VM qarori № 649, 4-boʻlim

3-bob. Tashkiliy-texnik tadbirlar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

6. Tashkilot rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning) yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlariga quyidagilar kiradi: a) “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar hamda ushbu Qoidalarning talablariga har bir obyektda rioya etilishini va bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash; b) tarkibiy tuzilmalar nizomlarida va obyekt xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarni nazarda tutish; v) obyekt boʻyicha buyruq bilan: obyektning texnologik uskunalarini, shamollatish va isitish tizimlari, yashindan himoya qiluvchi va yerga ulash moslamalarini, aloqa va xabar berish vositalarini, yongʻinga qarshi texnik himoya vositalarini soz holda saqlash va foydalanish uchun hamda tashkilotning obyektlarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha masʼul shaxslarni tayinlash; har bir obyekt uchun uning yongʻin xavfliligiga koʻra yongʻinga qarshi rejimini belgilaydigan yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalari ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq ishlab chiqilishini taʼminlash; olovli va boshqa yongʻin xavfi mavjud ishlarni xavfsiz bajarish tartibi va vaqtini belgilash hamda ular bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish; obyektning xodimlari oʻrtasida yongʻin sodir boʻlgan vaqtdagi majburiyatlarini taqsimlash; g) tegishli yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish orqali xodimlarni yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlariga oʻrgatishni va ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq yongʻin-texnik minimum boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazishni tashkil etish; d) yongʻin sodir boʻlganda uning sababini, sodir etilishi va rivojlanishi (tarqalishi) sharoitlarini, yongʻin kelib chiqishida va yongʻin xavfsizligi talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash choralarini koʻrish; e) ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligi haqidagi maʼlumotlardan iborat axborot stendlarini tashkil etish, shuningdek, ular oʻz vaqtida yangilanishini taʼminlash. 7. Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik obyektlarda, yirik ijtimoiy-madaniy obyektlarda, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga kiritilgan, portlash-yongʻin xavfi muhitini paydo qilishga qodir boʻlgan moddalar ishlatiladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlov beriladigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilinadigan obyektlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan yongʻinlarning oldini olish va ularni oʻchirish boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida yongʻin-texnik komissiyasi tuzilishi hamda ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq obyektning yongʻin xavfsizligi pasporti ishlab chiqilishi kerak. (7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 8. Yongʻinda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish, yongʻinlarni samarali oʻchirish, shuningdek, yongʻinga qarshi himoya vositalari joylashgan joylarni belgilash maqsadida bir vaqtning oʻzida qavatida 10 nafardan ortiq odamlar boʻladigan bino va inshootlarning (turar joylardan tashqari) yoʻlaklari va evakuatsiya yoʻllarining koʻrinadigan joylarida quyidagilar: ushbu Qoidalarga 5-ilovaga muvofiq ishlab chiqilgan yongʻin vaqtida binoni tark etish evakuatsiya rejasi (sxemasi) oʻrnatilgan boʻlishi; davlat standarti talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yongʻin xavfsizligi belgilari joylashtirilgan boʻlishi kerak. 9. Tashkilotlarning xodimlari hamda fuqarolar quyidagilarga majburdirlar: a) normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, normativ hujjatlarda, davlat yongʻin nazoratining hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan yongʻin xavfsizligi talablariga amal qilishga; b) gaz va maishiy elektr asboblaridan, maishiy-kimyo vositalaridan foydalanishda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan hamda yongʻin xavfliligi jihatidan xavfli boʻlgan boshqa moddalar, materiallar va uskunalar yordamida ishlarni bajarishda ehtiyotkorlik choralarini koʻrishga; v) yongʻinni sezib qolganda zudlik bilan bu haqda yongʻindan saqlash xizmatiga xabar berishga hamda odamlarni, mol-mulkni evakuatsiya qilish va yongʻinni oʻchirish yuzasidan choralar koʻrishga. 10. Obyektlar ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq soz holatdagi yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va boshqa yongʻin texnikasi, shuningdek, tezkor aloqa vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. 11. Ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar eshiklarining (darvozalarining) tashqi tarafiga, shuningdek, tashqi qurilmalarning hududiga ushbu Qoidalarga 7-ilovaga muvofiq portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarning hamda zonalar sinfining belgisi oʻrnatilishi kerak. 12. Portlab yonish va yongʻin xavfliligi boʻyicha “A” va “B” toifalariga mansub xonalarning eshiklariga qoʻshimcha ravishda ushbu Qoidalarga 8-ilovaga muvofiq yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarining maʼlumot kartasi oʻrnatilishi kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.