 kV gacha boʻlgan yuqori kuchlanish kabel tarmoqlariga (keyingi oʻrinlarda — KT) taalluqlidir. Barcha KT EQTQ talablarini qondirishi shart. 2. Yangi qurilayotgan KTni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda EQTQ talablariga muvofiq sinovlar oʻtkazilishi shart. 3. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, montaj qiluvchi tashkilot qurayotgan barcha kuchlanishli KT yotqizilayotganda va montaj qilinayotganda texnik nazoratni olib borishlari shart. Shlang qoplamali zirhsiz kabellar oʻtkazilishini nazorat qilganda va ekspluatatsiya qilishda, asosiy eʼtibor shlangning holatiga qaratilishi shart. Teshib oʻtgan uzilishlari, yoriqlari va tirnalgan joylari boʻlgan shlangli kabellar taʼmirlanishi yoki almashtirilishi shart. 4. Har bir KT mazkur Qoidalarning 155-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni oʻz ichiga olgan pasportga, dispetcherlik raqamiga yoki nomiga ega boʻlishi shart. Ochiq oʻtkazilgan kabellar, shuningdek, barcha kabel muftalari yorliqlar bilan taʼminlangan boʻlishi shart. Tarmoq boshidagi va oxiridagi kabel yorliqlarida tarmoqning markasi, kuchlanishi, kesimi, raqami yoki nomi koʻrsatilgan boʻlishi, ulash muftasi yorligʻida esa mufta raqami, montaj sanasi koʻrsatilishi shart. Yorliqlar atrof-muhit taʼsiriga chidamli boʻlishi shart. Yorliqlar ochiq oʻtkazilgan kabellarda tarmoqning uzunligi boʻyicha har 50 metr oraliqda, shuningdek, trassa burilishlarida va olovga chidamli toʻsiqlardan hamda yopmalardan kabellarning oʻtish joylarida (har ikkala tomonida) joylashtirilishi shart. 5. Har bir KT uchun ishga tushirishda ruxsat etilgan eng katta tok yuklamalari belgilanishi shart. Yuklamalar eng yomon issiqlik sharoitidagi, uzunligi 10 metrdan kam boʻlmagan trassa uchastkasi boʻyicha belgilanishi kerak. Ushbu yuklamalarni oshirishga issiqlik sinovlari asosida kabel tolalarining harorati davlat standartlarida yoki texnik shartlarda davomiy ruxsat etilgan haroratdan ortmaganda ruxsat etiladi. Bunda kabellarni qizishi, trassaning eng yomon sovitish sharoitiga ega boʻlgan uchastkada tekshirilishi kerak. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan kabelning oʻrniga kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan kabeldan foydalanish man etiladi. 6. Avariyani bartaraf qilish davrida kuchlanishi 10 kV gacha boʻlgan shimdirilgan qogʻoz izolyatsiyali kabellarni tok boʻyicha 30 foizga, 5 sutka mobaynida, sutkada 6 soatdan koʻp boʻlmagan, lekin bir yilda 100 soatdan ortiq boʻlmagan davrda oʻta yuklanishiga ruxsat beriladi. Agar sutkaning qolgan davrida yuklama ruxsat etilganidan oshmagan boʻlsa, 15 yildan ortiq ekspluatatsiyada boʻlgan kabellar uchun oʻta yuklanish 10 foizgacha kamaytirilishi kerak. Kuchlanishi 35 kV boʻlgan qogʻoz izolyatsiyali KT oʻta yuklanishiga ruxsat berilmaydi. 7. Kuchlanishi 110 — 220 kV boʻlgan moy toʻldirilgan kabellar uchun tolalarning haroratini 80 oC dan oshirmay oʻta yuklanishga ruxsat beriladi. Bunda uzluksiz yuklamaning davomiyligi 100 soatdan oshmasligi, davomiylikining yigʻindisi esa yilda 500 soatdan, oʻta yuklanishlar orasidagi tanaffus — 10 sutkadan kam boʻlmasdigi kerak. Havoda oʻtkazilgan, kuchlanishi 110 kV boʻlgan KL uchun tolalarini 80 oC harorat bilan ishlash davomiyligi cheklanmagan. 8. Moy toʻldirilgan kuchlanishi 110 — 220 kV boʻlgan har bir KT yoki uning seksiyalari uchun tarmoqning profiliga bogʻliq ravishda mahalliy yoʻriqnomalar bilan moy bosimining ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari belgilangan boʻlishi shart. Ulardan chetga chiqqanda, KT oʻchirilishi va faqat buzilish sabablari aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyin ulanishi shart. Past bosimli KT uchun kabeldagi moy bosimining ruxsat etilgan bosimi 100 — 300 kPa (1 — 3 kgs/sm2) chegarasida boʻlishi kerak. 9. Moy toʻldirilgan kuchlanishi 110 kV va undan yuqori boʻlgan kabellardan moy va plastmassa izolyatsiyali kabellarning tugallovchi muftalaridan suyuqlik sinash uchun yangi tarmoq ulanishi oldidan, ulangandan keyin 1 yildan soʻng, keyin 3 yildan soʻng va keyinchalik har 6 yilda olinishi shart. Moy va suyuqlikning tekshirilayotgan qiymatlari Elektr uskunalarini SQ va M talablariga mos kelishi shart. 10. Neytrali izolyatsiyalangan yoki kompensatsiyalangan tarmoqlarda yerga bir fazali tutashuv sodir boʻlganda, xodim bu haqida zudlik bilan taʼminlovchi podstansiya navbatchisiga yoki elektr bilan taʼminlovchi tashkilotning tarmoq boʻyicha navbatchisiga xabar berishi va keyinchalik ularning koʻrsatmasi boʻyicha harakat qilishi shart. Generator kuchlanishi tarmoqlarda, shuningdek, kuchlanishi 35 kV boʻlgan KTda koʻrsatilgan rejimda ishlashga 2 soatdan koʻp boʻlmagan vaqtga ruxsat beriladi. Alohida hollarda energiya bilan taʼminlovchi tashkilot ruxsati bilan bu muddat 6 soatgacha uzaytirilishi mumkin. 11. KTdagi yuklamalar Elektr uskunalarini SQ va M talablariga mos ravishda belgilangan muddatlarda davriy oʻlchanishi shart. Ushbu oʻlchovlar asosida KL rejimlari va ishlash sxemalari belgilanishi kerak. 12. Kuchlanishi 35 kV gacha boʻlgan KTni koʻzdan kechirish quyidagi muddatlarda oʻtkazilishi kerak: yerda, estakadalar, tunnellar, bloklar, kanallar, galereyalar va binolar devorlari boʻylab oʻtkazilgan kabel trassalari — mahalliy yoʻriqnoma boʻyicha, lekin kamida 3 oyda 1-marta; kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan KTning tugallovchi muftalari 6 oyda 1-marta, 1000 V va undan past kuchlanishli KTning tugallovchi muftalari 1 yilda1-marta; transformator xonalarida, taqsimlovchi punktlarda va podstansiyalarda joylashgan kabel muftalari boshqa uskunalar bilan bir vaqtda koʻrikdan oʻtkaziladi: kabel quduqlari 1 yilda 2-marta; suv osti kabellari mahalliy yoʻriqnomalarga muvofiq. Muhandis-texnik xodimlar KT tanlab, davriy ravishda, lekin kamida 6 oyda 1-marta koʻrikdan oʻtkazilishlari shart. Podstansiyadagi kollektorlar, shaxtalar va kanallar mahalliy yoʻriqnomalar boʻyicha koʻrikdan oʻtkaziladi (doimiy tezkor xizmat koʻrsatuvda oyda kamida 1-marta koʻrik oʻtkazilishi shart). Koʻrikda aniqlangan nosozliklar haqidagi maʼlumot nuqsonlar jurnaliga qisqa muddatda bartaraf qilish uchun kiritilishi shart. Navbatdan tashqari koʻriklar toshqin davrlarida va seldan keyin oʻtkaziladi. Kabel inshootlarida va boshqa xonalarda doimiy ravishda kabelning issiqlik rejimi, havo harorati va ventilyatsiya qurilmalari ishlashining nazorati tashkil qilinishi shart. Yozgi vaqtlarda kabel tunnellari, kanallari va shaxtalari ichidagi havo harorati tashqi havo haroratidan 10 oC dan ortiq boʻlmasligi shart. 13. Kuchlanishi 110 — 220 kV boʻlgan KTlar quyidagi muddatlarda koʻrikdan oʻtkazilishlari shart: yerda oʻtkazilgan kabel trassalari 1 oyda kamida 1-marta; kollektorlarda va tunnellarda oʻtkazilgan kabel trassalari kamida 3 oyda 1-marta; stoporlaydigan va yarim stoporlaydigan muftali kabel quduqlari 3 oyda 1-marta; moy (suyuqlik) bosimi signalizatsiyasi mavjud boʻlgan qoʻshimcha moy bilan taʼminlovchi punktlar kamida 1 oyda 1-marta; kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan kabel muftalarining koʻrigi elektr uskunaning har bir koʻrigida oʻtkazilishi shart. 14. Mahalliy yoʻriqnomalar bilan kabel inshootlaridagi mavjud yongʻinni avtomatik ravishda oʻchirish va xabar berish qurilmalarining ishga yaroqliligini tekshirish muddatlari belgilanishi shart. 15. Tunnellar, kollektorlar va boshqa kabel inshootlari toza saqlanishi shart. Kabel inshootlarida oʻtkazilgan kabellarning ruxlanmagan metall zirxlari va kabellar oʻtkazilgan nometall qoplamali metall konstruksiyalar davriy ravishda yonmaydigan zanglashga qarshi tarkib bilan qoplanishi shart. Kabel inshootlarida biron-bir materiallarni saqlash man etiladi. Suv tushadigan kabel inshootlari yer osti va yomgʻir suvlarini chiqarib tashlash vositalari bilan jihozlangan boʻlishi shart. 16. Doimiy navbatchi xodimlari boʻlgan podstansiyalarda tunnellar (kollektorlar), shaxtalar va kanallarning koʻriklari 1 oyda kamida bir marta oʻtkazilishi shart. Doimiy navbatchi xodimlari boʻlmagan podstansiyalarda bu inshootlarning koʻriklari mahalliy yoʻriqnomalarga muvofiq, korxonaning elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs belgilagan muddatlarda oʻtkaziladi. 17. KTda metall qobiqning elektr, tuproq yoki kimyoviy zanglash tufayli buzilish xavfi payqalganda, uni bartaraf qilish choralari koʻrilishi shart. KLning himoya qurilmalari ustidan mahalliy yoʻriqnomalarga muvofiq kuzatish oʻrnatish shart. 18. Yerda handaqlarni qazish vaqtida sxemada koʻrsatilmagan quvurlar, nomaʼlum kabellar va boshqa kommunikatsiyalar aniqlanganda, ishlarni toʻxtatish va bu haqida elektr xoʻjaligiga javobgar shaxsga xabar berish zarur. Kabellar bor joydagi xandaqlar, chuqurliklar va yer osti inshootlarini oʻta ehtiyotkorlik bilan 0,4 metr va undan ortiq chuqurlikda esa faqat belkurak bilan qazish kerak. 19. Qishda kabellar oʻtgan joylarda 0,4 metrdan ortiq chuqurlik tuproqni qizdirish orqali qazilishi shart. Bunda qizdirilayotgan qatlam yuzasidan kabelgacha 0,3 metrdan kam boʻlmagan qalinlikda tuproq qatlami saqlanishini kuzatish zarur. Erigan tuproqni belkurak bilan olib tashlash kerak. Lom va shunga oʻxshagan asboblarni qoʻllash man etiladi. 20. Kabeldan 1 metrdan yaqin masofada yer kovlovchi mashinalar bilan qazishni amalga oshirish, shuningdek, normal chuqurlikdagi kabellar ustidagi tuproqni yumshatish uchun uruvchi bolgʻalardan, lomlar va choʻkichlardan 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda foydalanish man qilinadi. Uruvchi va titrab-ortuvchi mexanizmlarni qoʻllashga kabellardan 5 metrdan kam boʻlmagan masofada ruxsat beriladi. Ishlar boshlanmasdan oldin KTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning elektrotexnik xodimlari nazorati ostida trassada kabellar joylashishi va chuqurligini aniqlash uchun nazorat ochishlari oʻtkazilishi kerak. Portlash ishlarini oʻtkazish uchun qoʻshimcha texnik shartlar berilishi shart. 21. Kuchlanishi 20 — 35 kV boʻlgan kabellarning vertikal uchastkalarida izolyatsiyaning qurishi natijasida elektrdan teshilishning oldini olish uchun ularni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish yoki stoporlovchi muftalar oʻrnatish zarur. Oqmaydigan shimuvchi massa va plastmassa izolyatsiyasiga ega boʻlgan yoki gaz bilan toʻldirilgan 20 — 35 kV kuchlanishli KT vertikal uchastkalarining izolyatsiya holatini qoʻshimcha tekshirish va ularni davriy almashtirish talab qilinmaydi. 22. Ishlashda izolyatsiyaning elektrdan teshilishi yoki profilaktik sinashlarda shkastlangan kabel namunalari va shikastlangan kabel muftalari laboratoriya tadqiqotlariga shikastlanish sabablarini oʻrganish va ularni bartaraf qilish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun berilishi shart. Ishlab chiqaruvchi zavodga eʼtiroz bildirilganda, zavod nuqsonlari borligi natijasida shikastlangan namunalar ekspertlar koʻrigi uchun saqlanishi shart. 23. Xonalarda, tunellarda, kollektorlarda, estakadalar boʻyicha galereyalarda, kanallarda joylashgan shikastlangan KTlarni kuydirishda, kabel inshootlaridagi kabellarni kuzatish — xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilgan holda olib boriladi. 24. Kuchlanish ostidagi ekskavator va shlang kabellarini xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tomonidan rezinali qoʻlqoplar va etiklarda yoki dielektrik dastakli tutqichlar bilan olib yurishga ruxsat beriladi. Bu holda kuchlanishi 10 kV gacha boʻlgan tarmoqlar shikastlangan KTni bir fazali yerga tutatish holatida oʻchirib qoʻyadigan himoya bilan jihozlangan boʻlishlari shart.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 25. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 2-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 27. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 4-ILOVA. Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Qoʻshni boʻlimlar
- 2213-bob. Elektr oʻlchash vositalari
- 2314-bob. Yerga ulash qurilmalari
- 24Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 1-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 25Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 2-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 27Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 4-ILOVA. Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 28Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 5-ILOVA. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 29Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 6-ILOVA. Oʻta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 30Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 7-ILOVA. Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.