VM qarori № 649, 79-boʻlim

Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 3-ILOVA. Yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha axborot stendlarini rasmiylashtirishga va mazmuniga qoʻyiladigan TALABLAR

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

Yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha axborot stendi — yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligi asoslari mavzuyidagi profilaktik tusdagi matnli yoki grafikli axborot materiallarini joylashtirish uchun moʻljallangan statsionar qurilma (keyingi oʻrinlarda — stend). Xodimlar soni 15 nafardan ortiq yoki bir vaqtning oʻzida obyektda boʻladigan odamlarning soni 10 nafardan ortiq boʻlgan obyektlarda stendlar rasmiylashtirilishi shart. Stend, undagi maʼlumotlardan keng tanishish imkonini beradigan joylarga joylashtiriladi (masalan, binoning birinchi qavati, tashkilot yoki korxonaning foyesi, obyekt binosiga kirish qismida va hakazo). Stendga borish yoʻli obyektning ish vaqti mobaynida ochiq boʻlishi va hech qanday tashqi toʻsiqlar bilan cheklanmasligi kerak. Axborot stendlarini kamida 490 x 770 mm oʻlchamda, bir xil uslubda tayyorlash, profilaktika materiallarini joylashtirish uchun qutilar soni A4 formatida kamida 4 ta boʻlishi tavsiya etiladi. Stendlarga joylashtirish uchun axborot materiallarining roʻyxati: asosiy yongʻin xavfsizligi talablari va yongʻin sodir boʻlgandagi harakatlar; uy-roʻzgʻorda yongʻin xavfsizligi choralari; jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish tartibi; obyektning yongʻin xavfsizligi holati, sodir boʻlgan yongʻinlar (favqulodda vaziyatlar), ularning sabablari va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; profilaktik varaqalar, broshyuralar va boshqalar.; yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining “101” chaqiruv raqami va boshqalar.; biriktirilgan davlat yongʻin nazorati inspektori haqida maʼlumot (F.I.O., ish telefoni). Yongʻin xavfsizligi masalalari bilan bogʻliq boʻlmagan maʼlumotlarni stendlarga joylashtirish taqiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.