VM qarori № 649, 12-boʻlim

3-§. Temir yoʻl sisternalari va quyish-toʻkish estakadalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

87. Estakadada mahsulotlarni toʻkish va quyish vaqtida manevr ishlarini bajarish taqiqlanadi. Ikki tomonlama estakadalarda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni quyish va toʻkishda, quyish-toʻkish jarayoni tugamaguncha ikkinchi yoʻlga sisterna kiritilishi taqiqlanadi. 88. Quyish-toʻkish ishlari boshlanishidan oldin sisternalar uchqun hosil qilmaydigan materialdan tayyorlangan maxsus tormoz boshmoqlari yordamida relsga mahkamlanadi. 89. Sisternaning nosoz ostki quyish qurilmalarini ularning konstruksiyalarida koʻzda tutilmagan moslamalar, shuningdek, uchqun chiqaruvchi materialdan yasalgan moslamalar yordamida ochishga ruxsat etilmaydi. 90. Mahsulotni quyish-toʻkish harakatlari tugagach quyish-toʻkish ustunlari, quvurlar, vakuum va ochish uchun moʻljallangan idishlar, oʻlchagichlar, mahsulot qabul qilgichlar va boshqa jihozlardan mahsulot boʻshatilishi va sisternalarning lyuk qopqoqlari germetik ravishda yopilishi kerak. 91. Quyish-toʻkish estakadalari hududida sisternalarni taʼmirlash taqiqlanadi. 92. Sisternalardan yonuvchi gazlar toʻkilayotgan sigʻimlar, toʻkish quvurlariga ega boʻlgan sisternalar, shuningdek, toʻkish vaqtida ishlayotgan nasos va kompressorlar qarovsiz qoldirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 93. Quyish-toʻkish ishlari amalga oshirilmayotgan vaqtda sisternani kommunikatsiyalarga ulab turish taqiqlanadi. Yonuvchi gazlarni quyish yoki toʻkish paytida uzoq tanaffus paydo boʻlsa, ulash shlanglari sisternadan uzib qoʻyilishi lozim. 94. Yonuvchi gazlar bilan sisternani toʻldirish jarayonida sisterna qozonidagi gaz darajasini nazorat qilish kerak. Agar mahsulot oqishi (sizib chiqishi) aniqlansa, sisternani toʻldirish toʻxtatiladi, mahsulot toʻkiladi, bosim tushiriladi va nosozlikni aniqlash va bartaraf etish choralari koʻriladi. 95. Taʼmirlash ishlarini olib borishda quyidagilar taqiqlanadi: a) qozonni yuklangan va boʻsh holatida uni degazatsiya qilinishidan oldin taʼmirlash; b) sisterna qozoniga zarba berish; v) uchqun chiqaruvchi vositadan va sisternaga bevosita yaqin tarzda ochiq olovdan foydalanish. 96. Suyultirilgan uglevodorod gazi oqishida (sizib chiqishida) quyidagilarni bajarish lozim: a) suyultirilgan uglevodorod gazini toʻkish (quyish) boʻyicha barcha texnologik operatsiyalarni toʻxtatish, shuningdek, yongʻin xavfi holatini qurshab olish va bartaraf etish bilan bogʻliq boʻlmagan poyezdlar harakati va manevr ishlarini toʻxtatish, potensial yonish manbaini (olov, uchqun va boshqalar) bartaraf qilish; b) suyultirilgan uglevodorod gazi toʻkilgan joydan yonuvchan moddalarni olib tashlash; v) oqishni toʻxtatish va (yoki) sisterna ichidagi suyultirilgan uglevodorod gazini boshqa soz sisternaga (sigʻimga) oʻtkazish; g) suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirilgan sisterna-vagonni xavfsiz zonaga olib borish; d) voqea sodir boʻlgan joyga avariya-qutqaruv boʻlinmalarini va gaz taʼminoti xizmatini chaqirish; e) suyultirilgan uglevodorod gazini tunnellar, yertoʻlalar, kanalizatsiyaga kirishiga yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrish. 97. Agar intensiv oqim boʻlsa, gazning sisternadan butunlay chiqib ketishiga imkon yaratish, bunda 200 m radiusdagi gaz yigʻilishi mumkin boʻlgan zonalarni gaz tarqalib ketkunga qadar kuzatib turish kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.