VM qarori № 712, 25-boʻlim
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 2-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1. Mazkur Qoidalar korxonalarda ekspluatatsiya qilinayotgan kuchlanishi 1000 V dan 220 kV gacha boʻlgan HTlar uchun taalluqlidir. Qoidalar — ekspluatatsiya qilinishi maxsus qoidalar bilan belgilangan kontakt tarmoqlarining HT va boshqa maxsus havo tarmoqlari va inshootlariga taalluqli emas. 2. HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona Elektr tarmoqlari xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga muvofiq belgilangan qoʻriqlash zonalarida ekspluatatsiya qilishning normal sharoitlarini, baxtsiz hodisalarni, yongʻinlarni bartaraf qilish va boshqalarni taʼminlaydi. 3. HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona (qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlar boshlash muddati haqida xabar olganidan keyin) yerdan foydalanuvchilardan muhofaza zonasiga kiruvchi yer uchastkalarida HLning butligini taʼminlash, ekspluatatsiya qilishning normal sharoitlarini yaratish maqsadida Elektr tarmoqlari xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga qatʼiy rioya qilishni talab qiladi. 4. HT va tok oʻtkazgichlarni koʻrikdan oʻtkazishda quyidagilarni tekshirish zarur: trassaning yongʻinga qarshi holatini: HTning muhofaza zonasida begona predmetlar, qurilishlar, pichan gʻaramlari, taxlangan yogʻochlar, tarmoqqa qulashi mumkin boʻlgan yoki simlarga xavfli yaqinlashgan daraxtlar, yonuvchan matariallar saqlanishi, gulxanlarni boʻlmasligini; HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot va egasining yozma ruxsatisiz ularning muhofaza zonasida ishlar bajarilmasligi shart; poydevor, qoʻshilgan (ulangan) moslamalarning holatini: poydevor atrofida tuproq oʻtirib qolgan yoki qavargan boʻlmasligi, poydevorda (qoʻshilgan moslamalarda) yoriqlar va shkastlanishlar boʻlmasligi kerak; yetarli darajada chuqurlikda boʻlishi shart; tayanchlarning holatini: ularning ogʻishlari yoki tuproqda siljishlari, yogʻoch detallarning kuyganligi va parchalangan boʻlmasligini, bandajlar, payvandlangan choklar, metall tayanchlardagi boltli va parchin mixli birikmalar yaxlitligi buzilmasligini, metall elementlarning uzilishlari, metall korroziyasi, temir-beton tayanchlarda yoriqlar va nosozliklar, ularda qush uyalari va boshqa begona predmetlar yoʻqligini, tayanchlarda plakatlar va xavfsizlik belgilari boʻlishi kerak; simlar va troslar holatini: alohida sim tolalarining uzilishlari va erigan joylari, simlarga va troslarga yerdan turib irgʻitib tashlangan sim boʻlaklari boʻlmasligini, ular sozlangan buzilish, simlarning solqiligini va simlardan yergacha va obyektlargacha boʻlgan masofaning ruxsat etilmagan oʻzgarishlarini, HT loyihasida koʻzda tutilgan titrashlarni soʻndiruvchi qurilmalar joylaridan siljiganligini; tok oʻtkazgichlarning egiluvchan shinalari holatini: aylangan, ajralib ketgan va yorilgan simlar boʻlmasligi shart; izolyatorlar holatini: shtirli izolyatorlar singan, kuygan, yorilgan, kirlangan, sirlangan yuzalari shikastlangan, shtirga yoki ilgaklarga notoʻgʻri oʻrnatilgan, himoya shoxlari shikastlangan boʻlmasligi kerak; gaykalar, qulflar va shplintlar oʻz joyida boʻlishi shart; armatura holatini: unda yoriqlar, alohida detallar ishqalanib yemirilgan yoki deformatsiyalangan boʻlmasligi shart; razryadlagichlar, HTdagi kommutatsiya apparatlari, tushishlardagi kabellarning tugallovchi muftalari holatini: yerga ulovchi tushishlarni tayanchlarda va yer oldida buzilishlari va uzilishlari, yashindan himoya trossining yerga ulovchi tushish yoki tayanch tanasi bilan boltli birikmalaridagi kontaktlarni buzilishlari, yerga ulovchi qurilma elementlarining zanglashdan yemirilishlari boʻlmasligi shart. 5. Titrashdan simlarning shikastlanishlari aniqlanganda, HT toʻliq, simlarni ushlab turuvchi qisqichlardan chiqarib, tekshiruvdan oʻtkaziladi. Qisqichlardagi sim va trosslar holatini tanlab tekshirishni HTni oʻchirib yoki oʻchirmasdan (izolyatsiyalovchi qurilmalardan) oʻtkazish mumkin. 6. HTda profilaktik tekshiruvlar, oʻlchashlar va sinashlar elektr uskunalarni SQ va M da koʻzda tutilgan hajmlarda va muddatlarda oʻtkaziladi. 7. HT tayanchlari uchun yogʻochni EQTQ talablariga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻllash zarur. 8. Ruxlanmagan metall tayanchlarni, temir-beton va yogʻoch tayanchlarning metall elementlarini, shuningdek, poʻlat trosslar va simlar tortqilarini zanglashga qarshi qoplamalari zarurat boʻyicha tiklanadi. 9. Tez ifloslanadigan HT va tok oʻtkazgichlar uchastkalarida maxsus yoki kuchaytirilgan izolyatsiya qoʻllaniladi. Zarur boʻlganda, izolyatsiyani tozalash (yuvish), ifloslangan izolyatorlarni almashtirish amalga oshiriladi. 10. HT tayanchlari detallari va boshqa elementlarini chiqitga chiqarishning ekspluatatsion ruxsatlari va meʼyorlari Elektr uskunalarining SQ va M ga mos kelishi shart. 11. Yuqori chastotali telemexanika va aloqa kanallari mavjud HLni taʼmirlashda ushbu kanallarni ishchi holatda saqlash maqsadida yerga ulash uchun koʻchma yerga ulash toʻsiqlaridan foydalanish lozim. 12. IV va oʻta muzlash hududlardan, shuningdek, qattiq shamollar bilan bir paytda tez-tez muzlaydigan, qirovli va qattiq sovuqli II va III hududlardan oʻtadigan HT uchastkalarida muzni elektr toki bilan eritish amalga oshirilishi kerak. Eritish usulini tanlash HTni ishlash sharoitlariga qarab aniqlanadi (tarmoq sxemasi, isteʼmolchi yuklamasi, muz hosil boʻladigan zona, tarmoqlarni oʻchirish mumkinligi va boshqalar). 13. Yerga kichik tok bilan tutashishadigan elektr qurilmalarida yerga tutashish bartaraf qilinguncha, HLning yerga ulangan faza bilan ishlashiga ruxsat beriladi. Bu holda xodimlar buzilish joyini qisqa muddatlarda aniqlashi va bartaraf qilishi shart. Generator kuchlanishida bir fazali yerga tutashuv rejimi 2 soat bilan cheklanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 24. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 1-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 26. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 3-ILOVA. Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Qoʻshni boʻlimlar
- 2112-bob. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar
- 2213-bob. Elektr oʻlchash vositalari
- 2314-bob. Yerga ulash qurilmalari
- 24Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 1-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 26Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 3-ILOVA. Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 27Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 4-ILOVA. Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 28Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 5-ILOVA. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 29Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 6-ILOVA. Oʻta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.