VM qarori № 649, 11-boʻlim

2-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni hamda yonuvchi gazlarni saqlash, tashish va tarqatishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

72. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni ish joylariga yetkazib berish markazlashtirilgan holda amalga oshirilishi kerak. Smena ehtiyoji 200 L gacha boʻlganda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni xavfsiz germetik qadoqlarda ish joyiga yetkazib berishga ruxsat etiladi. 73. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarni toʻkishda (quyishda) sigʻimlarning germetikligini taʼminlovchi va bugʻlarni ushlab turuvchi avtomatlashtirilgan quyish moslamalaridan foydalanish lozim. Bunda hudud atrofidagi havoda gaz yigʻilib qolishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak. 74. Texnologik apparatlarni va sigʻimlarni toʻldirish va boʻshatish uchun uskunalardan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni ochiq oqim bilan quyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 75. Toʻkilgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni sorbent materiallar (qipiq, qum) yoki boshqa yongʻinga qarshi vositalar yordamida zudlik bilan yigʻib olish hamda binolar va tashqi qurilmalar hududidan olib chiqilishi lozim. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarning avariyaviy toʻkilishini bartaraf etish uchun obyektda avariyaviy sorbent zaxirasi boʻlishi kerak. 76. Texnologik shartlarga koʻra ochiq qurilmalar, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar boʻlgan sigʻimli idishlar va konteynerlardan foydalanishni taqiqlab boʻlmaydigan sexlarda quyidagilarni taʼminlash zarur: a) ochiq vannalar va sigʻimlarda soz holatdagi uchqundan xavfsiz qopqoqlarning boʻlishini hamda ularni ishlatilmayotgan paytda va yongʻin davrida yopilishini; b) suyuqlikni statsionar vannalar va sigʻimlardan avariyaviy toʻkib olinishini. 77. Toʻkish-quyish jarayonida idishlar toshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Isitiladigan yoki yozda uzoq muddat saqlanadigan rezervuarni yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar bilan toʻldirishda suyuqlik miqdori (rezervuarning toshib ketishining oldini olish uchun) qizdirilganda suyuqlikning kengayishini hisobga olgan holda belgilanishi kerak. 78. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar bilan ishlashda sintetik matolardan tikilgan maxsus kiyimlardan foydalanish taqiqlanadi. 79. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar omborlari hududiga, shuningdek, ushbu omborlar estakadalariga qayta ishlangan gazni chiqarib yuborish tizimlarida uchqun soʻndirgichi boʻlmagan va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan jihozlanmagan traktorlar, avtomobillar, teplovozlar va boshqa ichki yonish dvigatelli transport vositalarining kirishi taqiqlanadi. 80. Yuklarni tushirish paytida, rezervuarlarni koʻrikdan oʻtkazishda, namuna olish yoki suyuqlik darajasini oʻlchashda ish joyini yoritish uchun portlashdan himoyalangan fonarlardan foydalanish kerak. Yuklarni ortish va tushirish ishlari olib boriladigan joylarda ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi. 81. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan shisha idishlar germetikligi yoʻqotilishini istisno qilish maqsadida yonmaydigan taglik va boʻsh joylari singdiruvchi materiallar bilan toʻldirilgan yogʻoch, plastmassa, metalldan tayyorlangan mustaxkam qutilarga qadoqlanadi. Qutilarning devorlari yopilgan shisha idishlardan 5 sm dan balandroq boʻlishi kerak. 82. Sigʻimi 30 L dan ortiq boʻlgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar saqlanadigan shisha idishlarni ustma-ust saqlanishi hamda ularni stellajlarga yoki shtabellarga qoʻyish taqiqlanadi. 83. Omborlarda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar barabanlarini qoʻlda joylashtirishda polga 2 qatordan koʻp boʻlmagan tarzda oʻrnatish kerak, mexanizatsiyalashtirilgan joylashtirishda — yonuvchi suyuqliklar 5 qatordan oshmasligi, yengil alangalanuvchi suyuqliklar esa — 3 ta qatordan oshmasligi kerak. Shtabelning kengligi 2 ta barabandan katta boʻlmasligi lozim. Barabanlarni tashish uchun asosiy oʻtish joylarining kengligi kamida 1,8 m, shtabellar orasi esa kamida 1 m boʻlishi kerak. 84. Toʻldirilgan barcha ballonlarning ventillari va rezbali ulanish joylarining germetikligi tekshirilishi kerak. 85. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar oqib (sizib) chiqish holatlarida quyidagilarni bajarish kerak: a) barcha texnologik operatsiyalarni, shuningdek, yongʻinga xavfli vaziyatni qurshab olish va bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlmagan transport vositalarining harakatini toʻxtatish, mumkin boʻlgan yondirish manbaini (olov, uchqun va boshqalar) bartaraf etish; b) voqea joyiga avariya xizmatlarini va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini chaqirish. Temir yoʻl liniyalari kirgan obyekt hududida avariya holati yoki toʻkilgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning yonishi kuzatilganda darhol temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga xabar berish kerak. Xabarda yongʻin xavfi yoki yongʻinning xususiyati, sisterna-vagonlarda tashilayotgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning nomi, ularning miqdori maʼlum qilinishi kerak. 86. Havo sharlarini va shunga oʻxshash boshqa buyumlarni toʻldirish (shishirish) uchun yonuvchi gazlardan foydalanish taqiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.