VM qarori № 712, 24-boʻlim
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 1-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1. Elektr uzatish havo tarmoqlarining (keyingi oʻrinlarda — HT) trassasi davriy ravishda daraxt novdalaridan va shoxlaridan tozalanib turishi va yongʻinga nisbatan xavfsiz holatda saqlanishi kerak. Simlarga bevosita yaqin oʻsayotgan daraxtlarlarni kesishni HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot amalga oshiradi. Daraxt shoxlarini HT simlariga 1 m dan yaqin masofaga yaqinlashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 2. HTni ekspluatatsiya qilish uning ishonchli ishlashini taʼminlashga qaratilgan texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini (kapital va joriy) koʻzda tutadi. Texnik xizmat koʻrsatishda HLni koʻrikdan oʻtkazishlar, profilaktik tekshiruvlar va oʻlchovlar oʻtkazilishi, kichik shikastlanish va nosozliklar bartaraf qilinishi hamda boshqa ishlar amalga oshirilishi kerak. 3. HTni ekspluatatsiya qilishda ularni davriy va navbatdan tashqari koʻrikdan oʻtkazish amalga oshiriladi. Davriy koʻriklar ish jadvalini elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tasdiqlaydi. Koʻriklar kamida 6 oyda 1-marta, odatda bahor va kuz oylarida oʻtkazilishi kerak. Yuqoridagi koʻrikdan oʻtkazish zarurat boʻyicha oʻtkaziladi. HT ni navbatdan tashqari koʻrikdan daryolarda muz koʻchish va suv toshish davrida, trassa zonasida yongʻin boʻlganda, kuchli boʻronlar, dovullar, sovuqlar va boshqa tabiiy ofatlar yuz berganda oʻtkaziladi. 4. Tarmoqlar va kirish joylarini koʻrikdan oʻtkazishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur: izolyatorlarning kuygan, darz ketgan va singanligiga, sim tolalarini uzilganligi va eriganligiga, bogʻlamlarning butunligiga, simlarning rostlanishiga; tayanchlarning holatiga va ularning tarmoq boʻylab yoki koʻndalangiga ogʻishiga, bandajlarning va yerga ulash qurilmalarining butunligiga; brikmalarning holatiga, unda yerdan turib irgʻitib tashlangan simlar mavjudligiga va simlarni daraxt shoxlariga tegishiga; kirish shoxobchalari va saqlagichlarning holatiga; tugallovchi kabel muftalari va tushishlarning holatiga; trassaning holatiga. Koʻrikdan oʻtkazishda bandajlarni tortish, tayanchlarga chiqmasdan gaykalarni, bandajlarning boltli birikmalarini burash, tayanchlarning raqamlanishini tiklash va boshqalarni oʻtkazish zarur. Avariya tusidagi shikastlanishlar va nosozliklarni darhol bartaraf qilish shart. 5. HTga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ishlashini nazorat qilish maqsadida MTH tomonidan HT trassasi elementlarining holatini, avariyaga qarshi tekshirishlar va boshqa tadbirlarni baholash uchun 1 yilda 1-marta tanlab nazorat koʻrigi oʻtkazilishi shart. 6. HTda elektr uskunalarini SQ va Mda koʻzda tutilgan hajmlar va muddatlarda profilaktik tekshiruvlar, oʻlchovlar va sinovlar oʻtkazilishi shart. 7. Tayanchlar bandajlari diametri 4 mm va undan ortiq boʻlgan ruxlangan yumshoq simlardan qilinishi lozim. Diametri 5-6 mm boʻlgan ruxlanmagan simlarni qoʻllashga, agar ular asfalt laki bilan qoplangan boʻlsa, ruxsat etiladi. Loyihada maxsus koʻrsatmalar boʻlmaganda, bandaj oʻramlarining soni quyidagicha qabul qilinadi: sim diametri 4 mm boʻlganda — 12; sim diametri 5 mm boʻlganda — 10; sim diametri 6 mm boʻlganda — 8. 8. HTni koʻrikdan oʻtkazishda, profilaktik tekshirishlarda va oʻlchashlarda aniqlangan nuqsonlar maxsus nuqsonlar jurnalida (kartotekasida) qayd qilinadi va xususiyatiga qarab, zudlik bilan yoki rejali (rejadan tashqari) texnik xizmat koʻrsatishda yoki HLni kapital taʼmirlashda bartaraf etiladi. 9. HTni kapital taʼmirlash uning konstruksiyasiga, elementlarining texnik holatiga va ekspluatatsiya qilish sharoitlariga (tabiiy sharoitlar, atmosfera va tuproq suvlarining yemiruvchanligi, tuproqning holati va boshqalar) qarab, lekin 6 yilda kamida 1-marta oʻtkaziladi. I va II shamol va muzlash hududlarida 0,4 kV kuchlanishli HT tayanchlarining taʼmirlash davriyligini 9 yilgacha uzaytirishga ruxsat beriladi. 10. Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari, odatda barcha zarur ishlarni bir vaqtning oʻzida bajarish bilan HT oʻchirish muddatini iloji boricha qisqartirib, kompleks usulda amalga oshiriladi. 11. Avariyaviy shikastlanishni oʻz vaqtida bartaraf qilish maqsadida HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona belgilangan meʼyorlarga koʻra materiallar va detallarning avariyaviy zaxirasiga ega boʻlishi shart.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 23. 14-bob. Yerga ulash qurilmalari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 25. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 2-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Qoʻshni boʻlimlar
- 2011-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan podstansiyalar va TQlar
- 2112-bob. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar
- 2213-bob. Elektr oʻlchash vositalari
- 2314-bob. Yerga ulash qurilmalari
- 25Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 2-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 26Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 3-ILOVA. Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 27Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 4-ILOVA. Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 28Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 5-ILOVA. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.