VM qarori № 712, 21-boʻlim

12-bob. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

184. Releli himoya, avtomatika va telemexanika qurilmalariga (keyingi oʻrinlarda — RHA va T) va ularning ikkilamchi zanjirlariga texnik xizmat koʻrsatishni odatda, markaziy yoki mahalliy releli himoya, avtomatika (keyingi oʻrinlarda — RHA) xizmatlari va oʻlchashlar (laboratoriyalar) yoki korxonaning elektr laboratoriya xodimlari amalga oshirishlari kerak. RHA va T qurilmalarining alohida turlariga xizmat koʻrsatishda boshqa xizmatlar ishtirok etgan hollarda, ular orasida xizmat koʻrsatish zonalari va majburiyatlar mahalliy yoʻriqnomalarga muvofiq chegaralanadi. Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining nazorati ostidagi obyektlarda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki korxona tashkilotlari sozlash ishlarini bajarayotganda, nomlangan plombalarga va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bergan ruxsatnomaga ega boʻlishlari shart. 185. Yangi montaj qilingan RHA va T qurilmalarini ishga tushirishdan oldin uskunalar pasportiga yoki mahsus roʻyxatlarga yozib, ularda sozlash va qabul sinovlari oʻtkazilishi kerak. 186. Qabul qilingan RHA va T qurilmalarini ekspluatatsiyaga kiritishdan oldin quyidagi texnik hujjatlar: montaj va sozlashda tuzatishlar kiritilgan loyiha materiallari (chizmalar va sxemalar, tushuntirish yozuvlari, kabel jurnali va shunga oʻxshash) montaj qiluvchi va sozlovchi tashkilotlar tomonidan; zavod materiallari (texnik tavsif va ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnoma, elektr uskuna va apparatlarning pasporti, va boshqalar) montaj qiluvchi tashkilot tomonidan; sozlash va sinashlar bayonnomalari sozlash tashkiloti yoki korxona laboratoriyasi tomonidan taqdim etilishi shart. 187. Ekspluatatsiyadagi har bir RHA va T qurilmasiga korxonada quyidagi texnik hujjatlar saqlanishi shart: uskunaning pasporti-bayonnomasi; texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha metodik koʻrsatmalar yoki yoʻriqnomalar; oʻrnatmalar kartasi yoki jadvali (yoki xarakteristikalari) shaklidagi qurilmalarning texnik maʼlumotlari va parametrlari; prinsipial, montaj yoki prinsipial-montaj sxemalar. Qurilmaga texnik xizmat koʻrsatishdagi davriy tekshirishlar natijalari pasport — bayonnomaga kiritilishi shart (batafsil yozuvlarni, ayniqsa, RHA va Tning murakkab qurilmalari boʻyicha, ishchi jurnalida yuritish tavsiya etiladi). 188. Rele, apparatlar va RHA va Tning yordamchi qurilmalarini ochishga oʻrnatma qiymatini tezkor xodim oʻzgartiradiganlardan tashqari, faqat ushbu qurilmalarga texnik xizmat koʻrsatuvchi xizmatchilarga ruxsat beriladi. 189. RHAning tez harakatlanuvchi qurilmalari va zaxiralash qurilmalari mavjud boʻlganda, oʻchirgichlar ishdan chiqqanda, taʼmirdan yoki oʻchishdan keyin tarmoqlarni, shinalarni va elektr uskunalarini ulash boʻyicha barcha operatsiyalar, shuningdek, ajratgichlar va havo uzgichlari bilan operatsiyalar RHA qurilmasi ishga tushgandan keyin amalga oshirilishi shart. Ularni ishga tushirish imkoni boʻlmaganda, zaxira himoyalarida tezlanishni ishga tushirish yoki vaqtincha himoyani (shu jumladan, selektiv boʻlmasa ham) amalga oshirish zarur. 190. RHA va T qurilmalarida ishlarni oʻqitilgan va tegishli qurilmalarga mustaqil texnik xizmat koʻrsatishga ruxsat berilgan xodimlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda bajarishlari shart. 191. Panellarda (shkaflarda) va releli himoya, elektr avtomatika va telemexanika boshqaruv zanjirlarida ishlar bajarilganda, uskunalar xato oʻchirilishining oldini olish choralari qabul qilinishi shart. Ishlar faqat izolyatsiyalangan asbob bilan bajarilishi shart. Bu ishlarni ijro sxemalarisiz, RHA va Tning murakkab qurilmalarida esa berilgan hajmlar va ketma-ketliklar mavjud boʻlgan dasturlarsiz bajarish man qilinadi. Ishlar tugagandan soʻng tok, kuchlanish zanjirlari va tezkor zanjirlar toʻgʻri ulanganligi hamda ishga yaroqliligi tekshirilishi shart. RHA tezkor zanjirlari va boshqaruv zanjirlari, odatda amalda sinash yoʻli bilan tekshirilishi kerak. 192. Ulanmalarning (himoya qilinayotgan yoki oraliq birikmalarni) oʻchishiga ishlab ketishi, shuningdek, boshqa koʻzda tutilmagan taʼsirlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan RHA va T qurilmalaridagi ishlar, buni hisobga olgan holda, ruxsat etilgan talabnoma buyicha amalga oshirilishi kerak. 193. Tok transformatorlarining ikkilamchi choʻlgʻamlari doimo rele yoki asboblar orqali tutashtirilgan yoki qisqa tutashtirilgan boʻlishi shart. Tok va kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlari va yuqori chastotali kanallar ulanmalari filtrlarining ikkilamchi chulgʻamlari yerga ulangan boʻlishi shart. 194. RHA va T qurilmalarida rejali texnik xizmat koʻrsatishlar, sinashlar va avariyadan keyingi tekshirishlar tugagandan soʻng bayonnomalar tuzilishi va releli himoya, elektroavtomatika va telemexanika jurnalida, shuningdek, pasport-bayonnomada tegishli yozuvlar yozilishi shart. RHA va T sxemalari va oʻrnatma qiymatlari oʻzgarganda, jurnalda va pasport-bayonnomada tegishli yozuvlar kiritilishi shart. Shuningdek, prinsipial va montaj sxemalariga hamda ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnomalarga tuzatishlar kiritilishi shart. 195. Teleboshqarilayotgan uskunalarni avtonom boshqaruvga oʻtkazish va uning teskarisi, faqat dispetcher yoki korxona elektr xoʻjaligiga javobgar ruxsati bilan amalga oshiriladi. Podstansiyadagi teleboshqaruvning chiqish zanjirlari ishlashini toʻxtatish uchun umumiy kalitlar yoki oʻchirish qurilmalari qoʻllanilishi shart. Teleboshqaruv zanjirlarini yoki alohida ulanmalarning telesignalizatsiyasini oʻchirish, ajratish qisqichlarida yoki individual oʻchirish qurilmalarida bajarilishi shart. Teleboshqaruv va telesignalizatsiya zanjirlarida teleboshqaruvning umumiy kalitlari va individual oʻchirish qurilmalari bilan barcha operatsiyalarni, faqat dispetcher (tezkor xodim) koʻrsatmasi boʻyicha yoki uni xabardor qilib bajarishga ruxsat beriladi. 196. RHA va T qurilmalarining panellarida (shkaflarda) tezkor xodim kalitlar, qoplagichlar, sinash bloklari va boshqa moslamalar yordamida almashlab ulashni amalga oshirayotganda, barcha ishlatilayotgan rejimlar uchun koʻrsatilgan almashlab ulash qurilmalari holatlarining jadvallari boʻlishi shart. Ushbu almashlab ulash boʻyicha operatsiyalar tezkor jurnalga yozilishi shart. 197. Elektr tarmogʻini taʼminlovchi elementlarning releli himoyani sozlash shartlari boʻyicha va mumkin boʻlgan ekspluatatsiya rejimlarini hisobga olingan va ruxsat etilgan chegaraviy yuklamalari korxona tomonidan energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning dispetcherlik xizmati bilan kelishilishi va davriy ravishda qayta koʻrib chiqilishi kerak. 198. Tezkor xodim quyidagilarni amalga oshirishi shart: RHA va T va boshqaruv panellarida (shkaflarida) almashlab ulash qurilmalari va sinash bloklari qopqoqlari holatining toʻgʻriligi nazoratini, shuningdek, RHA va T va boshqaruv zanjirlarida avtomatik oʻchirgichlar hamda saqlagichlarning yaroqliligi nazoratini; RHA va T qurilmalari holatini mavjud panellar (shkaflar) va apparatlardagi tashqi signalizatsiya qurilmalari bazasida nazorat qilishni; yuqori voltli oʻchirgich va boshqa apparatlarni, shuningdek, avtomatik qayta ulash qurilmalarini, zaxirani avtomatik ulash va qayd qiluvchi asboblarni (indikatorlarni) ishlatib koʻrishni; yuqori chastotali himoya signallari bilan almashuvni va yuqori chastotali teleoʻchirish qurilmalari va avtomatika kanallarining past chastotali apparatlarini, avariyaga qarshi avtomatikaning yuqori chastotali apparatlarining nazorat qilinayotgan parametrlarini oʻlchashni; shinalar himoyasida nobalans tokni va kuchlanish transformatorining uzilgan uchburchagida nobalans kuchlanishni oʻlchashni; avtomatik ossillograflarning avariyaviy yozuv soatlarini yuritib qoʻyishni va boshqalarni. 199. RHA va T qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshiruvchi korxona xizmati xodimlari asosiy eʼtiborni almashlab ulash qurilmalari (kontaktli qoplamalar, boshqaruv kaliti, rubilniklar va boshqalar) va sinash bloklari qopqoqlari holatining toʻgʻriligiga, shuningdek, ularning holati elektr uskunalarining sxemalariga hamda ishlash rejimlariga mosligiga qaratgan holda, davriy ravishda barcha boshqaruv panellari va pultlarini, releli himoya panellarini (shkaflarini), elektroavtomatikani, telemexanikani, signalizatsiyani koʻrikdan oʻtkazishlari shart. RHA va T xizmati xodimlari tomonidan davriy koʻriklaridan oʻtkazilishidan qatʼiy nazar, tezkor xodimlar bajarishi ruxsat etilgan operatsiyalarga tegishli RHA va T elementlarining holati toʻgʻriligiga javob beradi. 200. Releli himoya, elektroavtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 11-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.