VM qarori № 649, 6-boʻlim

II boʻlim. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan umumiy talablar — 5-bob. Hududlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsiziligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

17. Aholi yashash punktlari va tashkilotlarning hududlari hamda tashkilotlarga, turar joylarga, dala hovlilarga va boshqa qurilmalarga tutash qismlari oʻz vaqtida yonuvchi chiqindilar, axlatlar, qadoqlar, xazonlar, quruq oʻtlar va boshqa yonuvchi buyumlardan tozalanishi kerak. Yonuvchi chiqindilar, axlatlar va shu kabi boshqa buyumlarni maxsus ajratilgan maydonlardagi yonmaydigan materialdan ishlangan konteynerlarga yoki qutilarga yigʻish va keyinchalik hududdan olib ketish lozim. 18. Bino va inshootlarning yongʻinga qarshi oraliqlarida turli buyumlarni, asbob-uskunalarni, qadoqlarni va transport vositalarini saqlash hamda bino va inshootlarni qurish (oʻrnatish) taqiqlanadi. 19. Hudud va xonalarning joylashtirilishi, binolarning olovga bardoshlilik darajasi, ularning orasidagi yongʻinga qarshi masofalar, xonalardan chiqish eshiklari amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi va yongʻin xavfsizligi taʼminlangan holatda saqlanishi kerak. 20. Binolarga, inshootlarga, ochiq omborlarga, suv taʼminoti manbalariga, statsionar oʻt oʻchirish narvonlariga va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga olib boruvchi yoʻllarni, tor koʻchalarni va oʻtish joylarini toʻsib va yopib qoʻyish taqiqlanadi. Yoʻllar va tor koʻchalar qishda qordan va muzlardan tozalanishi kerak. 21. Yoʻllar va tor koʻchalarni taʼmirlash uchun yopilishi yoki yongʻin oʻchirish avtomobillarining erkin harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan boshqa sabablar haqida yongʻin-qutqaruv xizmatiga darhol xabar berilishi hamda ushbu joylarga toʻsib qoʻyilgan yoʻl qismini eng yaqin aylanib oʻtish yoʻnalishini koʻrsatuvchi belgilar oʻrnatilishi yoki yoʻlning taʼmirlanayotgan qismidan oʻtish imkoni yaratilishi kerak. 22. Vaqtinchalik qurilmalar, doʻkonlar, kiosklar va shu kabilarni boshqa bino va inshootlardan kamida 15 m masofada (agarda boshqa normalar bilan kattaroq yongʻinga qarshi oraliq masofa talab etilmasa) yoki yongʻinga qarshi devorlar oldiga joylashtirish lozim. Sanoat korxonalarining hududida (qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan hududlardan tashqari) vaqtinchalik yonuvchan bino va inshootlarni, shu jumladan, vagon va konteynerlarni qurish (oʻrnatish) taqiqlanadi. 23. Ish joylarida, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan joylarda, shu jumladan, avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida, tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan va “Chekish joyi” belgisi oʻrnatilgan joylardan tashqari, chekish taqiqlanadi. 24. Yoqib yuborish yoʻli bilan zararsizlantirishga ruxsat etilgan chiqindilarni yoqish muassasa xodimlarining nazorati ostida va shamolsiz ob-havoda maxsus ajratilgan joylarda amalga oshiriladi. 25. Yongʻinga qarshi suv manbalarini, tashqi yongʻin narvonlarini, bino va inshootlarga kirish joylarini tezda topish uchun tashkilotlar hududi yetarli darajada tashqi yoritish chiroqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. 26. Turar joylar, dala hovlilar va tashkilotlarning hududidagi ochiq maydonlarda ichida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar boʻlgan idishlarni hamda siqilgan va suyultirilgan gaz bilan toʻldirilgan ballonlarni qoldirish taqiqlanadi. 27. Ishlab chiqarish korxonalari, shifoxonalar, sanatoriylar va sogʻlomlashtirish muassasalarining hududiga kirish joylarida mavjud va qurilayotgan bino va inshootlar, hududga kirish joylari, hudud ichidagi yoʻllar va yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalari koʻrsatilgan sxemalar osib qoʻyilishi kerak. Sxemalar quyosh nuriga, qor va yomgʻirga chidamli materiallardan ishlanishi lozim. Darvozalar, shlagbaumlar va hududga kirishni cheklaydigan boshqa qurilmalar mexanizatsiyalashtirilgan boʻlsa, ularni qoʻlda ochish imkoni boʻlishi kerak. 28. Obyektlar (yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardan tashqari), dala hovlilar va turar joylar hududida quyidagilar bajarilgan taqdirda ovqat tayyorlash uchun maxsus moslamalar joylashtirilishi mumkin: a) yonish maydoncha tashqarisiga tarqalishining oldini olish choralari koʻrilganda; b) yonish jarayoni doimiy nazoratga olinib, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari (oʻt oʻchirgich, suv bilan toʻldirilgan sigʻim, belkurak va boshqalar) bilan taʼminlanganda. Ovqat tayyorlanib boʻlgandan soʻng, yonayotgan va choʻgʻlanayotgan materiallar toʻliq oʻchirilishi kerak. 29. Tandirlarni joylashtirishda ushbu hududda shamol esishining asosiy yoʻnalishi hisobga olinishi hamda tandir xoʻjalik qurilmalari va turar joyga nisbatan shamol esadigan tomonga qaratib oʻrnatilishi lozim.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.