VM qarori № 649, 5-boʻlim

4-bob. Yongʻin sodir boʻlganda harakat qilish tartibi

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

13. Har bir fuqaro yongʻinni sezganda quyidagilarni bajarishi majbur: a) zudlik bilan “101” telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda — FVV) yongʻin-qutqaruv boʻlinmasiga xabar berish (xabarda voqea sodir boʻlgan manzil, yongʻin chiqqan joy va oʻzining familiyasini aytish); b) odamlarga xabar berish va ularni evakuatsiya qilish choralarini koʻrish; v) imkon qadar mavjud yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan yongʻinni oʻchirish choralarini koʻrish. 14. Yongʻin joyga yetib kelgan tashkilot rahbari (mansabdor shaxs): a) odamlar hayotiga xavf tugʻilgan taqdirda, ularni mavjud kuch va vositalar yordamida qutqarish choralarini koʻrishga; b) zarur boʻlganda elektr energiyasini (yongʻinga qarshi himoya tizimidan tashqari) oʻchirish, yuklarni tashishga moʻljallangan moslamalar, agregatlar, apparatlarning ish faoliyatini toʻxtatish, xom ashyo, gaz, bugʻ va suv kommunikatsiyalarini yopib qoʻyish, avariya roʻy bergan va unga tutash xonalarning shamollatish tizimi ishini toʻxtatish, xonalar tutun bilan qoplanishi va yongʻin tarqalishining oldini olishga imkon beradigan boshqa choralarni koʻrishga; v) yongʻinni oʻchirishga qaratilgan ishlardan tashqari binodagi barcha ishlarni toʻxtatishga (agar ishlab chiqarishning texnologik jarayoni boʻyicha mumkin boʻlsa); g) yongʻinni oʻchirishga jalb etilgan xodimlardan tashqari barcha xodimlarni xavfli hudud tashqarisiga chiqarishga; d) yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari yetib kelgunga qadar (obyektning oʻziga xosligini hisobga olgan holda) yongʻinni oʻchirishda umumiy rahbarlik qilishga; e) yongʻinni oʻchirishda ishtirok etayotgan xodimlar xavfsizlik talablariga rioya qilishlarini taʼminlashga; j) yongʻin oʻchirish bilan bir vaqtda odamlarni evakuatsiya qilish va moddiy boyliklarni himoya qilishni tashkil etishga; z) yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini kutib olishni va yongʻin sodir boʻlgan joyga qisqa yoʻl bilan olib borishni tashkil etishga majbur. 15. Tashkilot (obyekt) rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs) yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi yongʻinga yetib kelishi bilan yongʻinni oʻchirish rahbariga yongʻin joyi haqida, xonalarda odamlarning mavjudligi, yordamga muhtojlar hamda yongʻinni oʻchirishga jalb etilganlar, saqlanayotgan va ishlatilayotgan moddalar, materiallar, mahsulotlarning miqdori va yongʻinni oʻchirish boʻyicha koʻrilgan choralar haqida axborot berishi kerak. 16. Tashkilot (obyekt) rahbari (mansabdor shaxsi) yongʻinni oʻchirish shtabi tarkibiga kiritilganda: a) yongʻinni oʻchirish rahbari tomonidan berilgan vazifalarni bajarilishini taʼminlashga; b) obyektning xususiyatlari, tutash bino va inshootlar haqida yongʻinni oʻchirish rahbariga maʼlumot taqdim etishga; v) yongʻinni oʻchirish rahbari tomonidan berilgan vazifalar bajarilishida obyekt xodimlarining harakatlarini muvofiqlashtirishga majbur.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.