VM qarori № 712, 20-boʻlim

11-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan podstansiyalar va TQlar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

181. Podstansiyalar va TQlarni oʻchirmasdan koʻrikdan oʻtkazish quyidagi muddatlarda amalga oshirilishi shart: doimiy navbatchi xodimlari bor obyektlarda 3 sutkada kamida 1-marta; sutkaning qorongʻi vaqtlarida, razryadlarni va tojlanishni aniqlash uchun 1 oyda kamida 1-marta; doimiy navbatchi xodimlari yoʻq obyektlarda 1 oyda kamida 1-marta, transformator va taqsimlovchi punktlarida esa 6 oyda kamida 1-marta; qisqa tutashuv oʻchirilgandan keyin. Yomon ob-havoda (kuchli tuman, hoʻl qor, muzlash va shunga oʻxshash) yoki OTQda kuchli ifloslanish boʻlganda, qoʻshimcha koʻrikdan oʻtkazishlar tashkil etilishi shart. Barcha aniqlangan nosozliklar uskunalar nuqsonlari va buzuqliklari jurnaliga yozilishi shart; bundan tashqari, ular haqidagi maʼlumot elektr xoʻjaligiga javobgarga xabar qilinishi kerak. Aniqlangan nosozliklar qisqa muddatlarda bartaraf etilishi shart. 182. Kuchlanishi 3 kV va undan yuqori boʻlgan taqsimlovchi qurilmalarning tezkor blokirovkalari mexanik blokirovkalardan tashqari, doimo plombalangan boʻlishi shart. Bevosita almashlab ulashni bajaradigan xodimlarga oʻzboshimchalik bilan blokirovkalarni ishlashdan chiqarish man etiladi. 183. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan podstansiyalar va TQlarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 10-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.