VM qarori № 649, 10-boʻlim
9-bob. Moddalar va materiallarni saqlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
66. Moddalar va materiallarni saqlash (joylashtirish) ularning agregat holati, saqlash muvofiqligi, shuningdek, oʻchiruvchi moddalarning bir xilligini hisobga olgan holda ushbu Qoidalarga 10-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi. Obyektlarda nomaʼlum tarkibli, portlovchi va yonish xavfi boʻyicha xususiyatlari oʻrganilmagan moddalar va materiallardan foydalanish va saqlash taqiqlanadi. 67. Havo, suv, yonuvchan moddalar bilan tasirlashganda oʻz-oʻzidan yonib ketishi yoki portlovchi aralashmalar (kalsiy karbidi va boshqa karbidlar, ishqoriy metalllar, natriy gidridi, bariy peroksidi va boshqalar) hosil qilishi mumkin boʻlgan kimyoviy reaktivlar bunday tasirlanishni butunlay istisno qiladigan, shuningdek, yuqori harorat va mexanik taʼsirlardan xoli maxsus sharoitlarda saqlanishi kerak. 68. Mahsulotlarni omborlarda saqlash uning holatini nazorat qilish uchun erkin kirish imkoni yaratilgan holda amalga oshirilishi kerak. Oʻtish joylari va saqlash joylari polda aniq koʻrinadigan chegara chiziqlari bilan belgilanishi kerak. Stellajlar (shtabellar, saqlash joylari) orasidagi oʻtish yoʻllari boʻsh boʻlishi kerak. Stellajlar (shtabellar, saqlash joylari) orasidagi kengligi kamida 1 m boʻlgan yoʻlaklar, maydoni 300 m2 dan ortiq boʻlgan omborxonalarda esa devor bilan shtabellar (stellaj) oʻrtasida qoʻshimcha ravishda 0,8 m yoʻlaklar qoldirilishi lozim. Chiroqlardan saqlanadigan tovarlargacha boʻlgan masofa 0,5 m dan kam boʻlmasligi kerak. 69. Omborxona binolari va xonalarida moddalar va materiallarni joylashtirish rejasi osib qoʻyilishi kerak. Ushbu rejalarda moddalar va materiallarning saqlash joylari, shuningdek, ularning fizik va kimyoviy xususiyatlari aks ettirilishi lozim. 70. Portlab yonish va yongʻin xavfi boʻlgan moddalar va mahsulotlarni ishlab chiqarish xonalarida (agar bu ishlab chiqarish uchun zarur boʻlsa), bir smena ehtiyojlaridan ortiq boʻlmagan miqdorda saqlashga ruxsat etiladi. Bunda ular maxsus ajratilgan joylarda, mahkam berkitiladigan yonmaydigan shkaf yoki qutilarda saqlash shart. 71. Konteynerlarni ochish, sozligini tekshirish hamda kichik taʼmirlash ishlari, mahsulotlarni qadoqlash, yongʻinga xavfli suyuqliklarning (nitro boʻyoqlar, lok va boshqa yonuvchi suyuqliklarning) aralashmalarini tayyorlash bilan bogʻliq barcha ishlar saqlash joylaridan ajratilgan (izolyatsiyalangan) xonalarda amalga oshirilishi kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 9. 8-bob. Texnologik jarayonni tashkil etishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 11. 2-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni hamda yonuvchi gazlarni saqlash, tashish va tarqatishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 6II boʻlim. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan umumiy talablar — 5-bob. Hududlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsiziligi talablari
- 76-bob. Bino, inshoot va xonalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 87-bob. Xavfsiz evakuatsiyani taʼminlash
- 98-bob. Texnologik jarayonni tashkil etishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 112-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni hamda yonuvchi gazlarni saqlash, tashish va tarqatishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 123-§. Temir yoʻl sisternalari va quyish-toʻkish estakadalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 134-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning rezervuar parklariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 14III boʻlim. Muxandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda umumiy yongʻin xavfsizligi talablari — 10-bob. Elektr uskunalari va yashindan himoya
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.