VM qarori № 649, 81-boʻlim
Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 5-ILOVA. Evakuatsiya qilish rejalariga qoʻyiladigan TALABLAR
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1. Evakuatsiya qilish rejasi (keyingi oʻrinlarda — reja) obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanishi hamda grafik va matnli qismlardan iborat boʻlishi kerak. 2. Rejaning grafikli qismini tuzishda quyidagilarni hisobga olish kerak: a) qavat rejasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: zinapoyalar, liftlar va lift xollari, yashash xonalari, maishiy-xoʻjalik xonalar, balkonlar, tashqi zinapoyalar, shuningdek, zinapoya, lift zallari eshiklari va evakuatsiya yoʻllarida joylashgan eshiklar. Xonalarning nomlari toʻgʻridan-toʻgʻri qavat rejalarida koʻrsatilishi yoki ular raqamlanishi va xonalarga izohlar berilishi kerak. Rejada eshiklar ochiq holda koʻrsatilishi kerak. Agar foydalanish vaqtida alohida chiqish joylari qulflangan boʻlsa, evakuatsiya rejasida eshik yopiq holda va kalitlar saqlangan joyda “Tashqi eshik kalitlari qutisi” yozuvi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Agar binoda tashqi yongʻinga qarshi zinapoya mavjud boʻlsa, rejada “Yongʻinga qarshi zinapoyaga chiqish yoʻli” yozuvi boʻlishi kerak; b) qavatlardagi odamlarni evakuatsiya qilishning asosiy yoʻllari rejada toʻgʻri chiziq bilan, zaxira yoʻllari esa punktir chiziq bilan koʻrsatiladi. Chiziqlar asosiylaridan ikki barobar qalin va yashil rangda boʻlishi kerak. Qavatlardagi asosiy evakuatsiya yoʻllari zinapoyalar yoʻnalishi boʻyicha koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Agar yongʻin xavfidan himoyalanish nuqtai nazaridan ikkita zinapoya teng boʻlsa, u holda asosiy evakuatsiya yoʻli eng yaqin zinapoyaga koʻrsatiladi. Evakuatsiya yoʻllarini koʻrsatuvchi chiziqlar har bir xonadan xavfsiz joyga yoki toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak; v) rejaning grafik qismidagi belgilarni idrok qilishni yaxshilash maqsadida tashqi kontur (yongʻinga qarshi joʻmraklardan tashqari) qizil rangda, evakuatsiya yoʻllari esa yashil rangda chizilishiga ruxsat etiladi; yongʻinga karshi joʻmrak koʻk rangda belgilanadi; g) rejalarni chizishda joylashgan joyi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish sharoitlarini yaxshilash maqsadida “siz shu yerdasiz” maʼnosidagi belgini rejaning izohida koʻrsatish kerak; d) qavat rejalarida shartli belgilar yordamida: qoʻl yordamida ishga tushiriladigan yongʻin xabarlargichlari; telefon; yongʻinga qarshi joʻmraklar, oʻt oʻchirgichlar; tutun soʻrish tizimi qurilmalarini qoʻl bilan ishga tushirish tugmalari joylashgan joylari koʻrsatiladi. Shartli belgilarga qavat rejasining pastki qismida izoh berilishi kerak; e) rejaning grafik qismida yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining, rahbar va obyekt boʻyicha masʼul navbatchining telefon raqamlari koʻrsatilishi kerak; j) rejaning grafik qismining namunaviy shakli quyida keltirilgan 1-rasmda koʻrsatilgan. 3. Reja navbatchi xodimlar xonasida va har bir qavatning zinapoyalaridan chiqish eshiklari oldiga (binodan evakuatsiya chiqish yoʻllari) shishali (plyonka) qoplama ostida koʻzga koʻrinarli joyga joylashtiriladi. Bolalarni evakuatsiya qilish rejasida uning grafik qismidan tashqari quyidagilar ham koʻrsatiladi: a) xizmat xodimlaridan shaxsan kim odamlarni (bolalarni) evakuatsiya qiladi va evakuatsiya tugagandan soʻng ularning roʻyxat boʻyicha tekshiradi; b) evakuatsiya qilinayotgan odamlarni binodan yoki sogʻlomlashtirish muassasasi, bolalarning yozgi dam olish oromgohlari hududidan xavfsiz joyga harakatlanish yoʻllari; v) mol-mulkni evakuatsiya qilish joyi va uni qoʻriqlash uchun javobgar shaxs; d) yongʻin-qutqaruv boʻlinmasiga kim xabar berishi va aloqa vositasining turi (telefon, ratsiya, xabarchi va boshqa yoʻl bilan); e) evakuatsiya rejasiga kiritilgan shaxslar vaqtincha yoʻqligida ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar zaxirasi; j) yongʻinni oʻchirishni kim tashkil etadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 80. Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 4-ILOVA. Obyektning yongʻin xavfsizligi pasporti
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 82. Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 6-ILOVA. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining kerakli miqdorini aniqlash
Qoʻshni boʻlimlar
- 772-§. Olovli ishlarni bajaruvchilarni tayyorlash va (yoki) ishlarni bajarishga masʼul boʻlgan ishchilar uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
- 783-§. Gʻalla ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olish, dagʻal yem-xashaklarni tayyorlash va saqlashga jalb etilgan ishchilar uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
- 79Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 3-ILOVA. Yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha axborot stendlarini rasmiylashtirishga va mazmuniga qoʻyiladigan TALABLAR
- 80Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 4-ILOVA. Obyektning yongʻin xavfsizligi pasporti
- 82Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 6-ILOVA. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining kerakli miqdorini aniqlash
- 836-Ilovaga 1-JADVAL. Xonalarni koʻchma oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlash meʼyorlari
- 846-Ilovaga 2-JADVAL. Xonalarni transportirovka qilinadigan oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlash meʼyorlari
- 856-Ilovaga 3-JADVAL. Binolar (inshootlar) va hududlarni yongʻinga qarshi qalqonlar bilan jihozlash meʼyorlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.