VM qarori № 649, 7-boʻlim

6-bob. Bino, inshoot va xonalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

30. Obyektlar, ushbu Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. 31. Binolar, inshootlar va xonalardan, asbob-uskunalardan, jihozlardan faqat loyiha va ekspluatatsion-texnik hujjatlarda belgilangan maqsadlarda va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilingan holda foydalanish kerak. Belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihasiz konstruktiv, hajmiy-loyihaviy va muhandislik-texnik yechimlarga oʻzgartirish kiritilishi taqiqlanadi. 32. Binolar, inshootlar va xonalardagi yongʻinga qarshi tizimlar va qurilmalar (tutunga qarshi himoya, yongʻin avtomatikasi vositalari, yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlari, yongʻinga qarshi eshiklar, parda va klapanlar, tutun chiqarish lyuklari, yongʻinga qarshi devor va shiftlardagi boshqa himoya moslamalari va shu kabilar) doimo soz va ishchi holatda boʻlishi kerak. 33. Eshiklarning oʻzini yopadigan moslamalari doimo soz holatda boʻlishi zarur, tutunga qarshi va yongʻinga chidamli eshiklarning oson ochilishiga yoki yopilishiga toʻsqinlik qiluvchi biron-bir moslama oʻrnatish mumkin emas. 34. Qurilish konstruksiyalari, yonuvchi, pardozlash va issiqlikni tutuvchi materiallarning, uskunalarning metalldan ishlangan ustunlarning (tirgaklarning) olovdan himoyalash qoplamlari (olovdan himoyalash xususiyatlarini yoʻqotish va pasaytirishni hisobga olgan holda suvoqlar, maxsus boʻyoqlar, lok va shu kabilar) buzilishi holatlari darhol bartaraf etilishi kerak. Meʼyor talablari asosida ishlov berilgan (shimdirilgan) yogʻoch konstruksiyalari, dekoratsiya va matolar olovdan himoyalash tarkibining taʼsir muddati tugagan yoki himoyalash xususiyatini yoʻqotgan boʻlsa, ularga takroran ishlov berilishi (shimdirilishi) lozim. Olovdan himoyalash tarkibi bilan ishlov berilgan (shimdirilgan) konstruksiya va materiallarning holati yiliga kamida 2-marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari tegishli hujjatlarda (dalolatnoma, jurnalda) qayd etiladi. 35. Har xil muhandislik va texnologik kommunikatsiyalar, yongʻinga qarshi devor, orayopmalar va toʻsuvchi konstruksiyalar bilan kesishgan joyda hosil boʻlgan teshik va tuynuklar qurilishda ishlatiladigan qorishmalar yoki yonmaydigan materiallar bilan suvab (berkitib) tashlanishi kerak, bunda tutun va gazni oʻtkazmasligi hamda talab darajasida olovga bardoshlilik chegarasi taʼminlanishi kerak. 36. Xonalarni qayta loyihalashtirishda, ularning funksional vazifasi oʻzgartirilganda yoki yangi texnologik uskunalar oʻrnatilayotganda amaldagi qurilish va texnologik loyihalash normalarining yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilish kerak. Xonalar ijaraga berilganda ijaraga oluvchilar tomonidan ushbu turdagi bino uchun yongʻinga qarshi rejim bajarilishi kerak. 37. 1000 nafar va undan ortiq odam sigʻimiga ega boʻlgan muassasalarda eng yaqin yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri telefon aloqasi oʻrnatilishi kerak. 38. Tashkilotlarning xonalarida, bino va inshootlarda (yakka tartibdagi turar joylardan tashqari) quyidagilar taqiqlanadi: a) yertoʻla va sokol qavatlarida, yoʻlaklarda, zina kataklarida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni, porox, portlovchi moddalarni, gaz ballonlarini, aerozol idishdagi tovarlarni, selluloid va boshqa portlash xavfi bor modda va materiallarni saqlash va foydalanish, amaldagi normativ hujjatlarda keltirilgan holatlar bundan mustasno; b) chordoqlar, texnik qavatlar, shamollatish tizimi oʻrnatilgan va boshqa texnik xonalardan ishlab chiqarish uchastkalari, ustaxonalar sifatida foydalanish hamda ushbu joylarda mahsulotlar, uskunalar, mebellar va boshqa buyumlarni saqlash; v) lift xollariga hujra, kiosk, savdo shoxobchalari va shu kabilarni joylashtirish; g) yertoʻla va sokol qavatlaridan chiqish eshiklari umumiy zinapoya katakchalaridan alohida ajratilmagan boʻlsa, ularda yonuvchi materiallarni saqlash omborlari va ustaxonalarni tashkil etish hamda boshqa xoʻjalik xonalarini joylashtirish; d) loyihada koʻzda tutilgan vestibyul va xollar, yoʻlaklar, tambur va zina kataklarining eshiklarini olib tashlash; e) balkon va lodjiyalarning eshik va lyuklarini, qoʻshni xonaga oʻtish yoʻlaklari va tashqi qutqaruv zinalariga chiqish joylarini mebel, uskuna va boshqa buyumlar bilan toʻsib qoʻyish; j) benzin, kerosin va boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan foydalangan holda xonalarni tozalash va kiyimlarni yuvish, shuningdek, kavsharlash lampasi va ochiq olovdan foydalangan holda yaxlab qolgan (muzlagan) quvurlarni eritish; z) belgilangan tartibda tasdiqlangan norma va qoidalarda nazarda tutilgan holatlardan tashqari derazalarga ochilmaydigan panjaralar oʻrnatish; i) yongʻin vaqtida xavfsizlik zonasiga kiruvchi lodjiya va balkonlarni oynalar bilan qoplash; k) zina kataklarida va yoʻlaklarda hujralar tashkil etish, shuningdek, zinaning qavatlar orasidagi qismida (marsh) va maydonlarida buyumlar, mebel va boshqa yonuvchi materiallarni saqlash (binoning birinchi va sokol qavatlaridagi zina kataklari ostida faqat markaziy isitish tizimini boshqarish tarmoqlari, suv oʻlchagich tarmoqlari va elektr shchitlari oʻrnatilgan devorlari yonmaydigan materiallardan ishlangan xonalarni joylashtirish mumkin); l) omborlar va boshqa ishlab chiqarish xonalarida (olovga bardoshliligi V-darajali binolardan tashqari) yonuvchi va qiyin yonuvchi materiallardan hamda tunuka metalldan yasalgan antresollar, shuningdek, boshqa ichki xonalarni tashkil etish. 39. Bino va inshootlarning tashqi yongʻin narvonlari va tom ustidagi toʻsiqlar doimo soz holda boʻlishi va yiliga kamida 2 marotaba chidamliligi boʻyicha sinovdan oʻtkazilishi kerak. Tekshirish natijalari tegishli hujjatlarda (dalolatnoma, jurnalda) qayd etiladi. 40. Chordoqlar, texnik qavatlar va yertoʻlalarning derazalari oyna bilan qoplangan, ularning eshiklari qulflangan holatda boʻlishi lozim. Eshiklarga kalit qayerda saqlanishi yozib qoʻyilishi kerak. Bino va inshootlarning yertoʻla va sokol qavatlaridagi yorugʻlik darchalari muntazam ravishda yonuvchi axlatlardan tozalanib turilishi kerak. Ushbu yorugʻlik darchalarini va derazalarni ochilmaydigan qilib yopib tashlash taqiklanadi. 41. Tomosha, ovqatlanish, koʻrgazma, savdo-sotiq, birja, ibodat xonalari va boshqa zallar (xonalar), tribunalar, shuningdek, katta va boshqa odamlar ommaviy boʻladigan xonalarga tashrif buyuruvchilar soni, loyihalash boʻyicha meʼyoriy hujjatlarda belgilanganidan yoki evakuatsiya yoʻllarining odamlarni chiqara olish qobiliyatini inobatga olgan holda hisoblash orqali aniqlangan sonidan koʻp boʻlishi taqiqlanadi. Loyihalash boʻyicha normativ hujjatlarda hisoblash uchun koʻrsatkichlar boʻlmasa, zallardan (xonalardan) odamlarning evakuatsiyasini taʼminlash vaqtini 2 min, bitta odamga toʻgʻri keladigan maydonni esa 0,75 m2 deb hisoblash lozim.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.