VM qarori № 712, 22-boʻlim

13-bob. Elektr oʻlchash vositalari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

201. Har bir korxonada davlat standartlari va idoraviy nizomlarga muvofiq majburiyatlari elektr energiyasini oʻlchash va hisobga olish vositalarini davriy koʻrikdan oʻtkazish va ularga profilaktik xizmat koʻrsatishdan, mazkur vositalarning holatini nazorat qilishdan, tekshirishdan iborat boʻlgan metrologiya xizmati yoki shunday xizmat funksiyasini bajaruvchi boʻlinma tashkil etilishi shart. Metrologiya xizmati (boʻlinma) “Oʻzstandart” agentligining NTH va idoraviy metrologiya xizmati organlari talablariga muvofiq qiyoslovchi va taʼmirlovchi uskunalari va namunaviy oʻlchov vositalari bilan jihozlangan boʻlishi shart. Mazkur xizmatlarning faoliyati davlar standartlariga va metrologik xizmat haqidagi idoraviy nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi. 202. Podstansiyalar va TQlarda elektr energiyasini oʻlchash va hisoblash vositalarining ishini, shu jumladan qayd qiluvchi asboblar va avariya rejimida yozuv avtomatik tezlatiladigan asboblar ishlashining kuzatuvini korxonaning rahbariyati (elektr xoʻjaligiga javobgar) qarori bilan aniqlangan boʻlinmalarning navbatchisi yoki tezkor taʼmirlovchi xodimi olib boradi. 203. Elektr energiyasini oʻlchash va hisoblash vositalarining tashqi elementlari butunligi hamda tozaligiga ular oʻrnatilgan uskunaga texnik xizmat koʻrsatuvchi xodim javob beradi. Elektr energiyasini oʻlchash va hisoblash vositalari ishidagi barcha nosozliklar haqida xodim zudlik bilan korxonaning metrologik xizmati funksiyasini bajaruvchi boʻlinmasiga xabar berishi shart. Qayd qiluvchi asboblarning normal yozuvini taʼminlash boʻyicha ishlar bilan bogʻlanmagan elektr oʻlchash vositalarini ochishga faqat korxonaning metrologiya xizmati funksiyasini bajaruvchi boʻlinma xodimiga, taʼminlovchilar yoki isteʼmolchilar bilan hisob-kitob uchun oʻrnatilgan oʻlchov vositalarini esa boʻlinma xodimiga ularning vakillari bilan birgalikda ruxsat beriladi. 204. Ikkilamchi zanjirlariga elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan tok va kuchlanish oʻlchov transformatorlarini oʻrnatish va almashtirishni energiya bilan taʼminlovchi tashkilot ruxsati bilan ularni ekspluatatsiya qiluvchi korxona xodimlari bajaradi. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchilar oʻrtasida hisob-kitob oʻtkaziladigan elektr energiyasini hisobga olish asboblari energiya bilan taʼminlovchi tashkilot xodimlari, isteʼmolchi vakili ishtirokida almashtiriladi. Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini qiyoslashni “Oʻzstandart” agentligi yoki u vakolat bergan metrologiya xizmati amalga oshiradi. 205. Elektr energiyasini hisobga olish asboblari ishidagi barcha nuqsonlar va ishlamay qolishlar haqida isteʼmolchi-korxona zudlik bilan energiya bilan taʼminlovchi tashkilotni xabardor qilishga majbur. 206. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot quyidagilarni plombalashi shart: elektr energiyasining hisob-kitobini hisobga olish zanjirlarini, hisobga olish zanjirlarining oraliq klemmalarini, kuchlanish zanjirlarining avtomatik oʻlagichlarini; tok transformatorlarini ikkilamchi choʻlgʻamlarini shuntlash qisqichlari bilan sinash qutilarini va elektr energiyasini hisobga olish asboblarini almashtirish yoki qiyoslash uchun ular oʻchirib qoʻyilganda kuchlanish zanjirlarini ulangan joylarni; elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlarining yuqori kuchlanish tarafida saqlagichlar oʻrnatilgan kamerasi panjaralarini yoki eshiklarini; elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlari ajratgichlarining yuritma dastaklaridagi moslamalarni. Elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlarida saqlagichlarni, ularning butunligini signalli nazoratisiz oʻrnatish man etiladi. 207. Elektr oʻlchash vositalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 12-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.