VM qarori № 649, 8-boʻlim
7-bob. Xavfsiz evakuatsiyani taʼminlash
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
42. Evakuatsiya chiqish joylarining soni, ularning oʻlchamlari, yoritish va tutundan himoyalanish taʼminlanganligi sharoitlari, shuningdek, evakuatsiya yoʻllarining uzunligi shaharsozlik normalari va qoidalaridagi yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak. 43. Evakuatsiya yoʻllaridagi eshiklarni qulflab qoʻyish taqiqlanadi. Xonada odamlar boʻlganida eshiklarni ichki tomonidan oson ochiladigan qilib qulflash mumkin. Evakuatsiya yoʻllaridagi barcha eshiklar binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha erkin ochilishi kerak. 44. Ellik nafar odam yigʻilishi mumkin boʻlgan barcha xonalarda hamda barcha zina kataklarida, oʻtish joylari va boshqa evakuatsiya yoʻllarida evakuatsiya yoritish chiroqlari oʻrnatilishi lozim. 45. Bino va inshootlarda hamda ulardan chiqish eshiklarining ustki qismida evakuatsiya yoʻllarini va chiqish joylarini koʻrsatuvchi yongʻin xavfsizligi belgilari oʻrnatilishi kerak. Odamlar ommaviy boʻladigan bino va inshootlardagi evakuatsiya yoʻllari boʻylab chiqish eshiklarining ustki qismida binoni tark etish yoʻnalishi boʻyicha yashil rangdagi “Chiqish” degan yozuvli yorugʻlik koʻrsatkichlari oʻrnatilishi lozim. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda binoda odamlar boʻladigan vaqt ichida yorugʻlik koʻrsatkichlari yoqilgan holatda boʻlishi kerak. Jamoat bino va inshootlarining xonalari va evakuatsiya yoʻllaridagi chiqish koʻrsatgichlari hamda pol ustidagi yonib turadigan “yuguruvchi yoʻlakcha” tipidagi chiqish yoʻnalishini koʻrsatib turadigan koʻrsatgichlar soz holatda boʻlishi lozim. 46. Xavfsiz evakuatsiyani taʼminlash maqsadida quyidagilar taqiqlanadi: a) yoʻlaklar, tamburlar, galereya, lift xollari, zinapoyalar oldidagi maydonlarni, zinaning qavatlar orasidagi qismini (marsh) va qopqoqli tuyniklarni (lyuklarni) mebel, asbob-uskuna, xar hil buyumlar bilan toʻsib qoʻyish, shuningdek, evakuatsiya eshiklarini mixlab (berkitib) tashlash; b) xonalardan chiqish joylarida (tamburlarda) har xil kiyim quritish joylari, garderob va boshqalarni oʻrnatish hamda turli buyumlarni va materiallarni saqlash (koʻp kvartirali uylar va yakka tartibdagi turar joylar bundan mustasno); v) evakuatsiya yoʻllariga eshiklarni imitatsiya qiladigan vitrajlar, oynalar, ostonalar, turniketlar, suriladigan, koʻtariladigan va aylanadigan eshiklarni hamda odamlarning xonani yoki binoni erkin holda tark etishlariga xalaqit beradigan boshqa turdagi moslamalarni oʻrnatish; g) evakuatsiya yoʻllarida (olovga bardoshliligi V-darajali boʻlgan binolardan tashqari) devorlar, shiftlar, zinapoyalar va zina kataklari hamda pollarni qoplashda, pardozlashda, boʻyoqlashda yonuvchi materiallardan foydalanish; d) yoʻlak, xoll, tambur va zina kataklaridagi oʻzi yopiladigan eshiklarni ochiq holatda ushlash uchun moslamalarini mahkamlab qoʻyish (agar bu maqsadda yongʻin vaqtida avtomatik holda yopilish moslamasi oʻrnatilmagan boʻlsa) hamda ularni olib qoʻyish; e) tutun qoplamaydigan zina kataklaridagi havo purkovchi zonalarni oyna bilan qoplash yoki yopish; j) eshik va darchalarga oʻrnatilgan armaturali oynalarni oddiy oynalarga almashtirish. 47. Texnologik, koʻrgazmali va boshqa uskunalarni oʻrnatishda loyihalash normalariga muvofiq xonalardan zina kataklariga va boshqa evakuatsiya yoʻllariga chiqish (oʻtish) yoʻlaklari taʼminlangan boʻlishi kerak. 48. Evakuatsiya yoʻllaridagi gilamlar, gilam poyandozlar va boshqa oʻramli qoplamalar polga mustahkam qotirilgan boʻlishi kerak. Ushbu qoplamalarni vestibyul va zina kataklariga joylashtirish taqiqlanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 7. 6-bob. Bino, inshoot va xonalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 9. 8-bob. Texnologik jarayonni tashkil etishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 43-bob. Tashkiliy-texnik tadbirlar
- 54-bob. Yongʻin sodir boʻlganda harakat qilish tartibi
- 6II boʻlim. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan umumiy talablar — 5-bob. Hududlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsiziligi talablari
- 76-bob. Bino, inshoot va xonalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 98-bob. Texnologik jarayonni tashkil etishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 109-bob. Moddalar va materiallarni saqlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 112-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni hamda yonuvchi gazlarni saqlash, tashish va tarqatishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 123-§. Temir yoʻl sisternalari va quyish-toʻkish estakadalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.